O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti «O`zbеkistоnda dеmоkratik jamiyat qurish nazariyasi»



Download 1,16 Mb.
bet43/102
Sana31.12.2021
Hajmi1,16 Mb.
#276460
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   102
Bog'liq
Majmua YANGI Nizomiy ITM

Siyosiy hayotda bu u yoki bu lavozimga nomzodlar o‘rtasida tanlashni amalga oshirish bilan bog‘liq.Mazkur tanlash dasturlar va saylov oldidan berilgan va’dalarni qiyosiy tahlil qilish yo‘li bilan emas, balki siyosiy televizion reklamaning, ong osti sohasiga ta’sir ko‘rsatuvchi jumlalarning turli xil ta’siri ostida amalga oshiriladi.

Bularning barchasi hozirgi davr aniq maqsadga va qadriyatga qaratilgan oqilona harakatning roli kuchayishiga olib kelmaganini, balki yangi turdagi harakatni vujudga keltirganini anglatadi. Bu harakatni ruhiy harakatlarning tur xillari qatoriga kiritish mumkin. Madaniyat sotsiologiyasi tanlangan uslub bilan belgilanadigan harakatni o‘rganadi. Uslub estetik mayllarga muvofiq tanlanadi. An’ana va qonun ijtimoiy arbob yoki ijtimoiy guruhdan yo‘l tanlash imkoniyatini tortib oladi, individ yoki guruhda yo‘l tanlash imkoniyati paydo bo‘lganida esa, uslub haqida gapirish mumkin bo‘ladi.

An’ana va qonun muayyan harakatlarni qat’iy belgilaydi va individ yoki guruhning xatti-harakatlariga amalda anonim tus beradi. Hozirgi turmush tarzi esa, aksincha, harakat va xulq-atvorning butunlay har xil, ba’zan hatto muqobil andozalarini tanlash imkoniyatini beradi. Ularni qonunlar bilan emas, balki uslublar bilan solishtirish o‘rinliroq bo‘ladi, zero mazkur madaniyat yoki din qabul qilgan qonun doimo bitta bo‘ladi va u boshqa qonunlarni inkor etadi. Uslub esa mohiyat e’tibori bilan ko‘p sonli uslublardan biri hisoblanadi.

Simvolik interaksionizm konsepsiyasiga muvofiq, bajaruvchining maqsadi – vaziyatning ayrim, konkret tavsifini quvvatlash va shu tariqa voqelikka o‘z munosabatini ifodalash. Tomas va Znaneskiy teoremasiga muvofiq, «agar biz ayrim vaziyatni real deb belgilasak, u o‘z oqibatlariga ko‘ra ham real bo‘ladi». Ijtimoiy dunyo – bu taxminiy ifodalar dunyosi. Odamlarning harakatlari ijtimoiy o‘zaro aloqaning u yoki bu ishtirokchisi nimani ifodalamoqchi bo‘lganligi haqidagi muayyan tasavvurga asoslanadi. Ammo bu ifodalar qay darajada aniq tushunilganiga yuz foiz ishonish mumkin emas. Kundalik hayotda biz o‘z ishlarimizni deyarli yuritmasligimiz, qarorlar qabul qilmasligimiz va maqsadlarga erishmasligimizni statistik yoki ilmiy jihatdan tushunib yetishimiz ham juda muhimdir. Biz doim taxminlar bilan yashaymiz. Natijada o‘zgalar niyatini aniq taxmin qilish muammosi yuzaga keladi. Bu o‘z mohiyatiga ko‘ra cheksiz muammodir. Niyatlari tushunarli bo‘lishi uchun ijtimoiy arbob o‘z harakatlarini simvollashtirishni amalga oshiradi.

Shu narsa diqqatga sazovorki, U.Tomas o‘z maqsadlarini statistik belgilash haqida gapiradi. Fizika, biologiya va iqtisodiyotda dinamik qonunlar o‘rnini statistik qonunlar egallashi determinizmning yangi, murakkablashtirilgan ko‘rinishi paydo bo‘lishiga olib keldi. Tomas ehtimollikni statistik belgilash ham bashorat ob’ektining xususiyatiga ko‘ra bizga to‘g‘ri kelmasligini qayd etadi. Ammo bu fikrga qo‘shilish qiyin.

Taxminiy mo‘ljallar imkoniyatlar, ya’ni ehtimolliklar bilan ish ko‘radi va inson u yoki bu voqeaning yuz berish ehtimoliga hech bo‘lmasa taxminiy baho berishga moyil. Agar biron-bir odamning xulq-atvoriga ko‘p narsa bog‘liq bo‘lsa, bashorat muallifi uni mumkin qadar aniqroq qilishga intiladi. Buning uchun u bo‘lg‘usi sherigi haqida mumkin qadar ko‘proq ma’lumot olishga, uning oldingi xulq-atvorini tahlil qilishga, shuningdek uning fikrlash jarayoniga mavjud barcha vositalar bilan ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladi. Ayni shu omil ilmiy induksiyani ommaviy induksiyadan ajratish imkoniyatini beradi. Bu yerda aynan ilmiy induksiyaga xos bo‘lgan turli vositalar: qarama-qarshi holatni izlash, sababiy bog‘lanishlarni izlash, kuzatish va hatto eksperiment mavjud bo‘lishi mumkin. Agar ilmiy induksiya uchun sharoitlar yetarli bo‘lmasa, o‘zaro aloqa ham cheklangan bo‘ladi. Sharoitlar umuman mavjud bo‘lmagan taqdirda esa ijtimoiy arbob har qanday turdagi o‘zaro aloqadan o‘zini tiyadi. «Birinchi uchragan» odamga ishonib chuv tushgan individlarga jamoatchilik tanbehi beriladi.

Bizning bilimimiz eng avvalo taxminiy xususiyat kasb etadi va taxminiy xulosalarimiz lozim darajada apodiktik emas, degan tezisning ilgari surilishi tasodifiy bir hol emas. Uning ildizlari pragmatistlarning falsafiy ta’limotiga borib taqaladi, pragmatistlar esa, o‘z navbatida, induktiv mantiq va taxminiy xulosalar bilan uzviy bog‘langan nominalizm va empirizm an’anasiga tayanadi.

Tomasning fikrlariga deduksiya va induksiyani abduksiya bilan almashtirishni taklif qilgan Pirs va Jeyms ta’limoti hech shubhasiz, kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Pragmatizm ko‘pincha amerikacha yo‘nalish sifatida tavsiflanadi. Uning asoschisi Charlz Pirs inson harakatini «atrofida barcha falsafiy tushunchalar va konsepsiyalar aylanadigan va shakllanadigan o‘q»qa aylantirgan. Ayni shu sababli bilish faoliyatining tashqi borliqqa bo‘lgan munosabati haqidagi klassik masalalarni o‘rganishdan voz kechilgan.

Pirs bilim haqida emas, balki ishonch haqida gapirishni taklif qiladi. Bunda u ishonch deganda muayyan tarzda harakat qilish odatini tushunadi. U bilim va bilmaslikni, haqiqat va ishtibohni emas, balki ishonch va shubhani bilish jarayonini tavsiflovchi asosiy kategoriyalar deb hisoblaydi. Haqiqat umum ahamiyatiga molik bo‘lgan, ya’ni tadqiqotchilarning cheksiz hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan ishonchdir. Tushuncha o‘tmish nuqtai nazaridan emas, balki yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, ya’ni kelajak nuqtai nazaridan qaralishi lozim.

Yangi davrda mexanik sababiyatfoydasiga voz kechgan maqsad tushunchasi unga yana inson faoliyati tushunchasi sifatida qayta boshladi. Fallibilizm (xatolilik) prinsipi: inson bilimlari voqelik bilan mutlaqo muvofiqlik holatiga, ya’ni mutlaq haqiqatga hech qachon erishmaydi. Mutlaq haqiqat bilish jarayoniga yo‘l ko‘rsatuvchi va unga tuzatishlar kirituvchi yetakchi g‘oyadir.




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish