12.2. O„zbekistonda investitsiya faoliyatini amalga oshirishning
huquqiy asoslari
Investitsiya siyosatini amalga oshirishda bozor munosabatlarini mos
dastaklardan foydalanish, ya‘ni investitsion jarayon qatnashchilarining huquq va
majburiyatlarini belgilab berish, mamlakatda investorlar uchun to‗laqonli
raqobatni ta‘minlash, moddiy va aqliy boyliklarni boshqarishda batamom erkin
harakat va shunga tenglashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi.
Jumladan 1993 yilning 6 maydagi qabul qilingan "Sug‗urta to‗g‗risida‖gi
qonunning 10 - moddasi quyidagicha ko‗rsatib o‗tilgan edi - ―Sugurtalovchilarda
qiymati to‗langan ustav kapitalining va sug‗urta zahiralarining mavjud bo‗lishi,
shuningde qayta sug‗urta qilish tizimi sug‗urtalovchilar moliyaviy barqarorligining
negizi hisoblanadi‖. Ushbu qonunning 11-moddasida esa «Sug‗urta tashkilotlari o‗z
moliyaviy ahvollarini barqaror saqlab turish maqsadida investitsiyaga berishga yoi
sug‗urta zahiralari va o‗zga mablag‗lardan boshqa yol bilan foydalanishga haqlidir.
Tijorat faoliyatini qo‗shma va boshqa xil ishlab chiqarish hamda tijorat tuzilmalarini
tashkil qilishda qatnashish yo‗li bilan ham amalga oshirish mumkin‖ deb
belgilangan.
O‗zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekbrda qabul qilingan
‖Investitsiya faoliyati to‗g‗risida‖gi qonunida investitsiya faoliyati hamda
investitsiya faoliyati bilan shug‗ullanish tartiblari ko‗rsatib o‗tilgan. Ushbu
qonunning 4-moddasida investitsiyalarni amalga oshirish shakllari haqida to‗xtalib
o‗tilgan, ya‘ni investorlar investitsiyalarni quyidagi yo‗llar bilan amalga oshirishlari
mumkin:
- yuridik shaxs tuzish yoi ularning ustav jamg‗armalarida (kapitallarida)
ulushli ishtirok etish, jumladan mol-mulkni yoki aksiyalarni olish;
165
- qimmatli qog‗ozlar, shu jumladan O‗zbekiston Respublikasi rezidentlari
tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini olish;
- konsessiyalari, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib
olish yoki ulardan foydalanishga bo‗lgan konsessiyalarni olish;
- mulk huquqini, shu jumladan ular joylashgan yer uchastkalari bilan
birgalikda savdo va xizmat ko‗rsatish sohalari ob‘ektlariga, turar joylarga mulk
huquqini, shuningdek yerga hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan
foydalanish huquqini qonun hujjatlariga muvofiq olish.
Investorlar investitsiyalarni qonun hujjatlariga zid bo‗lmagan boshqa
shakllarda ham amalga oshirishlari mumkin. Investor investitsiyalash maqsadi,
yo‗nalishi, turi va hajmini mustaqil ravishda belgilaydi, buni amalga oshirish uchun
shartnoma asosida, qoida tariqasida, tanlov savdosini o‗tkazish yo‗li bilan yuridik
va jismoniy shaxslarni investitsiya faoliyati ishtirokchilari sifatida jalb etadi.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‗lsa, investor,
o‗ziga zarur bo‗lgan mol-mulkni yuridik va jismoniy shaxslardan o‗zaro kelishuv
asosida belgilanadigan shartlarda hajmi va nomenlaturasini cheklamagan tarzda
olishga haqli.
Shu bilan bir qatorda investor qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda
boshqa huquqlarga ham ega bo‗lishi mumin. Masalan, «Investitsiya faoliyati
to‗g‗risida»gi
qonunning 14-moddasida investitsiya faoliyatini davlat
tomonidan tartibga solishning quyidagi yo‗llar bilan amalga oshirilishi belgilangan:
-
investitsiya faoliyatining qonunchili negizi takomillashtirish;
-
soliq to‗lovchilar va soliq solish ob‘ektlarini, soliq stavkalari va ularga doir
imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo‗llash;
-
asosiy fondlarni jadal amortizatsiya qilish;
-
normalar, qoidalar va standartlarni belgilash;
-
monopoliyaga qarshi choralarni qo‗llash;
-
kredit siyosati va narx belgilash siyosatini o‗tkazish;
-
erga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish
shartlarini belgilash;
166
-
investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash;
-
O‗zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan ivestitsiya
loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini yuritish;
-
investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshiriladi.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009 yil 3 iyuldagi 68-son
buyrug‗i bilan tasdiqlangan «Sug‗urtalovchi va qayta sug‗urtalovchining
investitsiya faoliyati to‗g‗risida»gi Nizomda sug‗urtalovchi va qayta
sug‗urtalovchining investitsiya faoliyatining ob‘ektlari quyidagicha etib
belgilangan:
-
O‗zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‗ozlari;
-
xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qog‗ozlari;
-
bank sertifikatlari (depozit sertifikatlari);
-
kredit tashkilotlariga qo‗yilgan omonatlar (depozitlar);
-
ko‗char va ko‗chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa
moddiy boyliklar) hamda ularga doir huquqlar;
-
yuridik shaxslarning ustav kapitalida ishtirok etish ulushi;
-
O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, O‗zbekiston
Respublikasi hududida chiqarish va muomalaga kiritishga ruxsat berilgan, yoki
tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan qimmatli qog‗ozlar bozorida savdoni
tashkil etish bo‗yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga
(ruxsatnomaga) ega bo‗lgan xorijiy emitentlar tomonidan chiqarilgan hamda
qimmatli qog‗ozlar bozorida muomalaga qo‗yilgan qimmatli qog‗ozlar.
Mazkur Nizomga ko‗ra sug‗urtalovchi sug‗urtalovchi va qayta
sug‗urtalovchi investitsiya faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga rioya etishi
kerak:
-
O‗zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008 yil 22 apreldagi 41-son
buyrug‗i bilan tasdiqlangan "Sug‗urtalovchilar va qayta sug‗urtalovchilarning
to‗lov qobiliyati to‗g‗risidagi nizom" bilan belgilangan sug‗urtalovchilar (qayta
sug‗urtalovchilar) aktivlarini joylashtirishga oid talablarga va O‗zbekiston
167
Respublikasi moliya vazirining 2008 yil 20 noyabrdagi 107-son buyrug‗i bilan
tasdiqlangan "Sug‗urtalovchilarning sug‗urta zahiralari to‗g‗risidagi nizom" bilan
belgilangan sug‗urta zahiralarini joylashtirish tartibiga oid talablarga rioya qilish;
-
moliyaviy, texnik va axborot resurslari mavjudligini ta‘minlash;
-
mablag‗larni investitsiya qilish maqsadga muvofiqligi haqida mas‘ul
shaxsning yozma xulosalarini olish;
-
mas‘ul shaxsning ushbu Nizom bilan belgilangan malakaviy talablarga
muvofiqligini ta‘minlash bO‗yicha fikrlar bayon etilgan.
Shuningdek O‗zbekiston Respublikasi Moliya vaziririning 2008 yil 22
apreldagi 41-son buyrug‗i bilan tasdiqlangan «Sug‗urtalovchilar va qayta
sug‗urtalovchilarning to‗lov qobiliyati to‗g‗risida»gi Nizomda sug‗urtalovchilar va
qayta sug‗urtalovchilar aktivlarini joylashtirishga oid talablar belgilangan. Unga
ko‗ra:
-
sug‗urtalovchi (qayta sug‗urtalovchi) boshqa yuridik shaxslarning ustav
kapitallariga joylashtirgan aktivlarining umumiy summasi, agar qonun hujjatlarida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‗lsa, sug‗urtalovchi (qayta sug‗urtalovchi)
ustav kapitalining 50 foizi miqdori;
-
sug‗urtalovchining va qayta sug‗urtalovchining har qanday bitta yuridik
shaxsning ustav kapitalida ishtirok etish ulushi ushbu yuridik shaxsning ustav
kapitalining 30 foizidan oshmasligi shart, (sug‗urta faoliyati, shuningdek sug‗urta
faoliyatini ta‘minlashga yo‗naltirilgan faoliyatni amalga oshiradigan sho‗‗ba
korxonalar bundan mustasno);
-
sug‗urtalovchining (qayta sug‗urtalovchining) aktivlari ko‗chmas mulk
ob‘ektlariga joylashtirilganda, sug‗urtalovchi (qayta sug‗urtalovchi) aktivlarining
50 foizidan ortig‗ini bitta yer uchastkasi yoki ko‗chmas mulkning boshqa ob‘ektiga
yoxud bitta ob‘ekt sifatida ko‗rilishi mumkin bo‗lgan yer uchastkalari va ko‗chmas
mulk ob‘ektlari majmuiga joylashtirishga yo‗l qo‗yilmaydi;
-
sug‗urtalovchining
(qayta
sug‗urtalovchining)
aktivlarini
bank
omonatlariga (depozitlariga) joylashtirishda, bitta tijorat bankiga joylashtirilgan
168
omonat sug‗urtalovchi (qayta sug‗urtalovchi) aktivlarining 40 foizidan oshmasligi
shart.
-
sug‗urtalovchining
(qayta
sug‗urtalovchining)
aktivlarini
kredit
tashkilotlarida (tijorat banklaridan tashqari) omonatlarga (depozitlarga)
joylashtirishda, omonatlarning (depozitlarning) umumiy summasi sug‗urtalovchi
(qayta sug‗urtalovchi) aktivlarining 10 foizidan oshmasligi shart.
-
sug‗urtalovchi (qayta sug‗urtalovchi) aktivlarini bitta yuridik shaxsning
ustav kapitaliga joylashtirish yoki bitta yuridik shaxsda ishtirok etish bo‗yicha
boshqa huquqlari, agar qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‗lsa,
sug‗urtalovchi (qayta sug‗urtalovchi) aktivlarining 30 foizidan oshmasligi shart
16
.
Shu bilan birga sug‗urtalovchi (qayta sug‗urtalovchi) aktivlarini quyidagi
yo‗llar bilan joylashtirish taqiqlanadi:
-
intellektual mulkka qo‗yilmalar (dasturiy ta‘minot, ma‘lumotlar bazasi,
adabiyot, firma nomlari va tovar belgilarini xarid qilish bundan mustasno);
-
mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollardan tashqari, jismoniy va yuridik
shaxslar bilan qarz shartnomasini tuzish (moliyaviy yordam berish).
Shu bilan bir qatorda sug‗urtalovchilar (qayta sug‗urtalovchilar) aktivlarini
joylashtirishga oid, shuningdek, qayta sug‗urta qilish operatsiyalariga oid
talablarga rioya qilinganligi to‗g‗risida ma‘lumotlar taqdim etish tartibi va
muddatlari belgilangan:
-
sug‗urtalovchilar (qayta sug‗urtalovchilar) to‗lov qobiliyati normativlari
hisob-kitobini va sug‗urtalovchilarning (qayta sug‗urtalovchilarning) aktivlarini
joylashtirishga oid, shuningdek qayta sug‗urta qilish operatsiyalariga oid talablarga
rioya qilinganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni har chorak, chorak o‗tgandan keyingi
oyning 25 sanasigacha Davsug‗urtanazoratga taqdim etishadi;
-
umumiy sug‗urta sohasida yoki faqat qayta sug‗urta qilish faoliyatini
amalga oshiradigan sug‗urtalovchining to‗lov qobiliyati marjasining yetarlliligi
16
O‗zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirining 2008 yil 22 aprеldagi 41-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan
―Sug‗urtalovchilar va qayta sug‗urtalovchilarning to‗lov qobiliyati to‗g‗risida‖gi Nizom.
169
normativi hisob-kitobi mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq keltirilgan shakl
bo‗yicha taqdim etiladi;
-
hayotni sug‗urta qilish sohasida sug‗urta faoliyatini amalga oshiradigan
sug‗urtalovchining to‗lov qobiliyati marjasining yetarlliligi normativi hisob-kitobi
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq keltirilgan shakl bo‗yicha taqdim etiladi.
Shuningdek to‗lov qobiliyati normativlariga va sug‗urtalovchilar (qayta
sug‗urtalovchilar) aktivlarini joylashtirishga oid, shuningdek, qayta sug‗urta qilish
operatsiyalariga oid talablarga rioya qilmaslik holatlarida
17
:
-
hisobot davridagi (chorak, yarim yil, 9 oy, 1 yil) faoliyat yakunlari
bo‗yicha to‗lov qobiliyati marjasining yetarlliligi normativi 1 dan 0,5 gacha
kamaygan taqdirda, sug‗urtalovchi (qayta sug‗urtalovchi) kamchilik aniqlangan
sanadan boshlab o‗n kun ichida moliyaviy ahvolni sog‗lomlashtirish bo‗yicha
chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqadi va Davsug‗urtanazoratga kelishish
uchun taqdim etadi;
-
chora-tadbirlar majmuasi kamchilik aniqlangan sanadan boshlab olti oydan
ko‗p bo‗lmagan muddat uchun ishlab chiqiladi va moliyaviy ahvolni
barqarorlashtirish tadbirlarini, muddati va ushbu tadbirdan kutilayotgan natijalari
ko‗rsatilgan holda, o‗z ichiga olishi lozim;
-
chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqishda, sug‗urtalovchining (qayta
sug‗urtalovchining) moliyaviy ahvolini eng qisqa muddatlarda sog‗lomlashtirishga
olib keluvchi chora-tadbirlar ustuvor, deb qaralishi lozim;
-
chora-tadbirlar majmuasida ustav kapitali miqdorining o‗zgarishi, qayta
sug‗urta qilish operatsiyalarining kengaytirilishi, tarif siyosatining o‗zgartirilishi,
debitor va kreditor qarzlarning qisqartirilishi, aktivlar tuzilmasining o‗zgarishi,
shuningdek to‗lov qobiliyatini saqlab turuvchi O‗zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlariga zid bo‗lmagan boshqa usullarning qo‗llanilishi ham nazarda tutilishi
mumkin;
17
O‗zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirining 2008 yil 22 aprеldagi 41-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan
―Sug‗urtalovchilar va qayta sug‗urtalovchilarning to‗lov qobiliyati to‗g‗risida‖gi Nizom.
170
-
zarur
hollarda,
Davsug‗urtanazorat
sug‗urtalovchiga
(qayta
sug‗urtalovchiga) vujudga kelgan holatning sabablarini o‗rganish va
sug‗urtalovchining
(qayta
sug‗urtalovchining)
moliyaviy
ahvolini
sog‗lomlashtirish chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqishga ko‗maklashish
uchun o‗zining vakilini yuborish huquqiga ega;
-
sug‗urtalovchining (qayta sug‗urtalovchining) rahbari tomonidan
tasdiqlangan chora-tadbirlar majmuasi Davsug‗urtanazoratga ikki nusxada taqdim
etiladi. Agar chora-tadbirlar majmuasida ustav kapitalini ta‘sischilar
(aktsiyadorlar) mablag‗lari hisobidan o‗zgartirish nazarda tutilgan bo‗lsa, chora-
tadbirlar majmuasi ta‘sischilar bilan kelishilgan bo‗lishi kerak;
-
taqdim etilgan chora-tadbirlar majmuasi va hisobotlarning tahlili asosida
Davsug‗urtanazorat sug‗urtalovchiga (qayta sug‗urtalovchiga) moliyaviy ahvolni
yaxshilash bo‗yicha maslahatlar beradi, shuningdek chora-tadbirlar majmuasida
belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
-
hisobot davridagi (chorak, yarim yil, 9 oy, 1 yil) faoliyat yakunlari
bo‗yicha to‗lov qobiliyati marjasining yetarlliligi normativi 0,5 dan kamaygan
taqdirda, sug‗urtalovchi (qayta sug‗urtalovchi) litsenziyasi(lari)ning amal qilishi
to‗xtatib turiladi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi
18
;
-
sug‗urtalovchilarning
(qayta
sug‗urtalovchilarning)
alohida
tavakkalchiliklar bo‗yicha majburiyatlarining yo‗l qo‗yiladigan eng ko‗p miqdori
yoki majburiyatlari jamining yo‗l qo‗yiladigan eng ko‗p miqdori normativlari,
hamda
sug‗urtalovchilarning
(qayta
sug‗urtalovchilarning)
aktivlarini
joylashtirishga oid, shuningdek qayta sug‗urta qilish operatsiyalariga oid talablarga
rioya qilinmagan taqdirda, Davsug‗urtanazorat sug‗urtalovchiga (qayta
sug‗urtalovchiga) yo‗l qo‗yilgan kamchiliklarni, ammo sug‗urtalovchi (qayta
sug‗urtalovchi) ko‗rsatmani olgan sanadan boshlab bir oydan ko‗p bo‗lmagan
muddatda bartaraf etishi to‗g‗risida ko‗rsatma beradi;
18
O‗zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirining 2008 yil 22 aprеldagi 41-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan
―Sug‗urtalovchilar va qayta sug‗urtalovchilarning to‗lov qobiliyati to‗g‗risida‖gi Nizom.
171
-
kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilgandan so‗ng uch kun
ichida, sug‗urtalovchi (qayta sug‗urtalovchi) Davsug‗urtanazoratga tegishli hisob-
kitoblar va kamchiliklarni bartaraf etilganligi to‗g‗risida ma‘lumotlarni taqdim
etishi shart;
-
sug‗urtalovchi (qayta sug‗urtalovchi) tomonidan mazkur Nizomda
belgilangan normativ va talablarga rioya qilinmagan, moliyaviy ahvolni
sog‗lomlashtirish bo‗yicha choralar ko‗rilmagan, sug‗urtalovchining (qayta
sug‗urtalovchining) moliyaviy ahvolini sog‗lomlashtirish chora-tadbirlar
belgilangan muddatda erishilmagan taqdirda, belgilangan muddatda yo‗l qo‗yilgan
kamchiliklarni bartaraf etish to‗g‗risidagi Davsug‗urtanazorat ko‗rsatmasini
bajarmagan taqdirda, sug‗urtalovchi (qayta sug‗urtalovchi) litsenziyasining amal
qilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |