55
Mazkur yo‗nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni
yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‗limlardan iborat. Xususan, ―Iqtisodiyotni
yanada rivojlantirish va liberallashtirish‖ deb nomlangan yo‗nalish yaqin va o‗rta
istiqbolda quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‗sish
sur‘atlarini saqlab qolish;
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish;
qishloq xo‗jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish;
iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‗yicha institutsional va tarkibiy
islohotlarni davom ettirish;
xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning
ustuvor mavqeini yanada
kuchaytirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‗batlantirish;
hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiy ettirish;
investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti
tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish.
Yuqorida sanab o‗tilgan ustuvorliklarni bajarish byudjet-soliq siyosatida ham
muayyan o‗zgarishlarni amalga oshirish zarurligini nazarda tutadi. Bugungi kunda
mamlakatimizda davlat moliyasi sohasida olib borilayotgan islohotlar zamirida aholi
turmush
farovonligini yuksaltirish, iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash, kichik
biznes
va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojiga keng imkoniyat yaratish maqsadlari
mujassamlashgan. Xususan, iqtisodiyotda soliq yukini yanada kamaytirish, soliq
solish mexanizmini soddalashtirish hamda soliq ma‘murchiligini
takomillashtirish
borasidagi chora-tadbirlar ana shu maqsad ro‗yobiga qaratilgan.
Ma‘lumki, mamlakatimizda ishlab chiqarishni rag‗batlantirish, davlat byudjeti
barqarorligini ta‘minlash maqsadida har yili Byudjet-soliq siyosatining asosiy
yo‗nalishlari qabul qilinadi. Xususan, 2018-yilga mo‗ljallangan soliq-byudjet
siyosatining asosiy yo‗nalishlarida soliq yukini yanada qisqartirish, soliq va majburiy
to‗lovlar miqdorini kamaytirish, mahalliy
byudjetlar daromad bazasini
mustahkamlash va ularning mustaqilligini oshirish, mablag‗lardan oqilona
foydalanish hamda byudjetga tushumlarning to‗liqligini ta‘minlash belgilangan. Soliq
siyosatida amalga kiritilgan o‗zgarishlar soliq majburiyatlarini bajarishda soliq
to‗lovchilarga har tomonlama ko‗maklashishga, soliqqa oid huquqbuzarliklar
profilaktikasining ta‘sirchan mexanizmlarini
ishlab chiqishga va soliq
to‗lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga, soliq nazoratiga oid zamonaviy
uslublarni joriy etishga, soliqqa tortish borasida muammoli masalalarning
kamayishiga, davlat byudjetiga soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning to‗g‗ri
hisoblanishi, o‗z vaqtida va to‗liq hajmda tushishi ta‘minlanishiga xizmat qiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‗zining O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida byudjet tizimini qayta ko‗rib chiqish,
byudjet daromadlari va xarajatlarining xalqimiz uchun ochiq-oshkora bo‗lishini
ta‘minlash zarurligini ta‘kidlagan edi. Zero, davlat
va jamiyat boshqaruvidagi
ochiqlik, mamlakat byudjetining taqsimlanishi va sarflanishidagi shaffoflik chinakam
56
xalq hokimiyatini qaror toptirish va fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy
demokratik davlat qurishning muhim shartidir. Ushbu holatlar mamlakatimizda yaqin
va o‗rta istiqbolga mo‗ljallangan byudjet-soliq siyosatining asosiy yo‗nalishlarini
ishlab chiqishda inobatga olingan. Natijada 2020–2024-yillarda davlat moliyasini
boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasining asosiy yo‗nalishlari etib
quyidagilar belgilandi
36
:
–
soliq-byudjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‗rta
muddatli byudjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik byudjetni shakllantirishning
yangi ―natijaga yo‗naltirilgan byudjet‖ tizimini joriy etish;
–
makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta‘minlash bo‗yicha
institutsional
salohiyatni va byudjet jarayoni ishtirokchilarining mas‘uliyatini oshirish;
–
byudjet mablag‗larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati
organlarining byudjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda
ularning mas‘uliyatini kuchaytirish;
–
fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar
hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish;
–
byudjet hisobi standartlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini
takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash;
–
byudjet ma‘lumotlarining
ochiqligi, to‗liqligi va xalqaro standartlarga
mosligini ta‘minlash;
–
byudjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
Xulosa qilib aytganda, byudjet-soliq sohasida bo‗layotgan yangiliklar, byudjet-
soliq qonunchiligidagi o‗zgarishlar mamlakati-mizda ishlab chiqarish, biznes
subyektlari va tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash, iqtisodiyot barqarorligini ta‘minlash,
aholiga munosib yashash va ishlash sharoitlarini yaratishdek ezgu maqsadlarga
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: