O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/323
Sana08.11.2022
Hajmi4,9 Mb.
#862154
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   323
Bog'liq
ЎУМ Давлат бюджети 2021 2022

13.4.
 
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag„lari, manbalari 
va ishlatish yo„nalishlari
Byudjet tashkilotlari O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-
yil 3-sentyabrdagi ―Byudjet tashkilotlarini mablag‗ bilan ta‘minlash tartibini 
takomillashtirish to‗g‗risida‖gi 414-sonli Qaror
72
bilan belgilab berilgan byudjetdan 
tashqari mablag‗larga ham ega bo‗lishi mumkin. Ushbu qarorga asosan, yuridik shaxs 
maqomiga ega bo‗lgan byudjet tashkilotlari quyidagi byudjetdan tashqari 
mablag‗larni jalb qilish va o‗zining daromadlarini kengaytirish huquqiga ega: 

faoliyat turi bo‗yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va 
sotishdan olingan daromadlar; 

byudjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolar va 
davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan tushumlar; 

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotlariga homiylik 
(beg‗araz) yordami berilishidan olinadigan qo‗shimcha daromadlar.
Ushbu manbalardan qo‗shimcha daromad olayotgan byudjet tashkilotlari 2000-
yil 1-yanvardan boshlab 2023-yil 1-yanvargacha
73
davlat byudjetiga undiriladigan 
soliqlar, Respublika yo‗l jamg‗armasiga yig‗imlar va davlat maqsadli jamg‗ar-
malariga majburiy ajratmalardan ozod qilingan (bu davr ichida ko‗rsatilgan muddat 

72
Қonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018 y., 09/18/384/1266-son 


73
Vazirlar Mahkamasining 414-sonli qarorining (03.09.1999) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-
yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018 y., 
09/18/384/1266-son. 


188 
hukumatning tegishli qarorlari bilan bir necha marotaba uzaytirilgan), bo‗shab qolgan 
mablag‗lar 
byudjet 
tashkilotining 
moddiy-texnika 
va 
ijtimoiy 
bazasini 
mustahkamlash, shuningdek, xodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
moddiy rag‗batlantirishga maqsadli yo‗naltiriladi. 
Byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag‗lar hisobidan Byudjet 
tashkilotini rivojlantirish jamg‗armasini shakllantiradilar. Ushbu jamg‗arma quyidagi 
daromadlar va tushumlardan shakllantiriladi:

hisobot choragining so‗nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‗yicha 
tejalgan mablag‗lar(kapital qo‗yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan 
mablag‗lar bundan mustasno);

faoliyat ixtisosligi bo‗yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya 
qilishdan olingan daromadlar;

byudjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan 
mablag‗larning bir qismi;

belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan 
mablag‗lar;

homiylikdan olingan mablag‗lar. 
O‗z navbatida, Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‗armasi mablag‗lari 
quyidagi yo‗nalishlarda ishlatilishi mumkin: 

avvalovaqtinchamehnatgalayoqatsizlikbo‗yichanafaqalarnivamavjudkreditor
likqarzlarnito‗lashga; 

byudjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlariga; 

ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‗batlantirish tadbirlariga. 
Byudjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‗yicha to‗lanmagan 
nafaqalar bo‗yicha muddati o‗tkazib yuborilgan kreditor qarzdorlik mavjud bo‗lsa, 
Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan tejab qolingan 
byudjet mablag‗lari doirasida ushbu qarzlarni to‗lashga (ishlar, xizmatlar, tovarlar 
ishlab chiqarish va sotish bo‗yicha jami xarajatlar o‗rni qoplangandan so‗ng) 
sarflanadi. Agar kreditor qarzdorlik byudjet tashkilotining xarajatlari vaqtincha 
yetarli miqdorda mablag‗ bilan ta‘minlanmaganligi munosabati bilan paydo bo‗lgan 
taqdirda, kreditor qarzdorlikning Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‗armasi 
hisobiga to‗langan miqdori joriy moliya yiliga belgilangan xarajatlar limiti doirasida 
byudjetdan qoplanadi. 
Byudjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‗yicha to‗lanmagan 
nafaqalar va kreditorlik qarz mavjud bo‗lmasa yoxud ushbu qarzlar to‗langan 
taqdirda, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo‗yicha jami 
xarajatlarning o‗rni to‗ldirilgandan keyin Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‗ar-
masining qolgan mablag‗lari (homiylik yordami, beg‗araz yordam miqdori bundan 
mustasno): 

tushgan barcha mablag‗larning kamida 75 foizi moddiy-texnika bazani 
mustahkamlashga;

ko‗pi bilan 25 foizi byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish 
va moddiy rag‗batlantirish tadbirlariga sarflanadi.


189 
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotiga ko‗rsatilgan 
homiylik mablag‗larining barcha summasi, agar homiy bilan maxsus holda 
kelishilmagan bo‗lsa, byudjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkam-
lashga sarflanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1275-
sonli Qarorining 25-bandiga muvofiq, 2010-yildan boshlab vazirlik va idoralarning, 
byudjet tashkilotlarining barcha byudjetdan tashqari jamg‗armalari mablag‗larini 
davlat byudjetining g‗azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olish amalga oshiriladi. 
Bunda, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‗lari bo‗yicha bank 
hisobvaraqlari yopilib, G‗aznachilikda tegishli shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi. 
Byudjet tashkilotlarining davlat byudjetining g‗azna ijrosi bilan qamrab olin-
gan byudjetdan tashqari mablag‗lari quyidagilardan iborat: 

Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‗armasi; 

O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‗armasining ijtimoiy nafaqalarni to‗lash uchun mablag‗lari; 

Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‗batlantirish va rivojlantirish jamg‗arma-
si; 

o‗tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi; 

maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalar ta‘minoti uchun ota-onalardan 
tushumlar; 

maktabdan tashqari muassasalarda(musiqa va san‘at maktablari)bolalar 
ta‘minoti uchun ota-onalardan tushumlar; 

xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo‗yicha hisob-kitob-
lardan tushadigan tushumlar; 

maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta‘minoti uchun ota-onalardan 
tushumlar; 

ta‘lim muassasalarida o‗qishdan tushadigan mablag‗lar; 

vazirlik va idoralarning ajratmalar hisobiga shakllanadigan byudjetdan 
tashqari jamg‗armalari; 

umumta‘lim muassasalarida darsliklar ijarasi to‗lovidan tushgan byudjetdan 
tashqari mablag‗lar; 

kapital qo‗yilma mablag‗lari bo‗yicha depozitlar; 

turg‗un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan 
ovqatlanish uchun undiriladigan to‗lovlar. 

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish