3. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar
Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste‘molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyoti jarayonini boshidan kechirmoqda. Mustaqil davlatimiz jahon hamjamiyatiga jadal sur’atlar bilan kirib borar ekan, bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘lini tanladi. Shu boisdan ham amaldagi barcha huquq sohalarida islohotlar bozor munosabatlariga moslashti- rilishi, jumladan, jinoyat qonunchiligida iqtisodiyot asoslariga qarshi qaratilgan jinoyatlarni tubdan isloh etishni taqozo etmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosini turli xildagi mulk shakllari tashkil etishi zaruriy shartlardandir. Fuqarolarimizning ana shu mulkiy munosabatlar yuzasidan vujudga kelgan huquq va erkinliklarini himoya qilish jinoyatchilikka qarshi kurash siyosatining dolzarb masalalaridan biridir.
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar - bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan pul-kredit va moliya tizimini hamda sanoat va xalqaro savdoning normal faoliyatini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir.
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar o‘ziga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlari bilan baholanadi:
xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlarning iqtisodiyotning mavjud imkoniyatlaridan foydalanib, ijtimoiy xavfli qilmishlarni sodir etishi, ya‘ni tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan berilgan imkoniyatlardan o‘zining g‘arazli manfaatlari yo‘lida foydalanishi va shaxsning ushbu faoliyatlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga zid ravishda sodir etilishida, masalan, soxta tadbirkorlik;
xo‘jalik yurituvchi sub‘yektning qonunga xilof shaxsiy, g‘arazli manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida davlatning iqtisodiyotiga putur yetkazishi, masalan, soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash (JKning 184-m.);
Respublika iqtisodiy manfaatlarining mansabdor shaxslar tomonidan ularning shaxsiy manfaatlari yo‘lida buzilishi, masalan, O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish;
alohida shaxslarning g‘arazli manfaatlarini ko‘zlagan holda, dav- lat tomonidan berilgan iqtisodiy afzalliklarga bog‘liq bo‘lmagan, iqtisodiyot asoslariga zarar yetkazuvchi jinoiy-huquqiy taqiqlarni buzish, masalan, qalbaki pul aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish, valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |