O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish



Download 1,44 Mb.
bet33/240
Sana10.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#651087
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   240
Bog'liq
KOMPLEKS Iqtisodiy Jinoyatchilik

2. Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish.
3. Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish.


Tayanch so‘z va iboralar: savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanish, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish, savdo faoliyati, vositachilik faoliyati, savdo yoki vositachilik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish, iste‘molchilar huquqlarining buzish, aksizsiz savdo qilish, faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish.


1. Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanish
Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanish natijasida budjet va budjetdan tashqari fondlarga majburiy to‘lovlar to‘lanmaydi, sifatsiz tovarning muomalaga kirishiga sharoit yaratiladi va iste‘molchilarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkaziladi. Shu nuqtai nazardan mazkur jinoyatning bevosita o‘bekti savdo va vositachilik faoliyatini amalga oshirishni tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Tahlil etilayotgan jinoyatning o‘bektiv tomoni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlab, nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirishda ifodalanadi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, savdo yoki vositachilik faoliyati majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Ruxsatnomani berish, qaytarib olish va uning amal qilishini to‘xtatib turish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 26 noyabrdagi 407-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda nazarda tutilgan.
Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish deganda tadbirkorlik sub‘yektlarining vakolatli davlat organlari (hokimlik yoki adliya idoralari)da davlat ro‘yxatiga olinishi tushuniladi. Shu o‘rinda aytish kerakki, davlat soliq inspeksiyalari tomonidan beriladigan “Qayd guvohnomasi” ularning ichki idoraviy hujjati bo‘lib, uning mavjud emasligi yoki muddati o‘tganligi faktining o‘zi tadbirkorlik sub‘yektlarini Jinoyat kodeksi 188-moddasi bilan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi. Biroq, shaxs tadbirkorlik faoliyati tugatilgandan so‘ng ham bunday faoliyatni davom ettirsa, u Jinoyat kodeksi 188-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatning sub‘yekti bo‘lishi mumkin.
Savdo faoliyati deganda savdo sohasida iste‘molchi uchun, tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga naqd pulga tovarlar sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish tushuniladi.
Vositachilik faoliyati deganda korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolar uchun tovar yoxud boshqa predmetlarni sotib olishga yoki realizatsiya qilishga ko‘maklashish yoki bunday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olish hamda tomonlar o‘rtasida bitimlar tuzishda ko‘maklashish yoxud boshqa vositachilik harakatlari tushuniladi.
Bo‘yin tovlash deganda savdo yoki vositachilik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslikka qaratilgan har qanday harakatlar tushuniladi. Bu o‘zboshimchalik bilan savdo yoki vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanishda, ochiqdan-ochiq yoki boshqacha yo‘sinda savdo yoki vositachilik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortishda, yashirin shunday faoliyat olib borishda va boshqa shu kabi usullarda ifodalanishi mumkin. Ana shu usullarning barchasi nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olishga qaratilgan bo‘ladi.
Savdo yoki vositachilik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlagan, nazorat qilinmaydigan foyda olish maqsadida tovarlarni olgan va qayta sotgan holda amalga oshirish Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 176-moddasining ikkinchi qismi, xuddi shunday huquqbuzarlikni ancha miqdorda sodir etish esa 176-moddaning uchinchi qismi bo‘yicha ma‘muriy javobgarlikni yuzaga keltiradi. Ma‘muriy jazo qo‘llanilgandan keyin shunday harakatlarni ancha miqdorda sodir etish Jinoyat kodeksi
188-moddasining birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiradi.
Yuridik shaxslar va fuqarolarga tovarlarni yoki boshqa ashyolarni olishda yoki sotishda, tomonlar o‘rtasida bitimlar tuzishda, shuningdek, boshqa vositachilik harakatlarini amalga oshirishda ko‘maklashuvchi shaxslarning ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan holda sodir etadigan harakatlari ham Jinoyat kodeksining mazkur moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Amaldagi qonunlarga muvofiq savdo faoliyatining ayrim turlari bi­lan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadi. Bunday ruxsatnomaning yo‘qligi, aybdor muqaddam shunday harakatlar uchun bir yil mobaynida Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi bilan ma‘muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 190-moddasi bo‘yicha javobgarlikni yuzaga keltiradi.
Agar bunda aybdorning savdo faoliyatini faqat ruxsatnoma (litsenziya)siz amalga oshiribgina qolmay, balki ro‘yxatdan o‘tishdan ham bo‘yin tovlaganligi aniqlansa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining 188 va 190-moddalari majmui bilan kvalifikatsiya qilinmog‘i lozim24.
Savdo va vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanadigan shaxslarni qonunchilikka muvofiq ro‘yxatga olishga vakolatli organ hamda sud ro‘yxatga olinganlikni to‘xtatib qo‘yishi yoki umuman bekor qilishi mumkin. Bunday holatlarda savdo yoki vositachilik faoliyatini davom ettirish g‘ayriqonuniy savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish deb topilishi lozim. Ro‘yxatga olingan shaxs uchun yoxud savdo va vositachilik faoliyatlaridan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, savdo yoki boshqa vositachilik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarning harakatlarini Jinoyat kodeksi 188-moddasi bo‘yicha kvali­fikatsiya qilish lozim.
Sub‘yektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri yoki egri qasd bilan tavsiflanadi. Aybdor savdo yoki vositachilik faoliyati bilan ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlab, bunday holatda ro‘yxatdan o‘tish majburiy ekanligini bilgani holda shug‘ullanayotganligini biladi va shunday harakat qilishni xohlaydi.
Sub‘yektiv tomonning zaruriy belgisi jinoyatni amalga oshirish maqsadi - nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish hisoblanadi.
Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanish jinoyatining sub‘yekti 16 yoshga to‘lgan har qanday jismoniy shaxs hisoblanadi.
Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlab, nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish: a) xavfli retsidivist tomonidan; b) ko‘p miqdorda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, sodir etilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 188-moddasi ikkinchi qismining tegishli bandlari bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlab, nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish: a) juda ko‘p miqdorda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 188-moddasi uchinchi qismining tegishli bandlari bilan kvalifikatsiya qilinadi (mazkur belgilarning ta‘rifi yuqoridagi moddalarning sharhlarida berilgan).
Aytish joizki, bunday yuqorida qayd etilgan harakatlar xavfli retsi­divist, bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab yoxud ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda nazorat qilinmaydigan foyda olish maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, bu harakatlar uchun Jinoyat kodeksi 188-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida og‘irlashtirilgan jinoiy javobgarlik nazarda tutilganligi bois, bunday hollarda qonun aybdorni dastlab ma‘muriy javobgarlikka tortishni ko‘zda tutmaydi.



Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish