O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


-modul. Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning amaliy jihatlari



Download 1,44 Mb.
bet26/240
Sana10.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#651087
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   240
Bog'liq
KOMPLEKS Iqtisodiy Jinoyatchilik

2-modul. Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning amaliy jihatlari

9-mavzu. Bank-moliya va kredit sohasidagi iqtisodiy jinoyatlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish




1. Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish.
2. Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish.
3. Chet el valutasini yashirish.


Tayanch so‘z va iboralar: qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish maqsadida yasash yoki o‘tkazish, “Pul belgilarini qalbakilashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi xalqaro Konvensiya, qimmatli qog‘ozlar, aksiyalar, obligatsiyalar, g‘azna majburiyatlari, depozit sertifikatlari, qimmatli qog‘ozlar hosilalari, veksellar, qalbaki qimmatli qog‘ozlar, qalbaki metall tangalar, qalbaki aksiz markalari, qalbaki chet el valutasi, valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish.


1. Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 176-moddasida ko‘rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmish uchun jinoiy javobgarlikning o‘rnatilishi qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish maqsadida yasash yoki o‘tkazish bilan kurashishning jinoiy-huquqiy asosini tashkil qilib, 1925-yilda Jenevada qabul qilingan “Pul belgilarini qalbakilashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi xalqaro Konvensiyada nazarda tutilgan vazifalarning bizning davlatimiz tomonidan bajarilayotganidan guvohlik beradi.
Qalbaki pul va qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish maqsadida yasash, qalbakilashtirish yoki o‘tkazish davlatning pul-kredit tizimiga putur yetkazadi va inflatsiya jarayonining rivojlanishiga sabab bo‘lib, respublikamizning butun iqtisodiyotiga zarar yetkazadi.
Shundan kelib chiqib, tahlil qilinayotgan jinoyatning turdosh o‘bekti - O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyot asoslarini tashkil etsa, ushbu jinoyatning bevosita o‘bekti esa, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning pul-kredit tizimini ta‘minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish jinoyatining predmeti quyidagilar hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qalbaki bank biletlari (banknotlar);
qalbaki qimmatli qog‘ozlar;
qalbaki metall tangalar;
qalbaki aksiz markalari;
qalbaki chet el valutasi yoki chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlar.
Qimmatli qog‘ozlar — hujjatlar bo‘lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi.
Qimmatli qog‘ozlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasi milliy valutasida ifodalanadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunining 1-moddasi qimmatli qog‘ozlarning quyidagi turlarini nazarda tutadi:
1) aksiyalar;
2) obligatsiyalar;
3) g‘azna majburiyatlari;
4) depozit sertifikatlari;
5) qimmatli qog‘ozlar hosilalari;
6) veksellar.
Aksiya - o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz.
Obligatsiya - obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiya­ning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz.
O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari - emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar egalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga pul mablag‘lari kiritganliklarini tasdiqlovchi va bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat‘iyy belgilangan daromad olish huquqini beruvchi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar.
Depozit sertifikati - bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz.
Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari - o‘z egalarining boshqa qim­matli qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning opsionlari, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar (qimmatli qog‘ozlarga doir fyuchers - o‘zida nazarda tutilgan muddatda muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni qat‘iyy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlov­chi emissiyaviy qimmatli qog‘oz).
Veksel - veksel beruvchining yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz.
Yuqorida qayd etilgan jinoyat predmetlari mazkur jinoyat tarkibini tashkil etishi uchun albatta qalbakilashtirilgan bo‘lishi shart va ular quyi­dagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.
Birinchidan, pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar qonuniy muomalada bo‘lishi yoki muomaladan chiqarilayotgan, lekin uni almash­tirish mumkin bo‘lgan bo‘lishi kerak.
O‘tkazish maqsadida muomalada bo‘lmagan (masalan, sobiq ittifoq pullari yoki tugatilgan aksionerlik jamiyati aksiyalari), bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek qimmatli qog‘ozlar yo­xud chet el valutasi yoki chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlar yasash yo ularni o‘tkazish Jinoyat kodeksining 176-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi, sababi ular respublika iqtisodiyotiga zarar yetkazmaydi. Muomalada bo‘lmagan pul birliklarini o‘tkazish maq­sadida yasagan va aldov yo‘li bilan bundan manfaat ko‘rgan shaxslarning harakatlari Jinoyat kodeksi 168-moddasiga asosan firibgarlik sifatida kva­lifikatsiya qilinishi mumkin.
Pul-buyum lotereya biletlari va boshqa hujjatlarni ishlab chiqarish, qalbakilashtirish yoki ularni o‘tkazish Jinoyat kodeksining 176-moddasiga asosan javobgarlikni yuzaga keltirmaydi. Pul-buyum lotereya bilet­lari va boshqa hujjatlarni qalbakilashtirish yoki ularni o‘tkazganlik uchun Jinoyat kodeksi 168-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilishi kerak.
Ikkinchidan, pul va qimmatli qog‘ozlar haqiqatan qalbakilashtirilgan bo‘lishi kerak, ya‘ni haqiqiysiga juda o‘xshash qilib yasalgan, muomalaga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
Qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlarning barcha o‘lchamlari, zaruriy belgilari, ya‘ni rekvizitlari haqiqiysiga chindan ham o‘xshash bo‘lishi jinoyatni kvalifikatsiya qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. Aks holda, aybdorning harakatlarini ko‘rib chiqilayotgan modda bo‘yicha huquqiy baholash mumkin emas. Masalan, shaxsning jurnaldan yangi pulning namuna nusxalarini qirqib olib, ularni yopishtirib sotishga urinishini qalbaki pul yasash yoki ularni o‘tkazish deb bo‘lmaydi. Bunday qilmish muayyan sharoitda firibgarlik deb baholanishi mumkin. Chunki bunday pullar muomalada bo‘la olmaydi va davlatning pul kredit tizimi asoslariga putur yetkazmaydi. Shu munosabat bilan qo‘pol ravishda yopishtirilgan baholi, yozuvli, qo‘lda yasalgan, tasviri bir-biriga muvofiq kelmagan kupuralar, ya‘ni muomaladagi milliy yoki xorijiy pul birligi bilan amaliy o‘xshashlikka ega bo‘lmagan kupuralar jinoyat predmeti bo‘la olmaydi.
Ko‘rilayotgan jinoyatning o‘bektiv tomoni Jinoyat kodeksi 176- moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan jinoyat predmetlarini o‘tkazish maqsadida yasash yoki ularni bevosita o‘tkazishda namoyon bo‘lgan ijtimoiy xavfli qilmishlarni tashkil etadi.
Yasash deganda jinoyat predmetini to‘la yoki qisman qalbakilashtirish tushuniladi.
To‘liq qalbakilashtirishda qalbaki pullar va qimmatli qog‘ozlar haqiqiy pullardan va qimmatli qog‘ozlardan foydalanmay yasaladi.
Qisman qalbakilashtirish - jinoyatchilar tomonidan haqiqiy pullar­dan, shuningdek chet el valutasi va qimmatli qog‘ozlardan foydalanish bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Masalan, AQSh dollarini qalbaki­lashtirishda jinoyat sub‘yektlari kupuraga tushirilgan prezidentlar ismini o‘zgartiradilar, qiymat raqamiga esa qo‘shimcha sonlar va yozuvlar kiritadilar.
O‘tkazish deganda jinoyat predmetlarini har qanday usulda tarqatish tushuniladi.
Yasalgan pul belgisining qalbaki ekanligi haqidagi masalani hal etishda, yasalgan pulni haqiqiy pullar bilan birga pul aylanishda ishtirok etish qobiliyatiga ega bo‘lish imkoniyatini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
O‘tkazish yoki o‘tkazmasligidan qat‘iy nazar, qalbaki pulning bir nusxasini yasashi bilan jinoyat tugallangan deb hisoblanadi.
Sub‘yektiv tomondan mazkur jinoyat aybning to‘g‘ri qasd shaklida ifodalanadi. Shaxs o‘tkazish maqsadida qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlarni yasayotganini, shuningdek ularni o‘tkazayotganligini anglaydi va bu harakatlarni sodir etishni istaydi.
Jinoyat kodeksining 176-moddasida nazarda tutilgan qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek qim­matli qog‘ozlar yoxud chet el valutasi yoki chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlar yasash yoki ularni o‘tkazishda jinoiy javobgarlik yuzaga kelishining zarur sharti ularni o ‘tkazish maqsadi mavjudligi hisoblanadi. Shaxs qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish maqsadida emas, balki o‘zi uchun, masalan, o‘z qobiliyati, mahoratini ko‘rsatish va hokazo uchun yasagan hollarda uning harakatlari jinoiy qilmish hisoblanmaydi.
Ko‘rilayotgan jinoyatning sub‘yekti 16 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. Qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar yoxud chet el valutasi yoki chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazganlik uchun javobgarlikka nafaqat ularni yasaganlar, balki ularning qalbakiligini bila turib muomalaga kiritganlar ham (masalan, qalbaki pulga ega bo‘lgan shaxs, qalbaki pullarni o‘tkazuvchi shaxsning jinoiy sheriklari, tasodifan pulga ega bo‘lib, qalbakiligini bilganidan so‘ng, uni o‘tkazishga harakat qilgan shaxslar) jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Mazkur jinoyatning takroriylik belgisi shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq o‘xshash jinoyatlarni sodir etish va ularning birortasi uchun sudlanmaganlikni anglatadi. Xavfli retsidivist deb, jinoyat predmetlarini qalbakilashtirish uchun ilgari sudlangan bo‘lib, sudlanganlik muddati tugamasdan yoki olib tashlanmasdan turib, ushbu qilmishiga aynan o‘xshash jinoyat sodir etgan shaxs tan olinadi.
Xavfli retsidiv jinoyat deb topishni qonun shaxsning ilgari sodir etgan jinoyati uchun sudlangandan keyin unga aynan o‘xshash yangi jinoyatni qasddan sodir etishi bilan bog‘laydi. Aynan o‘xshash jinoyatlar deganda, shaxs ilgari sudlangan Jinoyat kodeksi Maxsus qismining aynan bir moddasida nazarda tutilgan yoki shaxs ilgari sudlangan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi muayyan moddasining aynan bir qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni yangidan sodir etish tushuniladi.
O‘tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar yoxud chet el valutasi yoki chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlar ko‘p miqdorda yasalgan yoki o‘tkazilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksining 176-moddasi ikkinchi qismi “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Bu jinoyatdagi ko‘p miqdor, yasalgan (o‘tkazilgan) qalbaki pullar yoki qimmatli qog‘ozlarning jami miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Jinoyat kodeksining sakkizinchi bo‘limiga (atamalarning huquqiy ma‘nosi) muvofiq, ko‘p miqdor deganda eng kam oylik ish haqining uch yuz barobaridan besh yuz barobarigacha bo‘lgan miqdor tushuniladi.
Ushbu harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 176-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlar yasash bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan deb, bu jinoyatni sodir etishda ikki yoki undan ortiq shaxslarning jinoyat sodir etishdan oldin kelishib uni sodir etishlari inobatga olinadi.
O‘sha harakatlar: a) juda ko‘p miqdorda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 176-moddasi uchinchi qismining tegishli bandlari bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Tahlil etilayotgan jinoyat uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 176- moddasi uchinchi qismi “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Jinoyat kodeksi 29-moddasining to‘rtinchi qismiga binoan uyushgan guruh deb ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi tushuniladi.
Jinoiy faoliyatning oldindan rejalashtirilganligi, jinoiy qasdni amal­ga oshirish uchun zarur bo‘lgan vositalarning tayyorlanishi, ishtirokchilarni tanlash, yollash va ular o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishi, jino­yatni yashirish choralarini ta‘minlash, guruhda o‘rnatilgan intizomga va tashkilotchining ko‘rsatmalariga bo‘ysunish jinoiy guruhning uyushganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, jinoiy guruhni uyushgan deb kvalifikatsiya qilish uchun asosiy mezon tariqasida, masalan, guruhning barqarorligini, unda tashkilotchining bo‘lishini, odatda, bir necha jinoyatni sodir etish maqsadida tuzilganligini, jinoyatni amalga oshirish rejasi va yo‘l-yo‘rig‘i ishlanganligini, har bir ishtirokchi o‘rtasida vazifalar taqsimlanganligini, texnika bilan ta‘minlanganligini, jinoyatni yashi­rish choralari ko‘rilganligini, umumiy intizomga va jinoiy guruh tashkilotchisining ko‘rsatmalariga itoat qilinishini va shu kabilarni hisobga olish lozim.
Tahlil etilayotgan jinoyat uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan deb topilgan taqdirda, jinoyat barcha ishtirokchilarining harakatlari, ularning jinoyatni amalga oshirishdagi rolidan (ishtirokchilikning turidan) qat‘iy nazar, Jinoyat kodeksining 28-moddasiga havola qilinmagan holda Jinoyat kodeksi 176-moddasining uchinchi qismi “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Shu bilan birga, Jinoyat kodeksi 176-moddasining uchinchi qismi “b” bandida “uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab jinoyat sodir etish” ham kvalifikatsiya qiluvchi belgi sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Qilmishni mazkur norma bilan kvalifikatsiya qilishda alohida shaxs uyushgan jinoiy guruhning a‘zosi emas, balki ushbu guruh manfaatlarini ko‘zlab Jinoyat kodeksi 176-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etganligini aniqlash kerak.



Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish