O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar



Download 1,44 Mb.
bet20/240
Sana10.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#651087
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   240
Bog'liq
KOMPLEKS Iqtisodiy Jinoyatchilik

2. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar
Davlatga yoki fuqarolarga yetkaziladigan zarar nafaqat o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish natijasida, balki o‘zganing mulkini qonunga xilof ravishda egallash bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ham yetkazilishi mumkin. Ularda o‘zganing mulkini to‘g‘ridan-to‘g‘ri egallash holatlari mavjud bo‘lmasa-da, ammo bu qilmishlar mulkiy munosabatlarning buzilishi va fuqarolarga jiddiy xavf tug‘diradi, korxona, muassasa va tashkilotlarning, jismoniy va yuridik shaxslarning foyda va daromad olishining kamayishiga, yo‘qqa chiqishiga olib keladi.
O ‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo ‘lmagan jinoyat­lar - bu O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutil­gan, talon-toroj belgilarining yo‘qligi holatida mulkka tajovuz qiladigan ijtimoiy xavfli qilmishlardir.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat­larning bevosita o‘bekti mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlarning o‘bektiv tomoni shaxsning qo­nun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga tajovuz qilishi mumkin bo‘lgan harakat yoki harakatsizlikda ifodalanishi bilan tavsiflanadi. Qonun chiqaruvchi o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jino­yatlarning zaruriy belgilari sifatida ma‘lum bir oqibatlar keltirib chiqish shartligini belgilovchi (moddiy tarkibli) yoki bunday oqibatlar kelib chiqishini nazarda tutmaydigan jinoyatlarni (formal tarkibli) qayd etgan. Masalan, o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jino­yatlarning moddiy tarkibli turlarida jinoyatni tugallangan deb baholash uchun albatta qonun normasida nazarda tutilgan muayyan oqibatlarning kelib chiqqanligini aniqlash talab etiladi. Xususan, mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish (JK 172-m.) jinoyatida shaxsni mulkni qo‘riqlash yuzasidan o‘z vazifalarini vijdonsiz bajarishi natijasida mol-mulk talon-toroj qilishi, unga shikast yetkazilishi yoki uning nobud qilinishi, ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lganligi jinoyatning tugallanganligidan dalolat beradi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat­larning formal tarkibli turlarida esa, jinoyatni tugallangan deb hisoblash uchun qonun normasida nazarda tutilgan jinoyatning o‘bektiv tomonini ifodalovchi qilmishlar sodir etilganligining o‘zi kifoya hisoblanadi. Masa­lan, jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish (JK 171-m.) jinoyati mulkning jinoiy yo‘l bilan topilganligini bila turib, uni oldindan va‘da qilmagan holda olgan yoki o‘tkazgan vaqtdan boshlab tugallangan deb topiladi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat ishlari ko‘rilayotganda, sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish hamda jinoiy oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash asosiy ahamiyatga egadir. Sababiy bog‘lanish aniqlanmagan har bir holat tahlil etilayotgan jinoyat tarkibini keltirib chiqarmasligini anglatadi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat­larning sub‘yektiv tomoni ham qasd, ham ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladi. Tahlil etilayotgan jinoyat tarkiblarining aksariyat qismi aybning qasd shaklida sodir etilishini nazarda tutadi (JK 170-171, 174-moddalari), faqat Jinoyat kodeksi 172-moddasida nazarda tutilgan jinoyat aybning ehtiyotsizlik shaklida ifodalanadi.
Ko‘rilayotgan jinoyatlarning sub‘yekti 16 yoshga to‘lgan har qanday shaxs bo‘lishi mumkin. Faqat Jinoyat kodeksi 173-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatning sub‘yekti 14 yoshdan boshlanadi.
Jinoyat kodeksi 172-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatda sub‘yektning umumiy belgilarini aniqlash bilan birga, uning qonun normasida nazarda tutilgan qo‘shimcha belgisini ham aniqlash shartdir. Ushbu jinoyatning sub‘yekti mulkni qo‘riqlash yuzasidan majburiyat yuklatilgan shaxs hisoblanadi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat­larning quyidagi turlari farqlanadi: 1) aldash yoki ishonchni suiiste‘mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish (JK 170-m.); 2) jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish (JK 171-m.); 3) mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish (JK 172-m.); 4) mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish (JK 173-m.).



Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish