Talab va taklif birgalikda
Talab va taklif alohida tahlil qilingach, biz endi ularni bozorda sotiladigan tovar narxi va miqdoriga ta’sirini aniqlash maqsadida birgalikda koʻramiz.
Muvozanat
rasmda bozor taklifi egri chizigi va bozor talabi egri chiziqlari birgalikda tasvirlangan. Talab va taklif egri chiziqlari bir nuqtada kesishganiga e’tibor berish lozim. Bu nuqta bozor muvozanati deb ataladi. Bu kesishish nuqtasidagi narx muvozanatli narx, miqdor esa muvozanatli miqdor deyiladi. Bu yerda muvozanatli narx $2 va muvozanatli miqdor 7 ta muzqaymoq.
Lugʻat muvozanat soʻzini turli xil kuchlarning tenglik holati sifatida ta’riflaydi va bu bozor muvozanatini ham ifodalaydi. Muvozanat narxda, xaridorlar sotib olishga tayyor va qodir boʻlgan tovarlar miqdori, sotuvchilar yetkazib berishga tayyor va qodir boʻlgan tovarlar miqdoriga teng boladi. Muvozanatli narx ba’zan bozorni tozalovchi narx deyiladi,
chunki, bu narxda, bozorda hamma qoniqadi: xaridorlar istagan miqdorlaridagi barcha mahsulotlarini xarid qiladilar, sotuvchilar esa istagan miqdorlaridagi barcha mahsulotlarini sotadilar.
Xaridor va sotuvchilar harakati bozorni tabiiy ravishda talab va taklif muvozanati tomon harakatlantiradi. Sababini aniqlash uchun bozor narxi muvozanatli narxga teng boʻlmagan holatda nima boʻlishini koʻrib chiqishi lozim.
Dastlab tasavvur qiling, bozor narxi muvozanatli narxdan yuqori 9- shakl (a). Narx $2.50 boʻlganda taklif qilinadigan mahsulot miqdori ( 10 dona muzqaymoq) mahsulotga boʻlgan talab miqdoridan (4 dona muzqaymoq) oshadi. Bu yerda mahsulot ortiqchaligi paydo boladi: sotuvchilar mazkur narxda barcha mahsulotlarini sota olmaydilar. Qoldiq ba’zan taklif ortiqchaligi holati sifatida qaraladi. Qachonki muzqaymoq bozorida mahsulot ortiqchaligi kuzatilsa, muzqaymoq sotuvchilari muzlatkichlari ular sotishni xohlaydigan ammo sota olmaydigan muzqaymoqlar bilan toʻladi. Ular mahsulot ortiqchaligiga mahsulot narxini pasaytirish orqali javob qaytaradi. Narxlarning tushishi mahsulotga boʻlgan talab miqdorini oshiradi va taklif miqdorini kamaytiradi. Narxlar tushishi bozor muvozanatga erishguncha davom etadi.
Endi faraz qiling bozor narxi muvozanat narxidan quyi holatda 9 rasm (b). Bu holatda bir dona muzqaymoq uchun narx $1.50 va mahsulotga boʻlgan talab miqdori taklif miqdoridan oshadi. Bu holatda tovar taqchilligi kelib chiqadi: Talabgorlar mazkur narxda istagan mahsulotlarini barchasini xarid qila olmaydilar.
Muzqaymoq bozorida taqchillik sodir boʻlganda, xaridorlar oz miqdordagi muzqaymoqlardan birini xarid qilish uchun uzoq navbatda turishlariga toʻgʻri keladi. Koʻp xaridorlar oz mahsulot ortidan quvishi, taqchillikka sotuvchilar savdo hajmini yoʻqotmagan holda narxni koʻtarish orqali javob qaytaradi. Narx oʻsishi tufayli talab miqdori tushadi, taklif miqdori oshadi va bozor yana qayta muvozanat nuqtaga qarab harakatlanadi.
Rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |