O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo texnologiya instituti



Download 416,48 Kb.
bet19/24
Sana27.05.2023
Hajmi416,48 Kb.
#944592
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Jarayonning ko`rsatkichlari


Biz benzin fraksiyalarini oktan sonini oshirish uchun riforming jarayoniga beramiz degan edik. Bu jarayonda platina - reniy - alyuminiy katalizatori ishlatiladi. Bu katalizator benzindagi geteroatomi birikmalari bilan zaxarlanib, qolmasligi uchun, benzin fraksiyasini oldin gidrotozalash jarayoniga beriladi. Bu jarayonda oltingugurt miqdori 0,0001 gacha va azotni miqdori 0,00001 gacha kamayishi lozim, aks holda riforming katalizatori zaxarlanib qoladi. Ikkilamchi jarayon benzinlaridagi to`yinmagan uglevodorodlar vodorod bilan to`yinadi.
Kerosin, dizel yoqilg’isi fraksiyalarini kam gidrotozalash qilinadi. Bunda oltingugurtni miqdori kerosinda 0,05% mass. gacha, dizel yoqilg’isida 0,2% gacha kamaytiriladi. Ikkilamchi jarayondan olingan mahsulotlardagi to`yinmagan uglevodorodlar vodorod bilan to`yinadi.
Surkov moylari fraksiyalarini ham gidrotozalashga berib, ularni sifati yaxshilanadi. Ko`p halqali arenlar va smolasimon moddalar vodorod bilan to`yinadi.
Mazutlarni bug’ qozonlarida yoqilg’i sifatida ishlatish uchun oltingugurtni miqdorini kamaytirish lozim. Shu maqsadda vakuum ostida mazutni 60% miqdorini haydab olib, uni gidrotozalab, keyin qolgan qismi bilan aralashtirib yoqilg’i sifatida ishlatiladi.
Mazutni o`zini gidrotozalaydigan katalizatorlar ham bor.
Umuman gidrotozalash neft mahsulotlarini sifatini yaxshilash uchun ishlatiladi.
Gidrotozalash jarayonini samaradorligini ko`tarish uchun yuqori unumdorlik bilan ishlaydigan katalizatorlar ixtiro etish lozim. Hozircha ishlatilayotgan katalizatorlar etarli samaradorlik bermayapti. Bu muammoni sizlar hal etishingizga to`g’ri keladi.
Jarayonning asosiy ko`rsatkichlari kelayotgan hom ashyoga bog’liq. Riforminga beriladigan benzin tarkibidagi oltingugurtni platina katalizatoriga berishdan ilgari 0,003% mas.gacha tozalash zarur, agar platina-reniy katalizatori bo`lsa oltingugurtni 0,001% mass.gacha tozalash zarur. Kerosinning tarkibidagi merkaptanni 0,005% mass. dizel yoqilg’isini tarkibidagini oltingugurtini esa 0,2 % mass.gacha tozalash kerak. SHu talablarga ko`ra gidrotozalash jarayoninining asosiy ko`rsatkichlari belgilanadi.
Gidrotozalash jarayonining boshkariladigan ko`rsatkichlariga harorat xajmiy tezliki, bosim va 1 m3 hom ashyo hisobidan beriladigan gazni miqdori kabilar kiradi.
Harorat 330 oC dan past bo`lsa, hom ashyoning hajmiy tezligi 4-5 ch-1 dan yuqori bo`lsa olingan mahsulotlarning sifati past bo`ladi. Harorat 420 oC dan ko`tarilsa kreking reaksiyasi kuchayadi, katalizatorning yuzasiga koks o`tirishi ko`payadi.
Sifati past homashyo tozalanyotganda berilayotgan gazning hom ashyoning nisbatini 700 nm3/m3 gacha ko`tarish lozim bo`ladi. Agar berilayotgan gazimizning tarkibida vodorod kamroq bo`lsa hom gazning nisbatini ko`paytirish kerak bo`ladi. Odatda berilayotgan gazning tarkibida vodorodni hajmi 60 dan 90% ob.gacha bo`lishi kerak.
Shuni ham ta`kidlash kerakki, agar biz kerosin va dizel yoqilg’isini tozalayotganda ularning tarkibidagi oltingugurtni 0,05 va 0,2 % mass.dan kamaytirsak, u vaktda u yoqilg’ilarni oksidlanishga karshi turg’unligini pasaytirib yuborgan bo`lamiz. Demak gidrotozalashni ham ma`lum meyorgacha olib borish kerak ekan.
Kreking va piroliz ustanovkalaridan olingan fraksiyalarni albatta AVT dan olingan fraksiyalar bilan birga qo`shib gidrotozalashga beriladi, aks xolda ikkilamchi fraksiyalarni tarkibida to`yinmagan birikmalar ko`p bo`lganligi sababli, katalizatorlarning yuzasida ko`p miqdorda koks hosil bulib, katalizatorlarning ishlash davri kamayadi.
Gidrotozalash ustanovkalariga yangi katalizatorlar solinganda haroratni 330 0C dan boshlanadi. Vaqt o`tishi bilan katalizatorlarning yuzasiga asta-sekin koks o`ltira boshlaydi. Shuning hisobiga, katalizatorlarni ish mezoni pasayadi. Maxsulotda oltingugurtning miqdori ko`payib boradi. Mahsulot sifatini bir xilda bo`lishining ta`minlash uchun haroratni 380-4000C gacha ko`tariladi. So`ngra jarayonni to`xtatib katalizatorni regenerasiya kilinadi. Gidrotozalash jarayonida haroratni 400 0C dan yuqoriga ko`tarilmaydi, sababi, parchalanish reaksiyalari kuchayib ketishi mumkin. Katalizatorni yuzasidagi koks yondirilgandan keyin jarayon yana odatdagidek 330 0C dan boshlab ishlay boshlaydi. Katalizatorni ishlash davri dizel yoqilg’isini tozalash vaqtida 1 yilni tashkil etadi. Katalizator 2-3 yil ishlaydi, so`ngra aktiv komponentlarini ajratib olish uchun maxsus korxonalarga yuboriladi. O`rniga yangi katalizator solinadi.
Vakuum gazoylni gidrokrekingga berishdan ilgari gidrotozalash qilanadi, bunda vakuum gazoylning sifati yaxshilanadi, gidrokreking jarayonining samaradorligi ortadi.
Piroliz jarayonida olinadigan benzinlarni tarkibida asosan, aromatik birikmalar va to`yinmagan uglevodorodlar bor. Agar bu xildagi benzinni yoqilg’i sifatida ishlatiladigan bo`lsa uni sulfidlangan platina katalizatori ishtirokida oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalanib, ko`pqo`shbog’li birikmalar birko`shbog’li birikmalargacha to`yinadi. Keyin esa birlamchi olingan benzinlar bilan birga qo`shilib yoqilg’i sifatida ishlatiladi. Agar undan aromatik uglevodorodlar olish uchun foydalanadigan bo`lsa, benzinni yana bir bor tozalab to`yinmagan birikmalar to`yintiriladi, keyin esa, benzindan aromatik uglevodorodlarni ajratib olinadi.
Reaktiv yoqilg’ilarni olish uchun kerosin fraksiyasini, xom ashyoni sifatiga qarab, ikki usulda gidrotozalash qilinadi. Birinchisida, yengil usulda -oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalanadi. Bunda asosan merkaptanlardan tozalashga e`tibor beriladi. Agar kerosin fraksiyasida aromatik birikmalarning miqdori 12- 14% mass.dan ko`p bo`lsa, u vaqtda, gidrotozalashni ikkinchi usulda - qattiqroq rejimda: yuqori bosimda /5-MPa/da olib boriladi. Bunda qisman aromatik birikmalar naftenlarga aylanadi, shu bilan bir vaqtda oltingugurtli, azotli va kislorodli birikmalar xam kamayadi, kerosinning sifati yaxshilanadi.

Download 416,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish