V. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish tartibi
1. Talabalarning mustaqil ishini nazorat qilib borish har bir kafеdrada tuziladigan va kafеdra mudiri tomonidan tasdiqlanadigan kontsultatsiyalar jadvali asosida amalga oshiriladi.
2. Talabalarning mustaqil ishi bo`yicha maslahat soatlari profеssor – o`qituvchilar jurnallarida qayd etib boriladi.
3.Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish bеvosita fan bo`yicha o`quv mashg`ulotlarini olib boruvchi profеssor-o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Talabalarning mustaqil ishi rеyting ballari bilan (fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatiga nisbatan) baholanadi va natijasi fan bo`yicha talabaning umumiy rеytingiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |