VI. Institusional muassasalarni tugatish va qayta tashkil etish
|
|
|
Oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy yetimlikning oldini olish, shuningdek, Mehribonlik uylarini bosqichma-bosqich kam komplektli Bolalar shaharchalariga hamda muassasalarning boshqa muqobil shakllariga o’tkazish
|
2020-2023 yillar
|
Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika kengashi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
1. Institusional muassasalarga kelib tushayotgan bolalar sonini qisqartirish.
2. Mehribonlik uylarini tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib maqbullashtirish.
3. Respublika bo’yicha Mehribonlik uylarini bosqichma-bosqich kam komplektli Bolalar shaharchalariga aylantirish.
2020 yilda 2 ta;
2021 yilda 4 ta
2022 yilda 6 ta
2023 yilda 7 ta
4. Faoliyati tugallatilgan muassasalar pedagog xodimlari hamda vasiylik va homiylik organida bolani oilaga tarbiyalashga qabul qilish istagini bildirgan shaxslar orasidan kasbiy salohiyatli foster oilalarni tashkil etilishini yo’lga qo’yish
|
|
Institusional muassasalarni kunduzgi tashrif markazlari, krizis markazlari, oila va bolalarni qo’llab-quvvatlash markazlari, moslashuv markazlari, oilaga joylashtirish xizmatlari, dam olish markazlari sifatida qayta tashkil etish ishlarini rejali bajarish
|
2022 yil iyul
|
Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika kengashi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
1. Faoliyati modernizasiyalashtirilgan yetim va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar uchun ta’lim - tarbiya, davolash - sog’lomlashtirish muassasalarida ko’rsatilishi mumkin bo’lgan yangi xizmatlarni rejalashtirish
2. Institusional muassasalarni bosqichma bosqich ijtimoiy xizmatlar ko’rsatuvchi krizis markazlari, oila va bolalarni qo’llab-quvvatlash markazlari, moslashuv markazlari, oilaga joylashtirish xizmatlari, dam olish markazlariga almashtirish (o’zgartirish).
|
|
“Mablag’ bola ketidan” tamoyili asosida moliyaviy harajatlarni qayta taqsimlash
|
2020 yil fevral
|
Moliya vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.
|
1. Institusional muassasalar moliyaviy ta’minoti mexanizmini qayta ko’rib chiqish
2. Moliyaviy mablag’larni yangi xizmatlarga, tutingan oilalarni, shu jumladan kasbiy salohiyatli foster oilalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlashga yo’naltirish
|
|
Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ish bilan ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko’rish
|
2020-2023 yillar
|
Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
1.Tugatilayotgan muassasalar xodimlarini kasbga qayta tayyorlash va ishga joylashtirish masalalarini hal qilish.
2. Yangi tipda tashkil etilgan muassasalarda bolalar va oilalar bilan ishlashda kasbiy tajribaga ega mahoratli xodimlarni ish bilan ta’minlash
|
Predlojeniya: 0 Pokazat predlojenii
Vazirlar Mahkamasining
2019 yil ___ ___________ dagi
___-son qaroriga
2-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |