O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samdu oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti



Download 1,13 Mb.
bet137/147
Sana07.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#755599
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   147
Bog'liq
O\'zbek tilidan MAJMUA. 2021.(4 yillik) tayyori

Topshiriq. Quyidagi matnni o‘qing va mazmuni bo‘yicha fikr yuriting. Matndan so‘z qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan xatoni topib daftaringizga to‘g‘rilab ko‘chiring.
TOVUQ BILAN TULKI
Baland daraxt shohiga qo‘nib, qag‘-qag‘lab yotgan Tovuqning tovushi butun o‘rmonga taralib, ochlikdan sillasi qurigan Tulkining e’tiborni tortibdi. Tovuqning baland shohda turganini ko‘rgan Tulki uni xiyla bilan pastga tushirib, yemoqchi bo‘libdi.
— Kechirasan, qadrdonim Tovuq, — deb gap boshlabdi u, — sen yirtqichlar bilan qushlar, umuman, o‘rmonimizdagi barcha jonzotlar o‘rtasida tuzilgan tinchlik bitimi haqida hali eshitmadingmi? Bundan keyin biz bir-birimizni ovlamaymiz, aldamaymiz va o‘g‘irlamaymiz, balki tinchlikda, hamjihatlikda yashaymiz. Pastga tush, bu haqida yaxshilab gaplashib olamiz. Tulkining mug‘ombirligini yaxshi bilgan Tovuq hech narsa demay, xuddi bir narsaga tikilgandek yo‘lga qarab turaveribdi.
—Nimaga buncha tikilib qolding? — deb so‘rabdi Tulki.
— Men bir to‘da itlarni ko‘rayapman, — debdi Tovuq, — adashmasam, ular biz tomonga kelishyapti, janob Tulki.
— Shunaqami, unda men ketishim kerak, — debdi Tulki.
— Iltimos, janob Tulki, ketmay turing, — debdi Tovuq, — men endi tushmoqchi bo‘lib turuvdim. Keling, itlarni kutib turamiz, ular kelgandan so‘ng tinchlik bitimini birga muhokama qilamiz.
— Yo‘q, yo‘q, — debdi Tulki, — men ketishim kerak, itlar hali tinchlik bitimi haqida eshitmagan bo‘lishlari mumkin.
Qissadan hissa: To‘satdan taklif qilingan do‘stlikdan ehtiyot bo‘ling.
EZOP MASALLARIDAN
So‘zlashuv uslubi
Kundalik hayotda uyda, ko‘cha-ko‘yda, ish joylarida va boshqa joylarda kishilarning bir-biri bilan erkin muloqotga kirishuvi so‘zlashuv uslubi orqali yuzaga chiqadi. Oddiy so‘zlashuv uslubida so‘zlovchi nutq vaziyatidan kelib chiqib, axborot uchun eng kerakli so‘zlarnigina ishlatadi. Qolganlari nutqiy vaziyatdan bilinib turadi yoki imo-ishora va mimikalar bilan to‘ldiriladi. Masalan, kinoteatr chiрtaxonasidan chiрta olish uchun so‘raysiz:
- Beshinchidan ikkita (Menga beshinchi qatordan ikkita chiрta bering deb o‘tirmaysiz).
So‘zlashuv uslubining o‘zi ikki turga bo‘linadi:
1) adabiy so‘zlashuv uslubi; 2) oddiy so‘zlashuv uslubi.
Ma’lum adabiy til me’yorlariga bo‘ysungan, tartibga solingan so‘zlashuv uslubiga adabiy so‘zlashuv uslubi deyiladi. Adabiy tilning og‘zaki shakli adabiy so‘zlashuv uslubi orqali amal qiladi. Radioeshittirishlari, televideniye ko‘rsatuvlari shunday uslubda olib boriladi. Adabiy til me’yorlariga doimo amal qilavermaydigan erkin muloqot shakli oddiy so‘zlashuv uslubi sanaladi.
Oddiy so‘zlashuv uslubida nutqiy vositalarni tejashga intilish bilan birga, bunga teskari bo‘lgan nutqiy ortiqchalikka ham yo‘l qo‘yiladi. Oddiy so‘zlashuv uslubida gap bo‘laklarining tartibi ham ancha erkin bo‘ladi. Ba’zan shevaga xos so‘zlar, qo‘pol, dag‘al so‘zlar ham kuzatiladi, lekin bularni qo‘llash so‘zlovchining madaniy nutq sohibi emasligini ko‘rsatadi. Shuning uchun siz oddiy so‘zlashuv nutqingizda ham o‘zingizning yuksak madaniyatingizni namoyish eting.



Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish