1-§. Boshlang`ich sinflar uchun matematikadan stabil darsliklar va o`quv qo`llanmalari
Darslik bu dastur boyicha asosiy materiallarning mazmunini jiddiy tizimli ravishda tushunarli qilib, ravon til bilan bayon qilingan kitobdir. Darslikning asosiy vazifasi o`quvchilarga mustaqil bilim olishlarida yordam beradi. Shuningdek darslik o`quvchilar uchun mo`ljallangan asosiy va zaruriy o`qitish vositasi ham hisoblanadi. Matematika darsligi dasturga mos tuzilib, uning talabiga javob beradi va har qaysi masala qay darajada qaralishi kerakligi ko`rsatiladi.
Darslikning tuzilishi, asosan, dastur bo`yicha tuziladi, darslikdagi bilimlar dasturda qoyilgan talablarni ochib beradi va har bir masalaniqay darajada qaralishi kerakligini korsatadi. Bo`limlar esa mavzularga ajratiladi. Ishni darslik bo`yicha rejalashtirishda shuni nazarda tutish kerakki, darslikda hamma darslar sonining 3/4 qismi alohida dars ko`rinishida ishlab chiqilgan. Qolgan darslarda «Mustahkamlash uchun mashqlar» va boshqa manbalardan foydalanish kerak. Darslik oqituvchiga oz ishini tejamli rejalashtirishga yordam beradi, yangi materialni organish uchun tayyorgarlikni oz vaqtida taminlaydi.
Darslik bilan ishlashni o`rgatish asosan 2 yo`nalishda olib boriladi.
1. Tashkiliy xarakterdagi ish.
2. Darslik bilan uning mazmuni va mohiyati bo`yicha ishlashga orgatish.
Tashkiliy xarakterdagi ish. Maktabdagi birinchi darslardanoq o`quvchilar darslik bilan ishlashga o`rganishlari lozim. Kitob bilan muomala qilish malakasi deganda uni avaylab saqlash uning tegishli sahifasini topa olish malakalarini egallashlari nazarda tutiladi. Shundan keyin oqituvchi oquvchilarni tegishli sahifani topishgayordam beradigan xat chuplardan foydalanishda orgatadi. Keyinroq mashqlarni nomerlash, kitob bo`limlarini ajratish, sarlovhalar bilan tanishadilar. O`quvchilar eng boshidan boshlaboq darslikka hech narsa yozmaslik kerakligi tushuntiriladi. Oqituvchi katta harflar bilan yozilgan sarlovhalar qaysi tema organilayotganini bildirishini aytadi. Songra qoidalar, tariflar ramka bilan ajratilishi tushuntiriladi.
Oquvchilarga kitob bilan ishlash qoidalarini tushuntirishda darslikda berilgan korsatmalarga amal qilishga orgatish zarur. Masalan, darslikda bazi malumotlar tushurib qoldirilgan misollar yoki bosh kataklariga biror sonni qoyish kerak bolgan jadvallar beriladi. Oquvchilar kop hollarda bu topshiriqlarni bosh orinlarni darslikning oziga toldirishga togri keladi.
2. Matematika darsligida nazariy va amaliy materiallar ham beriladi. Shu sababli darslikdan darsning turli bosqichlarida foydalanish mumkin.
Dastlabki vaqtlarda darslik bo`yicha ishlashdan bundan ilgari og`zaki shaklda otkazilgan tushuntirishlarni mustahkamlash ish sifatida foydalaniladi. Oldin oqituvchi biror qoidani oquvchilarga ularning kuchlari yetadigan tushunarli misollarda tushuntiradi. Bayon davomida hamma narsa oquvchilarga tushunarli yoki tushunarsiz bolganligini aniqlab oladi va shu maslaning ozi darslikda qanday bayon qilinganligini qarashni buyuradi. Masalan. 34+20 va 34+2 ko`rinishdagi hollar uchun qo`shishning yangi usullari bilan o`quvchilarni tanishtirishda korsatmali quroldan va o`qituvchining barcha amallarni to`la yozgandan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shundan keyingina mustahkamlash sifatida rasmlarga va shunday misollar yechimlarining darslikdagi yozilishiga murojaat qilish mumkin.
Matematika oqitishda oquvchilarga darslikda berilgan matematik yozuvlarning, rasmlarning, sxemalarning va chizmalarning mahiyatini tushuntirish katta ahamiyatga ega bular darslikning asosiy mazmunini tashkil qiladi.
O`qish malakalarining egallanish darajasiga qarab o`quvchilarni darslikda berilgan matnlarni mustaqil o`qishga jalb qilish kerak. Matematik adabiyotni o`qishga o`rgatishdagi birinchi qadam bu masala matnini o`qishga orgatish hisoblanadi. Lekin oqilgan masalaning mazmunini hamma oquvchi ham birdek birdek tushunavermaydi. Shuning uchun oquvchilarning tushungan yoki tushunmaganligini darhol tekshirib korish kerak.
Matematika darsligida berilgan material kop jihatdan boshlangich talimning tarbiyaviy masalalarini hal qilish imkonini beradi. Masalan, matematik darsliklari rasmlar orqali, oquvchilarni insonlarning mehnati bilan, atrof borliqning turli tomonlari bilan tanishtirish imkonini beradi.
Darslikda berilgan kopchilik tekstli masalalardan faqat matematik talim maqsadlaridagina emas, balki oquvchilarga tarbiya berishda ham foydalanish mumkin. Masalalar matematikasida respublikamiz voqeligi akslanadi. Yani kishilarning turmush va mehnatlari, xalq xojaligidagi rivojlanishlar, xom ashyo va vaqtni tejash va hokazolar aks ettiriladi.
Matematika o`qitish jarayoning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida o`quv metodik kompleksi yaratiladi. Bu kompleks tarkibida darslikdan tashqari, o`quvchilar va o`qituvchilarga moslab yozilgan metodik qo`llanmalar, kartochkalar, bosma asosli daftarlar, mashqlar to`plamlari va boshqalar kiradi.
Metodik qo`llanmalarda kursning har qaysi bo`limi, uchun rejalashtirish, o`quvchilarga qo`yilgan talablar, og`zaki va yozma mashqlar uchun materiallar hamda ayrim darslarga doir metodik ko`rsatmalar beriladi.
Kartochkalar darsliklarga qo`shimcha tariqasida nashr etiladi. Uning asosiy maqsadi individual topshiriqlar bo`yicha o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilishda, dasturning asosiy materiallarini puxta o`zlashtirishda oquvchiga yordam berishdan iborat.
Kartochkalar darslikni mashqlar bilan toldirishga moljallangan emas. Balkim oquvchilarni darslikdan tashqari mustaqil oquv faolyatlarini boshqarishning kop funksiyalarini ham bajaradi.
Bosma asosli matematika daftari asosan o`quvchilarning frontal mustaqil ishlarini tashkil qilishga mo`ljallangan. Bu daftar matnlarni mexanik ravishda ko`chirib yozishdan ozod qiladi va shu bilan o`quv vaqtidan yaxshi foydalanish imkonini beradi. Ammo bu daftarlarda hamma mashqlar bir variantda berilgan, shu sababli ular kartochkalardek topshiriqlarni individuallashtirish imkonini bermaydi. Shuning uchun bazan daftarlari bilan, bazi hollarda kartochkalar bilan ishlash maqsadga muvofiq.
«Boshlang`ich ta'lim», «Xalq ta'limi», «Ma'rifat» kabi Gazeta va jurnalardan ham juda ko`p foydali bilim, maslahat va tavsiyalar olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |