V. BOSHLANGICH SINFLARDA MATEMATIKADAN UY ISHLARI VA OQUVCHILAR BILIMINI REYTING BAHOLASH VA BAHO NORMALALRI REJA: 1-§. Boshlangich sinflarda matematikadan uy ishlari
2-§. Oquvchilar bilimini reyting baholash va baho normalari
3-§. Matematikadan sinfdan tashqari ishlar
Foydalangan adabiyotlar [1,2,3,4,5,6 ,7,8,9,10,13]
Asosiy tayanch tushunchalar Matematikadan uy ishlar, baho, reyting baholash, baho normalati,individual ishlarni tashkil etish, О'quvchilar bilimini og'zaki aniqlash, baholash va baho me'yorlari. Yakuniy nazorat, sinfdan tashqari ish mazmuni, sinfdan tashqari ish xususiyatlari, matematik soat, matematik to`garak, matematik konkurs va olimpiada, viktorina, matematik matbuot, matematik ekskursiya.
1-§. Boshlangich sinflarda matematikadan uy ishlari
Uy ishlari bu oquvchilarning darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil, individual ishlarini tashkil qilishning asosiy formalaridan biri hisoblanadi.
Uy ishining bajarilishida u yoki bu material takrorlanibgina qolmay, balki muhim malaka va konikmalar shakllanadi, bu esa oquvchilar mustaqil faoliyatining eng muhim qismidir. Togri tashkil qilingan va mustaqil bajariladigan uy ishining borishida va natijasida shaxsning afzalligi va mehnnatsevarligi, uyushqoqligi, intizomliligi, batartibligi, topshirilgan ish uchun masuliyatni xis etishi shakllanadi va rivojlanadi, oz faoliyatini rejalashtirish malakasi, oz-ozini nazorat qilish konikmalari mukammallashadi.
Uy ishi oqituvchi bilan oquvchi hamda ota onalari orasidagi doimiy boglovchi vosita hamdir.
Uy ishlarini tashkil qilish ushbu talablarga javob bermogi kerak:
Uyga beriladigan vazifalar oquvchilarning kuchlari va bilimlariga mos kelishi bilan birga darsda organilgan materialning uzviy davomi ham bolishi kerak. Shu sababli birinchi sinf oquvchilarida mustaqil ish konikmalarini hosil qilish malum vaqt talab qilinishini hisobga olib oquv yilining birinchi yarmi davomida uyga vazifa berilmaydi. Ikkinchi yarim yildan boshlab uyga beriladigan vazifalar sinfda bajarilganlaridan soddaroq, va oquvchilar uddalay oladigan bo`lishi kerak. Uyga qiyinroq vazifalar berilishi oquvchilarga ogirlik qiladi, natijada ular bu vazifalarni boshqalarning yordamisiz bajara olmaydilar.
Uy vazifalarini sistemali ravishda berish kerak. Haftaning oxirgi kunlari va bayram oldi kunlari bundan mustasnodir.
Uy vazifalarining hajmi hamma predmetlar bo`yicha ularni bajarishga ajratilgan malum vaqt normasidan oshmasligi kerak: I sinfda hamma uy vazifalarini bajarishga 1 soatgacha; II sinfda 1,5 soatgacha; III sinflarda 2 soatgacha ajratiladi.Matematika uchun bu vaqt 20 minutgacha bo`lishi mumkin.
Kichik yoshdagi maktab oquvchilariga beriladigan uy vazifalarini bajarishlik uchun har biriga albatta metodik korsatma va tavsiyalar berish zarur. Eng oldin oquvchi uchun uy vazifasining maqsadi aniq, bolishi kerak. Oqituvchi oquvchilarga uyda nima qilish kerakliginigina korsatib qolmay, balki nimaga alohida etibor berish kerakligi, uchragan qiyinchiliklarni qanday bartaraf qilish, misol va masalalarning yozilishi qanday bolishini, bajarilgan vazifani oquvchining ozi qanday tekshirishi mumkinligiga oid korsatmalar ham berishi kerak.
Har qanday uy ishi oqituvchi tomonidan tekshirilgan bolishi kerak. Bunda uy vazifalarining togri yoki notogri bajarilganligini toliq korsatib otish kerak. Ota onalar farzandining qanday xatoga va kamchiliklarga yol qoyganligini bilib oladilar.
Uy vazifasini tashkil qilishga nisbatan muhim talab uning korinishi va mazmuni turli-tuman bo`lishidir. Uy vazifasi faqat, misollar va masalalar yechishnigina emas, balki topshiriqlarning boshqacha turlarini ham o`z ichiga olishi kerak. Bu turlar ushbulardan iborat: ifodalarni taqqoslash, tenglamalar yechish, geometrik xarakterdagi topshiriqlar va hokazolar. Uy vazifasiga ijodiy xarakter berish va oquvchilarda unga qiziqish uygotish uchun uyga beriladigan topshiriqlarning mazmuniga muammo xarakteridagi topshiriqlarni, masalalarni har xil usullar bilan yechishni, masalalar tuzish va ularni almashtirishlarni va hokazolarni kiritish kerak. Ravshanki, yuqorida aytib otilgan topshiriqlarni uy vazifasiga kiritish uchun sinfda tegishlicha tayyorgarlik korishikerak. Shu bilan birga beriladigan topshiriqlar asosan ushbu funksiyalarni bajarishlari lozim: bilimlarni va amaliy malakalarni mustahkamlash imkonini berishi kerak; olingan bilimlarni umumlashtirish va ijodiy qollanishga yordam berishi kerak; navbatdagi darslarda yangi materialni ozlashtirishga oquvchilarni tayyorlashi kerak. Uy vazifasida beriladigan topshiriqlar dars materiali bilan qanday munosabatda bo`lishi kerak. «Bu masala, deb yozishadi M. I. Moro bilan A. M. Pishkalo, har bir aniq holda har xil hal qilinishi kerak: masalan, darsda yangi, ammo nisbatan oson hisoblash usuli qaralgan va shu bilan birga oqituvchi kiritilgan usulni mustahkamlashga ham ulgurgan bolsin. Oqituvchi bolalar yangi materialni tushunganliklariga va shunga oxshash mashqlarni mustaqil bajara olishlariga ishonch hosil qiladi, deylik. Bu xolda uy vazifasiga darsning ozida qarab chiqilgan mashqlar oxshash mashqlarni kiritish maqsadga muvofiq, boladi. Oquvchilarning uy ishlari darsda bajarilgan ishning tabiiy logik davomi bo`ladi va unda olingan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Agar darsda ozlashtirilishi uchun oqituchi rahbarligida uzoq, vaqt ishlashni talab qiladigan qandaydir yangi, oquvchilarning tushunib olishlari uchun qiyinlik qiladigan tushuncha, qoida, masala birinchi marta kiritilayotgan bolsa, unda ish boshqacha boladi. Bu holda oqituvchi bolalarning uy ishlariga yangi materialni kiritib xatoga yol qoyishi mumkin. Uy ishi uchun mashq tanlashda ilgari otilgan materiallardan qaysilari keyingi darsda yoki undan keyin otiladigan darslarda kerak bolishini, hozir qaralayotgan masalalarni yaxshi tushunishga asos boladiganini oylab korish kerak. Shu munosabat bilan tematik plan tuzayotganda bolalarning uy ishlarini planlashtirish haqida gapirish mumkin»2.
Hamma oquvchi, oz imkoniyatiga qarab har doim topshiriq olishi uchun uy ishlarini individuallashtirishni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Topshiriqning hajmi, maqsadi, bajarilish usulini individuallashtirish mumkin. Masalan, butun sinfga bitta masalaning ozini berish, ammo oquvchilarining bir gruppasiga (kuchliroq oquvchilarga) masalani yechishdan tashqari masala savolini, u ikki amal bilan emas, balki uch amal bilan yechadigan qilib almashtirish vazifasini ham taklif qilish mumkin. Yoki hamma oquvchiga uyda kvadratni 4 ta teng bir xil uchburchakka bo`lishni, bir gruppaga (bosh oquvchilarga) bu qismlardan qandaydir yangi bitta figura tuzishni, boshqa bir gruppaga (ortacha ozlashtiruvchi oquvchilarga) ikkita yangi figura tuzishni, uchinchi gruppaga (kuchli oquvchilarga) kop sonda yangi figuralar tuzishni taklif qilish mumkin.
Oquvchilar uy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarining muhim sharti ota-onalarga oquvchilarga oz kuchlari yetganicha va maqsadga muvofiq yordam berishlari haqidagi konsultasiyalardir.