3. 16,12,5,8,4 sonlar orasida shunday sonlar bormi, ularni qo`yganda b+5=13, 96-x=88 ifodalarning qiymatlari to`g`ri bo`ladi? 563. Uch qatorli jadvaldan ikki qatorli jadvalga o`tishda mashqning didaktik maqsadlarini ayting. Jadvalni ko`rib chiqing va uni to`ldiring.
S
80
80
80
80
d
6
27
49
64
s-d
Bu jadvalni qanday qilib qisqacha yozish mumkin? Ushbu mashqni bajarish metodikasini tushuntiring. 564. Quyidagi mashqni bajarishda qanday tushunchalar shakllanadi:
«Berilgan sonlar qatoridan 0,1,15,20,23,40,50 ayiriluvchi b uchun mos keladigan qiymatlar tanlang:
b
23-b
Jadvalni to`ldirgandan keyin o`quvchilarga qanday savollar berish mumkin?». 565. Predmetlar guruhlari o`rtasida «ortiq», «kam», «teng» tushunchalari mustahkamlanadigan mashqlarning har xil turlarini ayting. Ushbu mahqlarni bajarishda o`qitishning qanday ko`rgazmali vositalari qo`llaniladi?
566. Quyidagi yozuvga topshiriqlar belgilang: 4 3, 4 4. 10 ichida sonlarni nomerlashni o`rganishning turli bosqichlarida shunga o`xshash topshiriqlarning bajarilishini qanady tashkil etish kerak?
567. Quyidagi mashqqa topshiriq belgilang: 2+5g10-2, 10-4g9-3, 1+7g9-2, 10-3g3+5 hollari ushbu topshiriqni qanday bajaradilar? 568. Quyidagi mashqqa o`qituvchi topshiriqni bunday belgiladi: «Birinchi ustundagi yig`indilarni ikkinchi ustundagi ayirmalarni taqqoslang va hisoblashlarni bajarmay «<», «>» yoki «=» belgilarni qo`ying:
45+3g45+5 42-2g45-2
58+20g56+20 63-60g67-60.
O`zingizni hisoblashlar orqali tekshiring». Bolalar bunday fikrladilar: «Chapda 45 va 3 sonlarning yig`indisi, o`ngda 45 va 5 sonlarning yozilgan. Ushbu yig`indilarning birinchi qo`shiluvchilari bir xil, chap tomondagi yig`indining ikkinchi qo`shiluvchisi o`ng tomondagi yig`indining ikkinchi qo`shiluvchisidan kam, demak, 45+3 ning yig`indisi 45+5 yig`indisidan kam bo`ladi. tekshiramiz. 45+3=48, 45+5=50, 48<50. Ushbu mashqning boshqa topshiriqlarini bajarishda o`quvchilar shunga o`xshash fikrlaydilar.
Ushbu ifodalarni taqqoslashda o`quvchilar qanday bilimlarni qo`lladilar? Ifodalarni taqqoslashda o`qvchilar yana qanday bilimlarini qo`llashlari mumkin?
Misollar keltiring. 569. Quyidagi topshiriq bilan ishlashda o`qituvchi o`quvchilarga etiborini nimaga qaratishi kerak: «Shunday sonlar tanlang-ki yozuvlar to`g`ri bo`lsin: 45-a<45- 18+40>18+ , 23+5<23+ , 56-4>56- ? «Matematika-1», «Matematika-2» darsliklaridan shu maqsadda qo`llash bo`lgan topshiriqlarni toping.
570. Boshlang`ich sinflarda tenglamalar bilan tanishtirishni quyidagi sxema ko`rinishida tasavvur qilish mumkin:
Son tarkibi Tanlash usuli Amallarning hadlari
va natijalari o`rtasidagi
bog`liqlik.
x+4=6 x+12=20 Xg3=21
3+x=8 43+x=40 5gX=35
x-5=2 25-x=10 40:x=8
10-x=4 x-8=32 x :4=7
Ko`rsatilgan bosqichlardan har biri qaysi sinfga mos keladi?
5 71. Tenglamalarni yechishning tayyorgarlik bosqichida darchali misollar berilgan topshriqlar bo`ladi. masalan, +3=5, -2=2, 9 - =7, +2=8 ko`rinishdagi topshiriqlar. Darchali misollarni bolalar qanday usul bilan yechadilar? Tenglamalarni kiiritshdan oldin tayyorgarlik bosqichida mashqlarning yana qanday turlaridan foydalanish foydali? Ushbu mashqlarning misollarini keltiring.
572. Namoyish material bilan individual didaktik materiallar bilan, sonlar bilan (namuna bo`yicha topshiriq) kamayuvchi, ayiriluvchi, ayirma o`rtasidagi bog`liqlikni o`quvchilarga tushuntirish uchun mashqlar tuzing. O`qitishning qanday bosqichida ayirish amalining hadlari va natijasi o`rtasidagi bog`liqlik ochiladi? «1-sinfdagi matematika» o`qituvchi uchun qo`llanmada mos darslarni toping o`zingiz ishlab chiqqan mashqlarni metodik qo`llanmada taklif qilingan mashqlar bilan taqqoslang. 573. «Ifolarning berilgan qatoridan tenglikka mos keladigan nomalumning qiymatini chiziq bilan ko`rsating». O`quvchilar bu topshiriqni nechanchi sinfda va qanday usul bilan bajarishlari mumkin?
5
40
7
4
3010
574.Tanlash usulidan foydalanib, o`quvchilar tenglamaning quyidagi turlarini yechishlari mumkin: x+3=8, 5+x=7, x-4=6, 9-x=17, Xx3=12, x:2=6. Berilgan usulning metodik ustunliklari nimada? 575. x+17=30 x-17=30 30-x=17
x=30-17 x=30+17 x=30-17
x=13 x=47 x=13
13+17=30 47-17=30 30-13=17
ko`rinishidagi tenglamalarni yechgandan keyin suhbat o`tkazildi: «Tenglamalarni taqqoslang ular nimasi bilan o`xshash? (Hamma tenglamalarda bir xil sonlar). Tenglamalar nimalar bilan farq qiladilar? (Birinchi tenglamada birinchi qo`shiluvchi noma`lum; ikkinchi tenglamada kamayuvchi noma`lum; uchunchi tenglamada ayiriluvchi noma`lum). Noma`lum qo`shiluvchi qanday topiladi? Kamayuvchi-chi? Ayriluvchi-chi?» O`qitishning qanday bosqichida bunday ishni o`tkazish foydali? Nima uchun?
576. O`qitishning qanday bosqichida o`quvchilarga quyidagi topshiriqni taklif qilish mumkin: «3,4,5,2,1 sonlar qatoridan shunday sonlarni tanlang-ki, ularni x o`rniga qo`yganda to`g`ri tenglik hosil bo`lsin: x=9, x-5=1, 7-x=2»?.