1) Doskada 23x4 ifodasi.
Darsning maqsadi – ikki xonali sonni bir xonali songa ko’paytirishni o’rganish. O’qituvchi ushbu maqsadda quyidagidan tuzilgan hisoblash usuli bilan tanishtiradi.. ikki xonali sonni xona qoshiluvchilari yigindisi korinishida tasavvur qilish va berilgan songa onliklarni va birliklarni kopaytirish va hosil bolgan natijalarni qo'shish kerak. Oqituvchi 23x4 misolida buni qanday bajarish kerakligini ozi korsatadi.
2) Doskada 3-4 ta oquvchi chiqadilar va oqituvchi bajargan misolga oxshash boshqa misollarda amallarni bajaradilar. 335. «Ikki xonali sonni bir xonali songa kopaytirish mavzusini organishning qaysi bosqichida (tushuntirish, mustahkamlash, tekshirish) oqituvchi quyida keltirilgan ishning qanday shakllarini qo'llashi mumkin?
1. «Eng yaxshi hisobchi» oyini. Natijani kim tez topadi?
18x3 26x3
8x9 7x8
17x6 16x4
23x2 36x2
2. Matematik diktant (faqat javoblari yoziladi):
16 ni 3 ga kopaytiring;
24 ni 2 martta orttiring;
birinchi ko'paytuvchi 32, ikkinchisi 3, ko'paytmani toping.
Berilgan bosqichda yana qanday shakllarini qollash mumkin?
336. «Yigindini songa bo'lish» xossasini tushuntirish uchun o'qituvchi namoyish korgazmasini individual korgazmasidan (turli rangdagi doiralar); masalani yechishdan; ifodalarning qiymatlarini topishning tayyor usullarini tahlilidan foydalanishi mumkin. 337. Quyidagi topshiriqlarni o'qituvchi qanday maqsadda qollashi mumkin:
1. Yigindi 3 ga bolinishi uchun darchaga qanday bir xonali sonni qo'shish mumkin?
( 30+ ):3
2. 35, 88, 77 sonlarini xona qoshiluvchilari yigindisi korinishini tasavvur qiling. Har bir yigindi qaysi sonlarga bolinadi? Har bir qo'shiluvchi bu sonlarga bolinadimi?
3. Ifodalarni taqqoslang:
(80+6):2 80+6
(80+6):2 80:2+6
(80+6):2 80:2+6:2
Har bir topshiriqni bajarishda o'quvchilarning mumkin bolgan fikrlarini keltiring. 338. Ikki xonali sonni bir xonali songa bo'lishni korib chiqishda, o'qitishda oquvchilar bilan qanday savollarni takrorlash kerak? Javobingizni asoslang.
339. 96:4 holi uchun hisoblash usulining asosida qanday bilim, ko'nikma va malakalar yotadi? Hisoblashlarni bajarishda o'quvchilarning fikrlarini keltiring. 340. Quyidagi mashqlarni oqituvchi qanday maqsadda berishi mumkin?
96:3 va 96:4 hollari uchun bolish usullarini taqqoslang. Ular nimasi bilan farq qiladilar? Oxshash tomonlari nimada?
Bo'linuvchini «qulay» qo'shiluvchilar yigindisi korinishida tasavvur qilish mumkin bolgan misollarni yozing. Natijani toping.
84:2 84:4 42:3
84:7 42:2 52:4
Ikki xonali sonni bir xonali songa bo'lish uchun bo'linuvchini «qulay» yoki xona qoshiluvchilari yigindisiga almashtirish kerak va yigindining har bir qo'shiluvchisini bu songa bolish kerak» qoidasini qo'llash mumkin bolgan misollarni tanlang:
36:6= 48:8= 81:9= 56:8=
36:3= 48:4= 81:3= 56:4=