O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Qalqovichli zichlik o'lchagichlar



Download 6,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/96
Sana08.07.2022
Hajmi6,2 Mb.
#757830
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   96
Bog'liq
avtomatika asoslari

Qalqovichli zichlik o'lchagichlar
Qalqovichli zichlik o'lchagichlarda tekshirilayotgan suyuqlik zichligining 
funktsiyasi hisoblangan qalqovichning cho'kish darajasi o'lchanadi. Ular qalqovichi 
qalqib turuvchi, yarim cho'ktirilgan va tekshirilayotgan suyuqlikka butunlay 
cho'ktirilgan qalqovichli ko'rinishda tayyorlanadi. 
Tekshirilayotgan suyuqlikka yarim cho'ktirilgan qalqovich tushirilganda 
Arximed qonuniga asosan, unga suyuqlikka tushirilgan jism massasiga teng bo'lgan 
itaruvchi kuch ta'sir etadi. Qalqovichning qanchalik cho'kishiga qarab, u 
cho'ktirilgan suyuqlikning hajmi va og'irligi shuncha ortadi, ya'ni itaruvchi kuch 
ko'payadi va shu paytda, qachonki bu kuch qalqovichning og'irligiga teng bo'lsa, 
muvozanatga kelgan holatdagi cho'kish chuqurligi suyuqlikning zichligiga bog'liq 


124 
bo'ladi. Cho'kish chuqurligi qancha kam bo'lsa, suyuqlikning zichligi shuncha 
yuqori, cho'kish chuqurligi qancha ko'p bo'lsa, suyuqlikning zichligi shuncha kichik 
bo'lishi kerak, chunki suyuqlikning qalqovich cho'kib turgan qismi bilan birgalikdagi 
og'irligi qalqovichning umumiy og'irligiga teng bo'lishi kerak. 
Qalqovichi butunlay cho'ktirilgan zichlik o'lchagichlarda tekshirilayotgan 
suyuqlikda qalqovichning cho'kish chuqurligi amalda doimiy bo'lsada, suyuqlik 
zichligiga proportsional bo'lgan, qalqovichga ta'sir etuvchi itaruvchi kuch o'lchanadi. 
Qalqovichli zichlik o'lchagichlar suyuqliklar, aralashmalar va quyqalarning 
zichligini aniqlashda keng qo'llaniladi. 
Laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitlarida ko'rinishli o'lchash uchun 
areometr 
deb nomlanuvchi, qalqovichi qalqib turuvchi asboblar ishlatiladi. Ular turli 
xil ko'rinishda: shishali yoki metalli bo'lishi mumkin. Areometrlar davlat standarti 
bo'yicha ikki guruhga bo'linadi: 
- suyuqlik zichligini o'lchash uchun mo'ljallangan areometrlar densimetrlar 
deyilib, ularning shkalasi zichlik birliklarida darajalangan bo'ladi; 

aralashmalarning 
kontsentratsiyasini 
o'lchash 
uchun 
mo'ljallangan 
areometrlar, ularning shkalasi og'irlik yoki hajm bo'yicha foizlarda darajalangan 
bo'ladi. 
Kimyo va oziq-ovqat sanoatida zichlikni uzluksiz o'lchashda tekshirilayotgan 
suyuqlik uchun qalqovichi doimiy cho'kib turuvchi avtomatik asboblardan 
foydalaniladi. 
Qalqovichli zichlik o'lchagichda (6.5.- rasm) kirish trubkachasi orqali 
tekshirilayotgan suyuqlik zichlik o'lchagichning o'lchash kamerasi 

ga berilib, 
chiqish trubkachasi orqali to'kiladi. Qalqovich 

shtok 

orqali tortsion trubka 

bilan sharnirli bog'langan bo'lib, uning yordamida o'lchash kamerasidan oqib 
o'tayotgan suyuqlik zichligini o'lchashda qalqovichda hosil bo'ladigan itaruvchi 
kuchni muvozanatlashtiruvchi kuch hosil qilinadi. 
Bundan tashqari tortsion trubka 

differensial - transformatorli o'zgartgich 5 
ning o'zagi bilan bog'langan bo'lib, unga to'g'ri keladigan o'lchash asbobi ulanadi. 
Ulash kamerasi davriy ravishda asosning ostki qismida o'rnatilgan to'kish jo'mragi 
orqali tozalanadi. 


125 
6.5.-rasm. Qalqovichli zichlik o’lchagichning struktura sxemasi. 

Download 6,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish