Yunus Rajabiy
(1897-1976)
o‘zbek musiqiy merosimizga nazar tashlar ekanmiz,
o‘zlarining ijro mahoratlari , murabbiyliklari bilan xalq dilidan
joy olgan san’atkorlarimiz ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi.
Ular ichida musiqa san’atimizning birinchi akademigi yunus
Rajabiyning alohida o‘rinlari borligi shak-shubhasizdir. yunus
Rajabiy sozandachilik, xonandachilik va bastakorlik san’atini
bunyodkorlaridan bo‘lib, ma’rifiy va ta’limiy faoliyat bobida
mashhurdir.
milliy mumtoz musiqa san’atining yirik namoyandasi,
taniqli bastakor yunus Rajabiy 1897-yili Toshkentda tug‘ilgan.
U avval eski usul maktabida ta’lim oladi. Eski maktabda o‘qib
yurganida musiqaga havasi uyg‘ona boshlaydi. Nay, dutor
cholg‘ularini chalib yuradi. 1916-yilda mashhur sozanda va
xonanda shorahim shoumarov bilan tanishadi. mazkur tanishuv
uning cholg‘uchilik va bastakorlik faoliyatida muhim bosqich
bo‘lib qoladi.
1919-yili Toshkentdagi Xalq konservatoriyasiga o‘qishga
kirib, milliy eholg‘u asboblari bo‘limida tahsil oladi va shu
tariqa butun hayotini musiqaga bag‘ishlaydi.
1923-yildan samarqanddagi musiqa pedagogika bilim
yurtida musiqa rahbari lavozimida ishlaydi. Keyinchalik u
samarqand davlat teatrining musiqa rahbari etib tayinlanadi.
samarqandda mashhur hofiz Hoji abdulaziz Rasulov bilan
134
tanishadi. yunus Rajabiy undan kuy, qo‘shiq, maqom va
bastakorlik sirlarini o‘rgandi. Ular bilan xalq sayllari, qishloq
va shaharlardagi to‘y marosimlarda qatnasha boshladi. Uning
ijodidan ilhomlanib, o‘zining bir necha asarlarni yaratdi.
yunus Rajabiy cholg‘uchilik repertuarini yangi asarlar
bilan boyitish uchun “shashmaqom”ni o‘rganishga jiddiy
kirishdi. 1926 yili bastakor Toshkentga qaytib kelib, havaskorlik
to‘garaklarini tashkil etishda faol qatnashadi. 1927-yili
o‘zbekiston radio qo‘mitasi qoshida milliy cholg‘u ansambli
tashkil etiladi. yunus Rajabiy shu ansamblda sozanda bo‘lib
ishlaydi, keyinchalik esa ansamblga rahbarlik qiladi. mana shu
ansambl yunus Rajabiyning bastakorlik faoliyatida muhim rol
o‘ynadi. U yuzdan ortiq ashulalar yaratdi. «Judo», «Koshki»,
«Kuygay», «Ra’nolanmasun», «muncha ham», «Hajringda»
kabi qo‘shiqlari shular jumlasidandir.
1927-yilda o‘zbekiston bastakorlar uyushmasi tashkil qilinib,
yunus Rajabiy birinchilar qatorida uyushma a’zoligiga qabul
qilinadi. yunus Rajabiyning olti jildlik «o‘zbek xalq musiqasi»
va «shashmaqom» musiqa o‘qituvchilari uchun dasturilamal
bo‘lib kelmoqda. yunus Rajabiy ustozlik qilib, Tolibjon sodiqov,
Nabi Hasanov, saidjon Kalonov, orif qosimov, Faxriddin
sodiqov kabi ko‘plab shogirdlarni tayyorladi va bu san’atkorlar
o‘zbek milliy musiqasi ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Bastakor, sozanda va xonanda yunus Rajabiyning xizmatlari
yuksak baholanib, unga o‘zbekistonda xizmat ko‘isatgan san’at
aibobi, o‘zbekiston xalq artisti unvonlari berildi. 1966-yilda
o‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, 1971-yilda
Hamza nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
135
Do'stlaringiz bilan baham: |