11-§. BALET SAN’ATI
Raqs san’ati o‘zbek va dunyo xalqlari tarixida qadimgi
san’at turlaridan sanaladi. Uning chashma ildizlari ibtidoiy
jamiyat davriga borib taqaladi. mazkur jamiyatning ilk
davrlarida inson totemistik va animizm dunyoqarashlari bilan
tabiat hodisalarining tub sabablarini tushunib yetolmay: yashin,
momaqaldiroq, bo‘ron, zilzila, quyosh, oy tutilishlari va boshqa
tabiiy ofatlami ilohiy kuch deb, ramziy obrazlar yaratdiiar. Jodu
va afsun yo‘li bilan hayvonlarga sig‘inib «pantomimo» orqali
ularga taqlid qilib o‘ynaganlar. odamlar hayvon qiyofasiga kirib
turli harakatlar bilan ilohiyatga sig‘inganlar, diniy marosimlar
otkazganlar. Zamonlar o‘tishi bilan ovchilik, chorvachilik
qatori dehqonchilik, bog‘dorchilik, hunannandchilikning
ham rivojlanishi, yangi yerli qabila, xalqlar, yangi sinflarning
maydonga kelishi, davlatlarning paydo bo‘lishi, ishlab chiqarish
kuchlarimng ko‘payishi sababli yangi diniy oqimlar paydo
bo‘lishi va insonlar jamiyati bosqichma-bosqich rivojlanishi
tufayli bir qator san’at turlari ham taraqqiy etdi.
86
asrlar davomida dunyo xaiqlarining o‘ziga xos, milliy raqs
san’ati turli yo nalishlarda rivojlandi. asrlar davomida o‘zbek
xalqining ham raqs san’ati rivoj topdi o‘zbekistonda Buxoro,
Xorazm va Farg‘ona-Toshkent raqs maktablari bunyodga
keidi. shuni aytib o‘tish joizki, o‘zbek raqs san’ati XX asrning
20-yillaiiga qadar asosan xonadon-bazmlarda ayollar davralarida
ijro etilib rivojlangan bo‘lsa, sobiq sovet davrida katta zal
sahnalarida, teatr spektakllarida keng quloch yozib rivojlandi.
yuqorida tilga olingan raqs maktablarining an’analarini XiX asr
oxiri XX asr boshlarida yashab ijod qilgan san’atkorlar Usta olim
Komilov, yusuf qiziq shakarjonov, Tamaraxonim, mukarrama
Turg‘unboyeva, Roziya Karimova, Gavhar Rahimova, Reyim
ota olloberganov, Begimxon Komilova, To‘ychi inog‘omov va
boshqalar o‘nlab raqs ustalari kelgusi avlodga yetkazib berdilar.
o‘zbekistonda raqs san’atini rivojlantirish uchun 1928-
yili Samarqand davlat musiqa va xoreografiya ilmiy-tadqiqot
instituti ochildi. mazkur institut 1932-ylli Toshkentga
ko‘chirilganidan so‘ng, institutdan xoreografiya bo‘limi ajralib
chiqdi. shu bo‘lim asosida 1933-yili o‘zbekiston xalq artisti
Tamaraxonim tashabbusi bilan Toshkentda xoreografiya
maktabi tashkil topdi. Ushbu maktab o‘zbekiston Respublikasi
hokimiyatining 1947-yil 11-dekabrdagi qaroriga asosan,
Toshkent davlat xoreografiya bilim yurtiga aylantirildi. Ushbu
bilim yurti 1957-yildan boshlab Toshkent davlat milliy raqs va
xoreografiya oliy maktabi deb ataldi. Ushbu xoreografiya o‘quv
dargohi yillar davomida yetarli darajada yuqori malakali raqqos
va raqqosalarni yetkazib bermoqda, ular o‘zbek milliy raqs va
yevropa uslubidagi xoreografiya san’atini rivojlantirmoqdalar,
dunyoga tanitmoqdalar.
Balet (lot. Ballo - raqsga tushaman) - asar mazmunini
musiqiy xoreografik obrazlar vositasi bilan ifodalanadigan
sahna san’ati turi bo‘lib, o‘zida san’atning dramaturgiya, musiqa,
87
xoreografiya, tasviriy san’at kabi turlarini uyg‘unlashtiradi, bu
san’at turlarining hammasi alohida-alohida mayjud bo‘lmay,
baletning sintez markazi bo‘lgan xoreografiyaga bo‘ysunadi.
Balet librettochi, kompozitor, baletmeyster va rassom
hamkorligida yaratiladi. Baletning dramaturgik asosi librettodan
boshlanib, unda asarning asosiy mazmuni, g‘oya, ziddiyat va
xarakterlari aniq belgilanadi. libretto “ko‘pincha” adabiy
asarga asoslanib, uni musiqa va xoreografiyada gavdalantirish
imkoniyati hisobga olinadi: ssenariy asosida esa kompozitor
balet musiqasini yaratadi. Uning izchilligi, sahna ko‘rinishi,
parda va pomerlarga bo‘linishi ssenariyda ko‘rsatiladi. musiqa
faqat ssenariyni ifodalabgina qolmay, balki musiqali obrazlarning
mazmuni bilan uni boyitadi. Balet musiqasi xoreografiyani
yaratish uchun asos bo‘iib xizmat qiladi. Balet - musiqada
yozilgan, xoreografiyada gavdalantirilgan drama.
30-yillarda o‘zbek musiqali teatri rivojlanishi bilan bir
vaqtda balet san’ati ham yuzaga keldi. «Paxta» nomli birinchi
o‘zbek baleti 1933-yili musiqali teatrda sahna yuzini ko‘rdi.
Kompozitor m.Roslavets yozgan bu balet tez orada sahnadan
tushib ketdi. Buning sababi baletni adabiy mazmuni sayozligi
va musiqiy dramaturgiyasining bo‘shligida edi. Birinchi tajriba
muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan bo‘lsada, lekin tarixiy iz
qoldirdi.
o‘zbekiston davlat opera va balet teatri jamoasi 1939-yilda
kompozitor F.Talning «shohida» (ya.yusupov va a.Bender
librettosi) nomli ikkinchi o‘zbek baletini tomoshabinlarga
havola qildi. mazkur baletning mazmuni davr taqozosi bilan ikki
yosh shoqida va Botir taqdirlari 20-30-yillarda o‘zbekistonda
kolxoz tuzish davrida sodir bo‘lgan sinfiy kurash voqealari bilan
bog‘langan. Baletning mazmuni va musiqiy dramaturgiyasida
ayrim kamchiliklar bo‘lishiga qaramasdan u sahnada bir necha yil
88
umr ko‘rdi. 1940-yili opera va balet teatr jamoasi kompozitorlar
E. Brusilovskiyning «Gulandom» nomli baletini tomoshabinlarga
havola qildi. mazkur baletni bunyodga kelishi to‘g‘risida
Tamaraxonim shunday hikoya qiladi: “1935-yili m.qoriyoqubov
rahbarligida Xorazmga bordik, xalqqa tomoshalar ko‘rsatdik.
Xorazm xalq musiqa va raqs san’atlari bilan yaqindan tanishdik,
maftun bo‘Jdik. ansamblimizning musiqa rahbari bastakor va
sozanda P. Rahimov bilan biigalikda ko‘p narsalanii o‘rgandik
va shu paytda eshitgan musiqalar asosida balet yozish g‘oyasi
tug‘ildi. Ushbu g‘oyani amalda joriy etish niyatida «Gulandorn»
baletining librettosi ustida shoir a. Uyg‘im, ml yankovskiy
bilan birgalikda 1939-уil ishladik. P.Rahimov esa Xorazm xalq
musiqalarini va o‘zi bastalagan kiiylarni E, Brusilovskiyga
berdi. U balet partiturasini me’yoriga yetkazdi. Va 1940-yil
3-mart kuni «Gulandorn» nomli baletni tomashabinlaiga havola
qildik. Ushbu baletni men baletmeyster i. arbatov, rassom meli
musayeviar bilan hamkorlikda sahnalashtirdi.
«Gulandom» baleti «shohida» ga qaraganda ancha
mukammal yaratilgan bo‘iib, o‘n yil davomida teatr
repertuaridan o‘rin oldi. Bu vaqt ichida balet uch marta
-1940,1946,1951-yillarda qayta-qayta sahnalashtirildi.
ikkinchi jahon urushi avjiga chiqqan bir paytda, 1943-yil
7-noyabr kuni o‘zbek opera va balet teatri jamoasi kompozitorlar
s.N.Vasilerkoning «oq bilak» (asmirnov librettosi) nomli
to‘rtinchi o‘zbek baletini tomoshabiniar hukmiga havola
qildl Zikr qilingan “Paxta”, “shohida” va “Gulandorn
55
baletlari ijtimoiy-siyosiy mavzularda yozilgan bo‘lsa, «oq
bilak» o‘zbek xalq ertaklari asosida yozilgan. Baletning asosiy
qahramonlari bo‘lmish ikki sevishganlar Timur va go‘zal
oqbilaklarning taqdirlari afsunkor jodu, yovuz ozodachehraning
sehrgarliklari tufayli ular turli voqealarni boshdan kechiradilar,
89
turli yovuzliklarga duch kelishadi. semurg‘ qushning yordami
bilan bir-birlarini topishib, murod-u maqsadlariga yetadilar.
spektaklning musiqasi o‘zbek xalq musiqa merosi asosida
yozilgan bo‘lsa-da, kompozitorlar sehrlangan jiddiy voqealarni
ustalik bilan, sharq koloritini uyg‘unlashtirgan holda ifodalay
olgan. Baletning musiqiy dramaturgiyasi yuqorida qayd qilingan
baletlarga nisbatan ancha qiziqarli va mukammal yaratilganligi
sababli sahnada uzoq umr ko‘rdi.
o‘zbekistonda balet san’ati, asosan XX asrning 40-yillarini
ikkinchi yarmidan ravnaq topa boshladi. 1945-75-yillarda
o‘zbek teatri uch asosiy janr-musiqali drama, opera va balet
janrlarida rivojlanib bordi. 50-yillarda balet janrida epik qissalar
tavsifi ustunlik qilgan bo‘lsa, 60-70-yillarda yaratilgan asarlarda
ko‘pincha, fojiali syujetlami ifodalashga intilish seziladi.
dastlabki partituralar o‘zida folklor materialini syuita usulida
mujassamlashtirgan bo‘lsa, 60-70-yillarga mansub asarlarda
folklor manbalarini erkinroq talqin etishga va voqeani musiqali
sahna ifodasida zamonaviy usullaiga asoslanib, spektaklning
musiqa dramaturgiyasi yaxlitligiga erishildi.
Urushdan keyingi yillarda respublikainizning musiqiy
hayotida ulkan o‘zgarishlar va ijodiy yutuqlar yuz bera
boshladi. atoqli bastakorlar va turli san’at ustalaiining davrasiga
birin-ketin iste’dodli, yuqori malakali milliy kompozitorlar
yozuvchi dramaturg, dirijorlar, rejissorlar kirib keldilar. o‘zbek
balet san’ati 50-90-yillarda kompozitorlardan: m.leviyev,
d.Zokirov, m.ashrafiy, G. mushel, B.Giyenko, i.akbarov,
U.musayev, a.Kozlovskiy, s.yudakov, RVildanov va boshqalar,
baletmeysterlaidan: V.Gubskaya, E.Baravnovskiy, i.yusupov,
G.izmailova, dirijyorlardan: m.ashrafiy, F.shamsiddinov,
B.inoyatov, d.abdurahmonova, iaqqoslardan: R.Tangurlev,
i.yusupov, a.mo‘minov, s.Burxonov va boshqalar hamda
90
raqqosalardan: G.izmailova, B.qoriyeva, s.Tanburleva, X.
Komilova, R. murodova kabi juda ko‘p balet mutaxassislarining
faol ijodiyoti tufayli rivoj topdi.
shuni aytib o‘tish joizki, XX asraing 30-40-yillarning
yuqorida qayd etilgan baletlarning musiqalari asosan an’anaviy
o‘zbek musiqa merosiga mukammal ravishda tayangan holda
rus kompozitorlari tomonidan, ularni yevropa ko‘p ovozli
musiqa vosita uslublari bilan payvasta holda yozgan bo‘lsalar,
50-90-yillarda esa o‘zbek va rus kompozitorlari o‘zbek musiqa
merosiga murojaat qilsalar-da, lekin asosan mustaqil ravishda
original balet musiqalarini yaratdilar.
Urushdan keyingi davr balet san’atida G.mushelning
«Raqqosa» baleti (1952-yil E.Baronovskiy librettosi) katta
ahamiyatga molikdir. Baletda yoshlarning «katta» san’atga
chiqishi, sahnaga intilishiga katta yoshli avlodning e’firoz
bilan qarashi asos qЩb olingan. Asar markazida dastlab
qishloq havaskorlik to‘garagining eng yaxshi raqqosasi, so‘ng
xoreografiya bilim yurtining talabasi Gulnora obrazi turadi.
Uning intilishlariga otasi qarshi chiqadi. lekin bu qaishilik
osonlikcha yechilib, voqelikka hikoya xarakterini baxsh etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |