2-ko‘rinish
Hojining shahardagi uyi Nurxon uy qamog‘ida. Hojining
singlisi makkor Xolchaxon va uning qizi Nozik Nurxonga
ko‘z-quloq bo‘lib turadilar. Hoji xotini Kimyoxonga to‘yga
tayyorgarlik ko‘rishni aytadi, Kimyoxon yalinib-yolvorib: “yosh
qizimizni sarkorga turmushga bermaylik”,- deydi. Biroq Hoji
allaqochon bir qarorga kelgan, u xotiniga do‘q qiladi. Kimyoxon
nima qilishini bilmay, Xuzurxo‘jadan tezda Haydarga xabar
berishini iltimos qiladi.
3-ko’rinish
Hojining hovlisida to‘y. Kuyov sarkor o‘z do‘stlari bilan
to‘yxonaga kirib keladi. Haydar, Norqo‘zi va ularning do‘stlari
ham kelishadi. Ular to‘yni buzib, Nurxonni qutqazishadi va
uning xohishi bilan olib ketadilar.
4-ko‘rinish
samarqand teatri. Bu dargohda Nurxon va Haydarni yangi
hayoti boshlangan. Ular musiqa sirlarini o‘rganib, san’atkor
bo‘lib yetishadilar. yillar otadi. Teatrda konsert dasturini
tayyorlash vaqtida Nurxonning akasi mamat keladi va otasining
buyrug‘ini bajarishga kirishadi. mamat singlisi bilan hol-ahvol
so‘rashib, ularni yaqin orada Farg‘onaga gastrolga borishlarini
bilib oladi va o‘zining yovuz niyatidan qaytadi.
5-ko’rinish
Hojining uyida Farg‘onaga gastrolga kelgan Nurxon va uning
dugonalariga ziyofat berishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Hoji
tilyog‘lamalik qilib, Kimyoxondan so‘raydi: ”Xursandmisiz,
o‘rgilay xotiri ”Keyin Hoji, Xolchaxon va mamat uchrashib,
”Niyatimizga yelishishimiz uchun hamma narsa tayyormi? ”,
deb so‘raydi va o‘g‘li mamatga ”ishonganim sen ’ deb chiqib
ketadi. Nozik mehmonlarni aytib keladi. Nurxon va uning
dugonalari kirib keladi va qizg‘in ziyofat boshlanadi. Bir oz
69
vaqt o‘tganidan so‘ng, Xolchaxon Nurxonga akasi u bilan
ko‘rishmoqchi ekanligini aytadi. akasi mamat Nurxonga ”bu
yo‘lingdan qayt” deb murojaat qiladi. Nurxon esa ”qafasdan
uchib chiqib ketgan qush yana qaytib kirmaydf’deb javob beradi.
mamat vahshiylarcha singlisini pichoqlab o‘ldiradi. Xalq qatl
qilganlarga la’natlar aytadi.
spektakida ishtirok etuvchi asosiy qahramonlar o‘ziga xos
musiqali «portretlar» ga ega. Ular orasida, ayniqsa, Nurxon
obraziga katta e’tibor berilgan. Uning qo‘shiqlari qahramonning
turli psixologik holatlarini ifodalaydi. yakka qo‘shiq va
ariyalardan tashqari uning Haydar bilan dueti, ayollar xori
bilan biiga ijro etiladigan qo‘shiqlari ham bor. Uning «assalom,
esonmisiz dono yigit» qo‘shig‘i yorqin xarakterda yozilgan
bo‘lib, jonli suratda, sakrama harakatda davom etadi:
Bu qo‘shiqqa qarama-qarshi xarakterda yozilgan «Ey,
sado» ariyasi Nurxonning qayg‘u-jafolar bilan to‘lib toshgan
yurak sadosini izhor etadi. Bu ariyada Nurxon otasining uni
qariya sarkorga turmushga bermoqchi bo‘lganidan noroziligini
kuylaydi. Ushbu ariya oqangi jihatidan o‘zbek xalq qo‘shig‘i
«qora sochim» ga yaqin:
70
Umuman, Nurxon obrazi asarning boshidan oxirigacha
muttasil rivojlanib, mukammal bir tizimga bog‘lanib turadi.
asarda Nurxonning onasi-Kimyoxola obrazining qo‘shiq
ariyalarida mazlum ayol qiyofasi ifodalanadi. Bu qiyofa lad-
intonatsion munosabatda ham seziladi. Kimyoxola obrazining
deyarli barcha ariyalari frigiy ladida yozilgan:
71
Kimyo armiyasi
yosh bog‘bon Haydarning musiqali tavsifi esa asosan
ishqiy yo‘nalishda lirik ashulalar sadosida namoyish etadi.
lekin «qo‘rqma otangning qahridan» nomli duetida va Hoji
bilan bo‘lgan uchrashuvida uning qahramonona xislati namoyon
bo‘ladi. Bu ijodiy qahramonlarga Hoji va uning singlisi
72
Xolchaxon qarama-qarshi qo‘yilgan. Xo‘ja obrazida vokal
Do'stlaringiz bilan baham: |