O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 4,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/179
Sana02.06.2022
Hajmi4,01 Mb.
#630364
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   179
Bog'liq
fayl 1044 20210522

 
Mavzu bayoni: 
 
Reja:
О‘pka yurak va miya reanimatsiyasi 
Reja: 
1. О‘pka-yurak va miya reanimatsiyasi 
2. О‘pkani sun’iy nafas oldirish 
3. Yurakning ichki massaji 
1985 yil zamonaviy о‘pka-yurak reanimatsiyasi о‘zining 25 yilligini nishonladi. 50-yillargacha 
shoshilinch reanimatsion yordam atigi bir necha xolatlardagina effektiv bо‘lgan. Zamonaviy 
nafas reanimatologiyasi endigina, 60-yillarda kon aylanishning reanimatsiyasi, serebral 
reanimatsiya esa 70-yillarda rivojlana boshladi. Sirkulyator shokda zamonaviy infuzion terapiya 
30-yillardanok boshlangan. 61-yillarda Amerikalik olim Pitsburg universitetning professori 
Peter Safar ingliz alifbosiga asoslanib, reanimatsion chora-tadbirlarni boskichma-boskich kilish 
usulini taklif kilgan.
Peter Safar о‘pka-yurak va miya reanimatsiyasi jarayonini о‘rganishda kulay bо‘lishi 
maksadida 3 boskichni farkladi. 
I-xayotni elementar ushlab turish (elementarnoye podderjaniye jizni). 
II- xayotni keyinchalik ushlab turish (dalneysheye podderjaniye jizni). 
III- xayotni davomli ushlab turish (prodoljitelnoye podderjaniye jizni). 
О‘z navbatida xar bir boskich 3 ta davrga bо‘linadi. 
I boskich – xayotni elementar ushlab turish tezkor oksigenatsiya о‘tkazishni о‘zida 
mujassamlashtiradi va kuyidagi davrlardan iborat: 


79 
A-airways (xavo) – nafas yо‘llari о‘tkazuvchanligini tiklash. 
V-breathing (nafas berish) – о‘pkani shoshilinch sun’iy nafas oldirish va oksigenatsiY. 
S-circulation (aylanish) – kon aylanishni ushlab turish, ya’ni kon aylanishi tо‘xtashini 
diagnostikasi va shok xolatidagi bemorni о‘ziga xos xolatda saklash, kon ketishni tо‘xtatish va 
yurakni tashki massaj kilish yо‘li bilan sun’iy kon aylanishini xosil kilish.
II boskich – xayotni keyinchalik ushlab turish, ya’ni sun’iy kon aylanishni tiklash va tо‘kimaga 
kislorodning adekvat transporti va gemodinamikani normallashtirgan xolda nafas olish va kon 
aylanish kursatkichlarini stabillashni о‘z ichiga oladi. U kuyidagi davrlardan iborat: 
D-drugs (dori-darmon) – medikamentoz vositalar va suyukliklarni vena ichiga kiritish. 
E-EKG – elektrokardiografiY.
F-fibrillation (fibrillyatsiya) – yurak korinchalari fibrillyatsiyasini yо‘kotish, odatda elektrik 
kontrshok yordamida amalga oshiriladi. 
III boskich – xayotni davomli ushlab turish – miya faoliyatini tiklashga karatilgan 
postreanimatsion intensiv terapiyani о‘zida mujassamlashtiradi va kuyidagi davrlarni о‘z ichiga 
oladi: 
J-jug – bemorning axvolini, ya’ni yurak tо‘xtashining sababini aniklash va uni bartaraf etish 
xamda xayotini saklab kolish extimolligini baxolash. 
H-hypothermia - miya faoliyatini tiklash maksadida yangi chora-tadbirlar yordamida normal 
fikrlashni tiklash. 
I-intensiv therapia-postreanimatsion davrda boshka a’zo va tizimlarning faoliyatini tiklashga 
yо‘naltirilgan intensiv terapiY. 
Endi xar bir boskich va davrlarni aloxida kо‘rib chikamiz: 
I -boskich. 
A-davr, nafas yо‘llarini nazorat kilish. 
Nafas yо‘llari о‘tkazuvchanligini tezkor usulda tiklash borgan sari zamonaviylashmokda. Nafas 
yо‘llarini tiklash chora-tadbirlari avvalambor xushsiz bо‘lgan bemorlarga mо‘ljallangan, 
kaysiki ularni davolash tezkor ketma-ketlikda obturatsiya bartaraf bо‘lguncha olib boriladi. 
1963 yil koronar kafe-sindrom aniklangan: ovkat vaktida kо‘p gapiradigan kishilarda tо‘satdan 
о‘lim «vnezapnaya smert» aniklangan, ularning kо‘pchiligining murdasini yorib kо‘rilganda 
yukori nafas yо‘llarini ovkat koldiklari bilan obstruksiyasi aniklangan. H. J. Heimlich 
ma’lumotlariga kо‘ra, uning usulidagi diafragmani keskin kranial siljishi, о‘rtacha о‘pka ichi 
bosimi 4,13 kPa ( 31 mm sim. ust.) ni xosil kiladi. Agar bu usul nafas chikarishning oxirida 
kilinsa, nafas yо‘llaridan kо‘shimcha 0,35 l, agar nafas chikarishning boshida bо‘lsa 0,94 l 
xavo, shuningdek yot jism,avtorning aytishicha, shampan idishidan kopkogi otilgandek chikadi. 
I. S. Redding (1979) fikricha, bu usulning effektivligi bо‘rttirilgan va statistik jixatdan 
isbotlanmagan. Yot jismlarni barmok va asbob-uskunalar yordamida sо‘rish yoki olib 
tashlashning effektivligi xam kam emas. 
Nafas yо‘llari uchlik uslubi (boshni orkaga egish, ogizni ochish, pastki jagni oldinga siljitish). 
Yukori nafas yо‘llarini kо‘l bilan tozalash. Yot jism bilan obturatsiya bо‘lganda yelkadan urish, 
korinni kompressiyasi. Yukori nafas yо‘llarini sо‘rgich - «otsos» yordamida tozalash. Xavo 
о‘tkazgichlar «vozduxovod» ni kirgizish. Kizilо‘ngach obturatori - xavo о‘tkazgichini kiritish. 
Traxeyani intubatsiya kilish. Intubatsiyani boshka usullar bilan almashtirish mumkin, ularga 
krikotirotomiya, xalkum orkali kislorodni injeksion insufflyatsiya kilish. Shuningdek 
shoshilinch xolatlarda yukori nafas yо‘llari-traxeotomiya, bronxoskopiya, bronxodilatatsiya va 
plevra bо‘shligini drenajlash kerak. 
О‘pkani sun’iy nafas oldirish 
V-davr. О‘pkani sun’iy nafas oldirish. Xammaga ma’lumki, soglom odam chikarayotgan nafas 
tarkibida 16-18% kislorod bо‘lib, bu о‘z navbatida shikastlanganlarda konikarli gaz 
almashinuvini ta’minlaydi. Shuning uchun kritik xolatlarda SNO 1 minutiga 12 marta, 
chakaloklarga ogizdan - ogiz va burunga 1 minutiga 20 marta chastota bilan SNO beriladi. 
Estetik va gigiyenik jixatdan yukorida aytib о‘tilgan usullarni doka yoki dastrо‘mol orkali 
о‘tkaziladi. Shu maksadda reanimatsiya uchun vositalar arsenalida T- yoki S- simon naylar, 


80 
nafas xaltasi, “Ambu” tipidagi xalta, laringoskop bilan endotraxeal naylar mavjud. 
S-davr.Circulation (aylanish) – bu atama kon aylanishni va yurak faoliyatini tiklash ma’nosini 
anglatadi. Yurakni tо‘xtashi birlamchi yoki ikki lamchi xarakterda bо‘lishi mumkin. 
Korinchalar fibrillyatsiyasi (yoki asistoliya) kelib chikishida birlamchi xarakterda kо‘pincha 
yurak kasalliklari,dori vositalarini kiritish, chakmok yoki elektr tokining urishi sababchi 
bо‘ladi. Yurakning tо‘xtashini ikkilamchi xarakteri odatda asfiksiya yoki kon ketishi bilan 
boglik. 
Yurakning tashki massaji. Yurak massaji yordamida kon aylanishini tiklashga urinish XIX 
asrning о‘rtalarida bajarila boshlagan. Yurakning birinchi samarali massaji XX asrning boshida 
xloroform bilan zaxarlangan bemorning yuragi tо‘xtaganda bajarilgan.Bu usulning moxiyati 
yurakni tо‘sh suyagi va umurtkalar orasida yurakni kisish natijasida katta va kichik kon 
aylanish doiralarining yirik kon tomirlariga konni xaydashga asoslangan. Bunda tо‘sh suyagini 
pastki va о‘rta uchliklari orasidagi nuktaga bosiladi, kattalarda ikki kaft bilan, bolalarda bitta 
kaft, chakaloklarda ikki barmok bilan bosiladi. Xarakatlar soni 60-80 ta, kichik bolalarda 120-
100 tagacha bо‘lishi kerak. 
Yurakning ichki massaji 
Yurakning ichki massaji kuyidagi xolatlarda bajariladi: a) agar kо‘krak kafasi ochik bо‘lsa 
(operatsiya vaktida), b) yurak tamponadasi, plevra ichiga kon ketganda yoki pnevmotoraks 
bо‘lganda, v) agar kо‘krak kafasining keskin rivojlangan rigidligi yoki umurtka pogonasi va 
kо‘krak kafasi patologiyasi natijasida yurakning bilvosita massaji noeffektiv bо‘lganda, g) 
gipotermiya xolatida bо‘lgan bemorlarda defibrillyatsiyaning ketma-ket urinishlari natijasiz 
bо‘lib, yurakni isitish kerak bо‘lganda. 
Yurakni tashki massajini SNO bilan birga olib boriladi, bunda agar bitta reanimator bо‘lsa 1:15 
nisbatda, ikkita reanimator bо‘lganda 1:5 nisbatda kilinadi. 
Drags-dori-darmon. Yukorida keltirilgan davrlar kasalxonadan tashkarida kilinsada. Bundan 
keyingi davrlar shifoxonada yoki statsionarda amalga oshirilishi kerak. Keyingi davrlarda 
miyaning va boshka muxim a’zolarning gipoksik shikastlanishini oldini olish maksadida 
mustakil kon aylanishni tiklash kerak. Buning uchun konga xar xil dorilar va suyukliklarni 
kiritish lozim.
Bunda kuyidagi kiritish yо‘llaridan foydalaniladi: 
a) periferik venalarga kiritish. 
b) о‘pka ichiga kiritish-ayrim medikamentoz preparatlarni venaga kiritib bо‘lmaganda 
traxeyaga kiritiladi. Bu usulda kiritilgan dori preparatlari alveolalar orkali, asosan intubatsion 
nayga kiritilgan aspiratsion kateter orkali traxeobronxeal daraxtga preparatni inyeksiya 
kilinganda tez sо‘riladi. Bu preparatlarni eslab kolish uchun: 
ALKA : atropin, lidokain, kislorod, adrenalin. 
LADAN : lidokain, adrenalin, diazepam (talvasalarda), atropin, naloksan (narkotik moddalarni 
kо‘p mikdor kabul kilganda). 
Yukoridagi dorilar traxeal nay orkali 1-2 martalik vena ichi dozasi 10 ml sterillangan suvda 
eritib yuboriladi. Ammo natriy gidrokarbonat alveola va bronxlarning shillik kavatini 
shikastlashi xavfi bо‘lgani uchun traxeya ichiga kiritilmaydi. 
v) yurak ichiga kiritish-о‘pka-yurak reanimatsiyasini о‘tkazishda, kо‘krak kafasi ochik 
bо‘lmaganda, dori vositalarini kо‘r-kо‘rona yurakka kirgizish tavsiya kilinmaydi, chunki bunda 
pnevmotoraks, koronar arteriyaning shikastlanishi va yurak massajini tо‘xtatish xavfi 
rivojlanadi.Bundan tashkari agar preparatlar yurak bо‘shligiga emas, balki mushagiga tushsa, 
kuchli aritmiya sababli yurakning spontan kiskarishlarini tiklashga xalakit beradi.Adrenalinni 
yurak ichiga kiritish, vena ichiga yoki о‘pka ichiga kiritish iloji bо‘lmagandagina ruxsat etiladi. 
Uzun ingichka igna (masalan.№ 22) orkali V kovurga oraligiga parasternal nuktaga kiritiladi. 
Shprits orkali yurak bо‘shligidan kon erkin tortilgandagina preparatni kiritish kerak. Yurakning 
ochik massajida dori preparatlarini chap korincha bо‘shligiga kiritish xavfsiz va effektivdir. 
Odatda vena ichiga kiritiladigan dozaning yarmi kо‘llaniladi(adrenalin, kalsiy xlorid, 


81 
antiaritmik vositalar). Natriy gidrokarbonatni yurak bо‘shligiga kiritish mumkin emas. 
g) mushak ichiga kiritish – tezkor reanimatsiyada mushak ichiga kiritish tavsiya etilmaydi. 
Periferik adekvat kon aylanishi sharoitida vena ichiga kiritish iloji bо‘lmaganda, mushak 
orasiga ritm buzilishi profilaktikasi uchun lidokain (300 mg) va atropin (2 mg) kabi preparatlar 
kо‘llaniladi. 
d) til ildiziga – bu usulda iyakni bо‘yinga о‘tishi joyidan ignani kadab, ichkariga 2 sm kiritib 
dorini yuborish darkor. 
ye) markaziy venalar orkali kiritish. 
j) о‘pka arteriyasini kateterizatsiyasi. 
z) bilak arteriyasini kateterizatsiyasi. 
i) son arteriyasini kateterizatsiyasi. 
Xozir asosiy preparatlar va ularning dozalari ustida tо‘xtalib о‘tamiz: 
♣ adrenalin: optimal dozasi karor topmagan, biz kuyidagicha tavsiya etamiz: 
- avvalambor adrenalinning standart dozasi kо‘llaniladi ( 1 mg vena
ichiga bir laxzada). 
- birinchi dozadan effekt bо‘lmaganda 3-5 min. dan shu dozada bir laxzada kiritiladi, sо‘ngra 
zudlik bilan yukori dozagacha oshiriladi (v/i ga bir laxzada 3,5 dan 10-15 mg gacha) yoki 
ushlab turuvchi infuziyaga о‘tish (100-200 mkg/min dan boshlab, effektiga erishguncha 
oshirish) kerak. 
- agar vena tomiriga kirish iloji bо‘lmasa kiritishning endotraxeal usulini kо‘llash (dozasi 2-2,5 
mg). 
- adrenalinni standart dozalarda infuziyasi:
♠ 1mg adrenalinni (1 ml 1:1000 nisbatda yoki 10 ml 1:10000 nisbatda yoki 10 ml 1:10000 
nisbatda bо‘lganda) 5% li 250 ml glyukozada eritish. 
♠ 1-2 mkg/min (15-30 ml/soat) dan boshlab. 2-10 mkg/min gacha olib
borish. 
- katta dozalarda adrenalinning infuziyasi: 
♠ 50 mg adrenalin (50 ml 1:1000 nisbatdagi eritma) 5% li 250 ml glyukozada eritish 
♠ 30-60 ml/soat (100-200 mkg/min) tezlikda boshlab, zarur bо‘lganda
oshirish kerak. 
♣ atropin- 0,5-1,0 mg vena ichiga zarur bо‘lganda xar 3-5 min.da umumiy dozagacha 0,04 
mg/kg (yoki 2-3 mg) takrorlanadi. Ancha yukori dozalari (bir martalik dozasi 1 mg) anch ogir 
bradikardiyada, shuningdek asistoliyada kо‘llaniladi. 
♣ natriy bikarbonat- empirik dozasi- 50-100 mekv (kon aylanishi tо‘xtagandan 5-10 minutdan 
keyin kiritiladi). Kо‘pchilikni aytishicha, natriy bikarbonatni kon aylanishning tо‘xtashida 
kо‘llanilmaydi. Kon aylanishi tо‘xtaganda atsidozni korreksiyalash uchun SNO о‘tkazish 
maksadga muvofik. 
♣ natriy gidrokarbonat – atsidoz rivojlanmagan yurak tо‘xtashi bо‘lishi mumkin emas, shuning 
uchun xar kanday reanimatsiyada natriy gidrokarbonat kо‘llash kerak. Uni kislota ishkor 
xolatini tekshirish natijalariga kо‘ra dozalash kerak, agar buning iloji bо‘lmasa boshlangich 
doza 1 mmol/kg tavsiya etiladi. Sо‘ngra kon aylanishi tiklanguncha xar 10 minutda 0,5 
mmol/kg yuboriladi.
♣ lidokain: korinchalar fibrillyatsiyasida avvalambor 1,5 mg/kg (odatda 75-100 mg) bir laxzada 
kiritiladi. Agar korinchalar fibrillyatsiyasi saklanib tursa, shu dozada lidokainni takroran kiritish 
mumkin, boshka usullar (bretiliy, magneziy sulfat) ni kо‘llash yaxshirok bо‘lardi. 
- korinchalar ekstrasistoliyasi yoki korinchalar taxikardiyasida boshlangich doza 50-100 mg(1-
1,5 mg/kg gacha), kiritish tezligi 2 mg/min. Zarur bо‘lganda xar 5-10 minutda 50-75 mg vena 
ichiga bir laxzada (umumiy doza 3 mg/kg yoki 225 mg gacha). 
- vena ichi infuziyasi. 1 g ni 5% li 250 ml glyukozada eritish, 30 ml/soat (2 mg/min) dan 
boshlash; infuziya tezligini 1-4 mg/min da tadbik kilish. 
♣ SaSl - 0,5-1,0 g vena ichiga sekin (5-10 min davomida). 
♣ kislorod - konsentratsiyasi 100 % gacha. Shoshilinch xolatda xar doim zarur. 


82 
Shuningdek, kuyida shoshilinch tibbiy yordamda ishlatiladigan dori-darmonlar rо‘yxati 
keltirilgan: 
1. Kon tomirlarni kengaytiruvchilar: 
a) noradrenalin; 
b) metaraminol. 
2. Inotrop vositalar: 
a) dopamin
b) dobutamin 
v) izadrin (izoprterenol) 
g) kalsiy xlorid. 
3. Kalsiy kanalining blokatorlari: 
a) verapamil yoki diltiazem 
b) nifidipin yoki nimodipin 
v) lidoflazin. 
4. Lidokain, prokainamid, bretilium. 
5. Anaprilin (propranolol). 
6. Atropin. 
7. Nitroprussid, nitroglitserin. 
8. Morfin yoki meperdin (demerol, petidin). 
9. Furosemid va xokazo. 
YE davr. Elektrokardiografik diagnostika (aritmiyalari aniklash va davolash). 
О‘pka - yurak reanimatsiyasining A, V, S davrlarii о‘tkazgandan sо‘ng iloji boricha zudlik 
bilan EKG kilish kerak, bundan maksad kuyidagilarni bir- biridan differensial diagnostika kilish 
kerak: 1) korinchalar fibrillyatsiyasi (yoki korinchalar taxikardiyasi); 2) elektrik asistoliya va 3) 
elektromexanik dissotsiatsiya deb nomlanuvchi EKG dagi atipik komplekslar bilan pulsning 
bо‘lmasligi (mexanik asistoliya). Bu davrda bemor doimiy EKG monitoring kuzatuvi ostida 
bо‘lishi kerak. 
Fibrillation (fibrillyatsiya)-korinchalar fibrillyatsiyasini yо‘kotish maksadida doimiy yoki 
uzlukli tokli elektrik defibrillyatorlar kо‘llaniladi,chunki mustakil defibrillyatsiya kamdan-kam 
xolatda yuzaga kelishi mumkin. 
Tashki defibrillyatsion о‘tkazish uchun disk shakliga ega bо‘lgan elektrod bemorning chap 
kuragi ostiga kuyiladi, ikkinchi izolyatsiyalangan dastalisini esa kо‘krak kafasining yurak 
soxasiga bosilib, tokka ulanadi. Shuningdek izolyatsiyalangan dastali ikkita bir xil elektrodlar 
xam kо‘llaniladi. Bu xolatda elektrodlarning biri kо‘krak kafasining old yuzasida tо‘sh suyagi 
dastasi ustiga, ikkinchisi esa – yurak chо‘kkisi soxasiga kuyiladi. Elektrodlar maxsus elektr 
о‘tkazuvchi pasta yoki natriy xloridning izotonik eritmasiga namlangan bir necha kavat doka 
bilan о‘ralgan bо‘lishi kerak. Kuyishlarning oldini olish va yaxshi kontakt uchun elektrodlar 
bemorning tanasiga, ochik defibrillyatsiya xolatida esa yurakka zich yopishgan bо‘lishi kerak. 
Defibrillyatsiya vaktida atrofdagilar bemorga yoki operatsion stolga tegmasligi kerak. Agar 
korinchalar fibrillyatsiyasi paydo bо‘lganligi kayd kilingan bо‘lsa, uni boshlanganidan sо‘ng 
30-60 sekund davomida defibrillyatsiya kilish mumkin. Agar fibrillyatsiyaning boshlanish vakti 
kayd kilinmagan bо‘lsa, о‘pka-yurak reanimatsiyasidan sо‘ng 2 minut о‘tgach defibrillyatsiya 
kilinishi kerak. Agar defibrillyatsiyaning birinchi urinishi samarasiz bо‘lsa, ikkinchisi yaxshi 
yirik tо‘lkinli defibrillyatsiya sharoitidagina kuchlanishni 10-15 % ga oshirib kilinadi. Aks 
xolda adrenalin va natriy gidrokarbonat kiritib, yurak tashki massaji va SNO yirik tо‘lkinli xosil 
bо‘lguncha davom ettiriladi, shundan sо‘nggina defibrillyatsiya kilinadi. Agar bu xolatda 
samarali defibrillyatsiya bо‘lmasa, vena ichiga lidokain (1 mg/kg) kilinadi, zarur bо‘lganda 
takrorlanadi. 
Mustaxkam fibrillyatsiyada tez-tez seriyali, birin-ketin defibrillyatsiya, defibrillyatorning kayta 
zaryadlanish davrida yurak massaji bilan birga kilinadi.
III boskich. Xayotni uzok vakt ushlab turish. Miya faoliyatini tiklashga karatilgan 


83 
postreanimatsion intensiv terapiyani о‘z ichiga oladi. 
Jug - bemorning axvolini baxolash. Ma’lum sinamalar yordamida bemorning miya pо‘stlogi 
zararlangan yoki zararlanmaganligi xakida bilish mumkin. Miya о‘limi rivojlanganlik 
belgilaridan asosiylari kо‘z korachigining kattalashishi, korachikning yoruglikka reaksiyasi 
bо‘lmasligi xisoblanadi.
Sovuk suv sinamasi – agar kulokka bir necha tomchi sovuk suv tomizilganda bemorning 
kо‘zida nistagm bо‘lsa, demak miya pо‘stlogi tirik bо‘ladi. 
Vena ichiga bemegrid kiritilib, EEG tushirilganda biopotetsiallar paydo bо‘lsa, miya pо‘stlogi 
tirikligidan dalolat beradi. 
Shu narsani yodda tutish kerakki, reanimatsion chora-tadbirlarni tо‘xtatish uchun bosh xakim 
о‘rinbosari, bо‘lim mudiri xamda davolovchi vrachlarning roziligi va imzosi bо‘lishi kerak. 
Hipotermia - tana xaroratni tushirish. Bu xolatni miya xujayralarini ximoya kilish deb 
tushuntirish mumkin. Organizmda bо‘yrak, jigar, о‘pka, yurak faoliyati tо‘xtasa xam о‘lim 
tezda yuzaga kelmaydi, ammo miya faoliyati bо‘lmasa organizmda о‘rtacha 5 dakikagacha 
klinik о‘lim orkali biologik о‘lim sodir bо‘ladi. Ma’lumki, yurak va о‘pka kislorodni miya 
xujayralariga yetkazib beradi, ammo bularning faoliyati bо‘lmasa miya xujayralarining 
kislorodga bо‘lgan talabini, muvozanat va modda almashinuvi tezligini xamda miya faoliyatini 
pasaytirish maksadida hipotermia о‘tkaziladi. Shu usul bilan biz 5 dakikani 30 dakikagacha 
uzaytirishimiz mumkin. 
Intensiv therapia - miya faoliyatini tiklashga yо‘naltirilgan postreanimatsion intensiv 
terapiyanig vazifalari kuyidagicha: 
1) butun organizmni tirik kolishi maksadida nafas olish, yurak-kon tomir, metabolik, bо‘yrak va 
jigar-oshkozon-ichak faoliyatlarini optimallashtirish; 
2) miya neyronlarini tiklashga yо‘naltirilgan usulda uning faoliyatini optimallashtirish bо‘yicha 
chora-tadbirlarni о‘tkazish (miya faoliyatini ushlab turishga karatilgan standart chora-tadbirlar); 
3) markaziy asab tizimini tiklash uchun kо‘shimcha reanimatsion chora-tadbirlarning 
kamchiliklari va ustunliklarini bemorlarda tekshirish, ularning kо‘pchiligi tortishuv ostida va 
xaligacha tajriba boskichida kо‘llanilmokda. 

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish