26-modda. O‘lchash vositalarini kalibrlash
O‘lchash vositalarini kalibrlash akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘lchash vositalarini kalibrlashda o‘lchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyotidan foydalaniladi.
Ushbu Qonun 20-moddasi birinchi qismining ikkinchi — o‘ninchi xatboshlarida ko‘rsatilganidan boshqa sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish va ta’mirlashda kalibrlashdan o‘tkazilishi mumkin.
Akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmati tomonidan bajarilgan o‘lchash vositalarini kalibrlash natijalaridan o‘lchash vositalarini qiyoslashda foydalanilishi mumkin.
O‘lchash vositalarini kalibrlash bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida metrologiya xizmatlari tashkil etilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |