4-bob. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati
18-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
19-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlari
Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlaridir:
etalonlar;
o‘lchash vositalari;
sinov vositalari;
standart namunalar;
axborot-o‘lchash tizimlari;
o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari;
o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chog‘idagi miqdori;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa obyektlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |