Ulgurji narxlar — ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovarlar katta partiyalarda bir yo'la ko'tarasiga sotilganda mavjud bo'ladi.
Chakana narxlar — tovarlar bevosita iste'molchilarga sotiladigan narxlardir.
Dotatsiyalashgan narx — davlat budjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxdir.
Demning narx bozorda o'z mavqyeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun foydalanilib, bozorga kirib olish narxi deb ham ataladi.
Nufuzli narx– aholining yuqori daromad oluvchi qatlama xarid qiladigan tovarlarni sotishda qo'llaniladi.
Narx diapazoni – narxlar oralig'idagi farqning puldagi ifodasi.
Erkin narxlar – talab va taklif ta'sirida shakllanadigan narxlardir.