Suv isitish joyi – qishki foydalanish mavsumida, shaxsiy isitgichi yo‘q, isitilmaydigan binolarda va ochiq maydonchalarda saqlanayotgan mashinalarga suv, past xaroratda muzlovchi suyuqliklar va moylarni isitish, saqlash uchun va kerakli miqdorda xolda etkazib berish mo‘ljallagan.
Suv isitish joyi ta’minlashi kerak:
- suv va past xaroratda muzlovchi suyuqliklarni 950S gacha, moylarni 900S gacha isitish;
- harbiy qism hamma mashinlarining sovutish va moylash tizimlarini to‘ldirish va to‘kish xisobini olgan xolda, dvigatellar uchun issiq suv, past xaroratda muzlovchi suyuqliklar va moy zaxiralarini saqlash;
- mashinalardan to‘kilgan moylarni, har bir mashina uchun shaxsiy idishlarda saqlash;
- harbiy qism hamma mashinalari bir vaqtni o‘zida chiqayotganda ularga tez va qulay xolda moy va past xaroratda muzlovchi suyuqliklarni tarqatish.
Zirxlitank va avtomobil texnikalarining omborxonasi - zirxlitank va avtomobil texnikalarning ehtiyot qismlarini qabul qilish, saqlash va tarqatish uchun mo‘ljallangan.
Park xududi devorlar yoki tikonli simlar bilan o‘rab berkitiladi.
SHaxsiy tartib parka kirib va chiqishi uchun bitta o‘tkazish joyi jixozlanadi. Texnikalarni kirish va chiqishi uchun davozalar bilan jixozlanadi. Bundan tashqari trevogada mashinalarni chikarish uchun zaxira darvozlari bilan jixozlanadi.
Parkda zanjirli va g‘ildirakli texnikalar uchun yo‘llar alohida-alohida qoplanadi. Zanjirli texnikalar uchun yo‘llar temirbeton plita va temirbeton monolitlar bilan qoplanadi. G‘ildirakli texnikalar uchun yo‘llar asfaltlanadi.
Park xududida mashinalarning xarakat xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘llarga belgilar va ko‘rsatkichlar o‘rnatiladi.
Doimiy parklarda mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatishning texnologik jarayoni
Ma’lumki, parkda turgan mashinalarda quidagi ishlar bajariladi:
- mashinalarni chiqishga tayyorlash;
- texnik xizmat ko‘rsatish;
- safdan chiqan mashinalarni joriy ta’mirlash;
- mashinalarni mavsumiy foydalanishga tayyorlash;
- vaktinchalik foydalanilmayotgan mashinalarni saqlashga tayyorlash va ularni saqlash jarayonida texnik xizmat ko‘rsatish;
- mansabdar shaxslar tomonidan mashinalarni texnik holatini va ulardan foydalanishini nazorat qilish;
- qism inspektorlik tekshiruvlar.
Qismning o‘quv-jangovar faoliyati davri davomida mashinalarni chiqqishga tayyorlash, texnik xizmat ko‘rsatish va safdan chiqqan mashinalarni joriy ta’mirlash bo‘yicha ishlar, tez-tez bajariladigan ishlar sirasiga kiradi. Qolgan ishlar qisman xarakteriga egadir. SHuning uchun park elementlarning turli xil jixozlar va inshootlar bilan jixozlanish darajasi, asosan mashinalarni chiqishga tayyorlash texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda bajariladigan ishlar xarakteriga qarab belgilanadi.
Doimiy parklarda, mashinalarni parkka qaytgandan so‘ng ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish ketma-ketligi, uzoq yillik tajribalarga tayangan xolda qudidagigcha bajariladi:
- mashinalarni ma’lum mansabdor shaxslar tomonidan tekshirilishi va zarur xujjatlarni rasmiylashtirish;
- mashinalarni yoqilg‘i va moylar bilan to‘ldirish;
- mashinalarni yuvish va tozalash;
- navbatdagi rejali texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish;
- texnik xizmat ko‘rsatish paytida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish;
- joriy ta’mirlash;
- texnik soz mashinalarni saqlash joyiga qo‘yish;
- alohida saqlanadigan jixozlarni mashinadan echish va dvigateldan (zaruriyat bo‘lsa) sovutish suyuqligi va moylarni to‘kish.
Mashinalar parkdan chiqqishdan oldin bajariladigan ishlar:
- echilgan jixozlarni mashinaga o‘rnatish;
- bevosita mashinani xarakatga tayyorlash (nazorat ko‘rigi, past xaroratlarda dvigatelni qizitish va boshqa ishlar);
- haydovchilar tarkibini instruktaj qilish va mashinalarni haydash qoidalari bo‘yicha tayyorgarligini va shu xududning yo‘l tarmoqlarini o‘rganganligini nazorat qilish;
- mashinaning texnik holatini va mashin parkdan chiqqishdan oldin mansabdor shaxslar tomonidan xujjatlar to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish.
Mashinalarni parkdan chiqqishga tayyorlash va parkga qaytgandan so‘ng xizmat ko‘rsatishda bajariladigan ishlar ketma-ketligi qator afzaliklarga ega, ya’ni ish texnologiyasini, mashinalarning yuqori shaylik darajasini va parkdagi tartibni ta’minlab beradi. SHuning uchun domiy park elementlari sanab o‘tilgan ishlar turiga qarab quriladi, bu ishlarning bajarish ketma-ketligi zamonaviy parklarni rejalashtirish asosiga kiritilishi kerak.
PARK JIXOZLARI VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBI.
PARK JIXOZLARI.
Ular mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish, ekipaj a’zolarining ishini engilashtirish, ishlari sifatini oshirish va xizmat ko‘rsatuvchi personalning sonini qisqartirish uchun xizmat qiladi.
Park jixozlari bo‘linadi:
a) foydalanish tartibiga ko‘ra:
- shaxsiy vositalar;
- gurux vositalari (ko‘chma va ko‘chmas);
b) vazifasiga ko‘ra:
- umumiy vazifali;
- texnik xizmat ko‘rsatish vositalari;
- maxsus vazifali.
Umumiy vazifali park jixozlari:
a) Ko‘rsatkich va jadvallar:
- park xududini bo‘linmalarga bo‘linganligi haqida;
- ekipajlarning mashinalarga biriktirilganligi haqida;
- suvlar to‘kilganligi xaqida;
- chekish joylari uchun;
- trevoga bo‘yicha chiqish ko‘rsatkichlari;
- park xududida mashinalarning xarakat yo‘nalishlari xaqida;
b) raqamli park belgilari: (binolar va darvozlardagi raqamli belgilar);
v) zanjir osti yostiqchalari;
g) stellajlar, shkaflar, moy va lattalar uchun qutilar, aravachalar, tutun chiqaruvchi quvurlar va x.k.
Texnik xizmat ko‘rsatish vositalari.
Texnik xizmat ko‘rsatishdagi bajaradigan ishlariga qarab, ularni quydagilarga bo‘lish mumkin:
foydalanish ashyolari bilan to‘ldirish jixozlari (moy va yoqilg‘i to‘ldirish kolonkalari, MZA-3 shaxsiy vosita sifatida, AI, ATZ, ATMZlar);
mashinalarni yuvish va tozalash uchun jixozlar (statsionar va ko‘chma MP800, MM 100/8);
texnik xizmat ko‘rsatish mashinalarga, ularning agregatlariga va tizimlariga xizmat ko‘rsatish uchun jixozlar (AZ-1, AZ-1), turli solidol xaydashlar va shprits-presslar, filtr va vositalarni yuvish uchun stendlar, mexanizm va uzellarni tekshirish uchun asboblar, shuningdek kompressor, yukko‘taruvchi va boshqa jixozlar;
AKBlarga xizmat ko‘rsatish uchun jixozlar;
mashinalarni saqlashga tayyorlash uchun jixozlar.
Maxsus vazifali park jixozlari.
Ular mashinalarning texnik holatini diagnostika va nazorat qilish uchun mo‘ljallangan ularga kiladi;
PKV-2;
lyuftomer;
g‘ildiraklarning og‘ishi va yaqinlanishini tekshirish uchun jadvollar va x.k.
Park jixozlarining ta’minlash me’yorlari xizmat muddatlarini mudofaa vazirining bo‘yruqlarida belgilanadi. Park jixozlari qismlarga markazlashgan xolda ta’minlash rejasiga asosan etkazilari yoki sotib olinadi.
Park jixozlari mudofaa vazirining bo‘yrug‘i talablariga asosan ro‘yxatdan chiqariladi.
DALABOP PARKLAR. DALABOP PARKLARDA MASHINALARNING JOYLASHISHI VA XIZMAT KO‘RSATISH XUSUSIYATLARI.
Dalabop parklar qismlarning dala sharoitida vaqtinchalik joylashganda tashkillashtiriladi (urush vaqtida – jangovor vaziyatidan tashqari).
Dalabop parklarning tuzilishi va jixozlanishi qismlarning joylashishi taxshin qilingan xududding o‘lgami, park uchun ajratilgan joyning relefi, tavsifi va TXK va T vositalarining mavjudligi bilan belgalanadi.
Dalabop parklar qurol va texnikalar, TXK va T vositalari, moddiy vositalarning zaxiralari va shaxsiy tartibi joylashadigan aloxida xududlardan tashkil topadi.
Dalabop parklarda qurol va texnikalar dushmanni kuzatuvidan niqoblanadi va mustahqam mudofani tashkillashtirish va qo‘yilgan vazifani bajarish uchun tez chiqib ketish xisobidan joylashadi.
Dalabop parklar uchun kuruq va qattik tuprokli, suv ma’nbalariga yaqin, transportlar xarakatiga yaroqli kirish va chiqish yo‘llari mavjud va tabiy niqobga ega xudud tanlanadi.
Parkni rejalashtirishida mashinalarning trevoga bo‘yicha yig‘in xududiga bir vaqtda tez va qulay chiqin imkoniyatlari, shuningdek ishonchli qo‘riqlanish va yong‘in xavfsizligini ta’minlanishi ko‘zda tutiladi.
Doimiy parklardagi singari mashinalar bo‘linmalar bo‘yicha joylashadi.
Batalon 0,25 kv.km xududga joylanishi kerak, Mashinalar orasidagi masofa 30-50 metrgaga, vzvod mashinalarining oralik masofasi 150-200 metrgaga.
Batalonlar bir-biridan texnika va shaxsiy tartibini dushman OQQ ximoya qilishni ta’minlovchi masofada joylashadi.
Ochiq maydonchalarda qatorlar oralig‘i 10 m, kam bo‘lmasligi, mashinalar oralig‘i 1,5-2m bo‘lish kerak.
Dalabop park jixozlanadi:
Texnik nazorat joyi;
YOMA quyish joyi;
yuvish joyi;
mashinalarni turish joyi;
TXK va ta’mirlash maydonchasi.
Tinchlik davrida mashina to‘xtab turish joylarida mashinalarning oraliq masofa o‘lchamlari doimiy parklarning ochiq maydonchalaridagi kabi saqlanib qoladi.
Urush davrida dushman xavf solib turganda mashinalar pana joyda qolishadi.
Dalabop park xududi atrofiga to‘siqlar qo‘yiladi. O‘q-dori yuklangan va YOMA tashuvchi mashinalar alohida joyga qo‘yilib atrofi sim to‘siqlar bilan o‘raladi.
Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish to‘xtab turish joylarida, ta’mirlash to‘xtab turish joylarida yoki ta’mirlash bo‘linma joylashgan xududning maxsus jixozlangan maydonchalarda amalga oshiriladi.
Zirxli tank va avtomobil texnikalarining ashyolari, YOMAlarni transport vositalarida yoki pana joylarda saqlash mumkin.
Dalabop parklarga naryad tayinlanadi, ular komandirning ko‘rsatmalari va sharoitdan kelib chiqqan xolda ichki tartib va xavfsizlik choralariga javob beradi.
YOMA tashuvchi, shuningdek o‘q-dori yuklangan mashinalar alohida joyda saklanib, boshqa mashinalardan 200m kam bo‘lmagan masofada saqlanadi.
II.3. BTR-80 TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH TURLARI. MASHG‘ULOTLARINI OLIB BORISHDA O‘QITISHNING SAMARALI YO‘LLARI.
Do'stlaringiz bilan baham: |