103
Asd qabilasining boshlig‘i Kirmoniyni o‘ldirilishi bu qabila a’zolari o‘rtasida Nasrga nisbatan
dushmanlik va o‘ch olish tuyg‘usini alangalatab yubordi. Darvoqe, Kirmoniy qatl etilgach, uning
o‘g‘li Ali ibn Juday Kirmoniy Abu Muslim oldiga kelib Nasrga qarshi kurashda unga yordam
berajagini ishor etdi. Tahlikaga tushgan Nasr ibi Sayyor 748-yilda Marvnii jangsiz tashlab chiqdi
va Nishopurga chekindi. Ammo Abu Muslum boshchiligidagi qo‘zg‘olonchi kuchlar Nasrga hal
qiluvchn earbani berdalar. Bu mag‘lubiyat ummaviylar hukmronligi taqdirini uzil-kesal hal qildd.
Xalifa Marvon II o‘z ixtiyoridagi barcha kuchlarni ishga solib abbosiylar harakatining g‘oyaviy
raxbari va rahnamosi Imom Ibrohim ibn Muhammad qatl ettirgan bo‘lsa-da, Ummaviylar
sulolasini halokatdan saqlab qola olmada.
Abu Muslim erishgan muvaffaqiyat uning obru etiborining arab xalifaligidagi keng
yoyilishiga sabab bo‘li. Unin qo‘shini tobora yangi kuchlar hisobidan ko‘payib bordi. Tez orada
qo‘zg‘olonchilar Xurosonni egallab oldi va 749 yilda Iroq va Jazoirda ummaviylar qo‘shinlariga
bir necha bor qaqshatkich zarbalar berdalar. Shundan so‘ng Abu Muslim lashkarlari poytaxt
Damashqqa tomon yurish qildi va xalifa Marvon II ni taxtdan ag‘dardi. Bu janglarda lashkarboshi
sifatida arab Kaxtaba va xurosonlik Xolid ibn Barmo o‘zlarini ko‘rsatdilar. Xalifalik taxti
abbosiylar qo‘liga o‘tdi. Ular 750— 1258 y. davomida xalifalikni o‘z qo‘llarida saqladilar.
Taxtga
birinchi bo‘lib Muhammadniig amakisi avlodlaridan bulgan Abul-Abbos as-Saffoh (749—754)
o‘tirdi. Xalifalikning hamma hududlarida ummaviylar xonadonining vakillari va yaqiilari
batamom qirib tashlandilar.
Shunday qilib arab xalifaligida davlat hokimiyati ummaviylar sulolasidan abbosiylar
sulolasi qo‘liga o‘tdi. Abbosiylar faolayatining boshlang‘ich davrida xalq ommasi berilgan katta-
ktta va’dalarning birontasi ham bajarilmadi. Ular hokimiyatni egallab olgach, mahalliy oqsuyak
boy va zodagonlar balan ummaviy hukmdorlar singari hamtovoq bo‘lib oldilar. Ular bu yo‘lni
tutishga majbur edilar. Chunki birinchidan, bosib olingan ulkalardaga xalqlarni tutib turmoq
uchun ularniig yordami kerak adi. Ikkiichidan esa, mahalliy hukmdorlar va oqsuyak zodagonlar
sahroyi arablarga qaraganda ko‘p asrlar davom etgan madaniy an’analar va tajribalarga aga edilar.
Abbosiy hukmdorlarga ana shu an’ana va tajribalar asqotar edi. Shu bois ular mahalliy oqsuyak
va zodagonlar vakillarini yuqori lavozimlar va mansablarga ko‘tardilar. Ana shunday shaxslardan
biri balxlik katta yer egasi Xolid abn Barmoq edi.
Abbosiylarning hokimiyat tepasiga kelishida Abu Muslim so‘zsiz suratda juda katta
xizmatlar qildi. U o‘z davrini yirik davlat arbobi va mashhur sarkarda edi. Abu Muslim Xuroson
va Movarounnahr xalqiniig ummaviylar zulmidan noroziligidan foydalanib o‘z orqasidan
ergashtira oldi va ularni bir maqsad yo‘lida birlashtirdi. Biz Abu Muslim siymosida ikki yoqlama
nsh tutgan shaxs timsolini ko‘ramiz. Abu Muslimni xalq manfaatlari uchun kurash olib borgan
qahramon shaxs deb bo‘lmaydi. Sababi, u o‘zinnng erishgan g‘alabasidan keyin ko‘tarilgan xalq
ommasining adolatli chiqishlari va qo‘zg‘olonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Ayni zamonda
abbosiylarning xalifalikda yurg‘izgan siyosatlari uchun Abu Muslimni javobgar shaxs deb
ko‘rsatish ham mumkin emas. Chunki u xalifa yurg‘izgan siyosatga mutlaqo qarshi bo‘lgan.
Buning ustiga Abu Muslimning halifa bilan shaxsiy munosabatlari ham juda yomon edi. Xalifa
Abu Muslimning shaxsiy jasorati, sarkardalik qobiliyati, uniig Xuroson va Movarounnahrdagi
katta obru-e’tiboridan ko‘rqar edi. Abu Muslim shuhratparast odam, u davlat to‘ntarishi
yasamokchi degan bahona bilan dastlab Iroqdan chiqarib yuborildi, so‘ngra Xuroson va
Movarounnahrga noib qilib jo‘natildi. Vu davrda u o‘z Vatanida katta ijobiy davlat ahamiyatiga
ega bo‘lgan ishlar bilan shug‘ullandi, katta-katta qurilishlarni amalga oshirdi, suv inshootlari
barpo qiladi va karvon yullari soldiradi. Biroq, shu narsani alohida qayd etish lozimki, Abu
Muslim Xuroson va Movarounnahrda noib bo‘lib turgan davrda mehnatkash xalq ommasining
ahvolida biror-bir ijobiy o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Aksincha xalq ommasini ikki tomonlama feodal
zulmn ostida azob chekdi, solihlar siyosati yana ham kuchaytirildi, mehnatkash ommaning joniga
tekkan hashar ishlari tag‘in ham avjga mindirildi. Xullas, demoqchimizki Abu Muslim ikki
o‘rtada arosatda qolgan yo‘lni tutdi. Aslida u o‘z Vataniniig arablardan mustaqilligini yuragi va
qalbida pinhona saqlaganicha uni oshkor qila olmasdan bu dunyoni tark etdi.
104
Abbosiylar harakati va Abu Muslim qo‘zg‘olonidan xafsalasi pir bo‘lgan Movarounnaxr
aholisi abbosiylar o‘tkazgan zulm va ekspluatatsiyaga qarshi kurashni ummaviylar bilan kurash
tugamasdanoq boshlab yuborgan edi. Buni biz Buxoro shahrida 750 yilda Sharik ibn Shayx
Almaxriy boshchiligida ko‘tarilgan qo‘zg‘alon timsolida ko‘ramiz. Asli arablardan bo‘lgan
Sharik Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida yozishicha shia mazhabida bo‘lib, abbosiylik
harakatiga qarshi bo‘lgan. U “payg‘ambarning kuyovi” to‘rtinchi xalifa Alining avlodlarigina
xalifa bo‘lishga haqlidir, degan g‘oyani ilgari surgan. Qo‘zg‘olonchilar biz “abbosiylarga
bo‘ysunush uchun ummaviylarga qarshi kurashmadik” degan shiorni ilgari surdilar. Qo‘zg‘olon
Markaziy Osiyo hududlarining kattagina qismiga yoyilgan va unda 30 ming kishi qatnashgan.
Hatto Buxoro amiri Abdujabbor ibn Shuayb va Xorazm xoni Abdumalik ibn Xuzayl kabi nufuzli
kishilar ham bu qo‘zg‘olonga tarafdorlik qilganlar. Qo‘zg‘olonning asosiy kuchi so‘g‘d va arab
mehnatkashlar ommasi bo‘ldi. Buxorxudot ibn Tog‘shoda esa boshdan boshlab bu qo‘zg‘olonga
ashaddiy dushmanlik qilgan va o‘zining 10 ming kishilik qo‘shini bilan uni bostirishda qatnashib
abbosiylarga homiylik ko‘rsatgan. Chunki dastlab Abu Muslim bu qo‘zg‘olonni bostirish uchun
Ziyod ibn Solih boshchiligida 10 ming ko‘shin yuborib uni bostira olmagan edi. Faqat Tog‘shoda
bu ishga bosh qo‘shgach, qo‘zg‘olon bostiriladi. Shahar uch kun mobaynida yondiriladi. Ziyod
ibn Solih qo‘zg‘olonchilardan qattiq o‘ch oladi va ularni shafqatsizlarcha qirg‘in qiladi.
Buxorodagi Sharik qo‘zg‘oloni bostirilgach arab lashkarlari Samarqand shahriga o‘tadilar va
buxoroliklar qo‘shilgan xalqdan o‘ch oladilar.
Movarounnahrda arablarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon tufayli mamlakatda vujudga
kelgan ichki ziddiyat va to‘polonlardan foydalangan Xitoy davlatining qo‘shinlari sarkarda Gao-
Syan-Chji boshchiligida Markaziy Osiyo hududiga bostirib kiradilar. 751 yilda Talos vodiysida
Xitoy qo‘shinlari bilan Abu Muslim tomonidan yuborilgan lashkarlar o‘rtasida dahshatli jang
bo‘ladi. Bu jang arablarning g‘alabasi bilan yakunlanadi.
Xuroson va Movarounnahrda abbosiylar hokimiyatini mustahkamlash uchun, butun qalbi-
vujudi bilan kurash olib borayotgan bir paytda abbosiy xalifalar Abu Muslimni taxtga birinchi
da’vogar hisoblab uni yo‘qotsh uchun tuzoq tayyorlamokda edilar. Nihoyat 755 yilda Xalifa Abu
Ja’far Davonaqiy — Mansur (754—775) Makkaga yo‘lga otlangan Abu Muslimni o‘z saroyiga
kirib o‘tishini so‘raydi. Qurolsiz va yolg‘iz saroyga kirgan Abu Muslimni Mansur poyloqchilari
qo‘lga oladilar va uni o‘ldiradilar. Bu dahshatli fojea Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga
qarshi xalq harakatlarining yanada kuchli tus olishiga turtki bo‘ladi. Ana shunday harakatlardan
biri Abu Muslimning o‘chini olish maqsadida 755 yilda Reyda Sunbod boshchiligida bo‘lib o‘tdi.
Bu qo‘zg‘olon Taboriy ma’lumotlariga ko‘ra 70 kun davom etgan. Qo‘zg‘olonchilar Rey,
Nishopur va Kumis shaharlarini egallaganlar. Qo‘zg‘olon qattiqqo‘llik bilan bostirilgan,
qo‘zg‘olonchilardan olti mnngga yaqin kishi o‘ldirilgan. Qo‘zg‘olon rahbari Sunbod qo‘lga
olinib, qatl etilgan.
Sunbod qo‘zg‘oloni bilan bir vaqtning o‘zida Movarounnahrda ham abbosiylarga qarshi
harakat bo‘lgan. Bu qo‘zg‘olonning rahbari Ishoq degan kishi edi. U Abu Muslim harakatiniig
otashin tarafdori bo‘lgan, 772 yilda Ustoz Sis boshchiligida Xurosonda 300 ming kishini o‘z
harakatiga ergashtirgan qo‘zg‘olon bo‘lgan, 782 yilda Jurjonda isyon ko‘tariladi. Lekin arablarga
dahshat solgan va deyarli butun Movarounnahrni qamrab olgan harakat — bu Muqanna
qo‘zg‘olonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: