90
munosabatlar Kovadning o'g'li Xusrav I Anushirovon davrida ham davom ettirilgan. Chunki
Xusrav I eftaliylarga yil sayin kumush hisobida belgilangan hirojni to'lab turgan. Ammo Turk
xoqonlarining eftaliylarga qilgan hujumidan foydalanib Xusrav I 554 yilda eftaliylardan
Toharistonni torlib oladi. 563—567 yillarda esa turk xoqoni Silsivul Eron bilan ittifokda
eftaliylcirga qaqshatqich zarba beradi va bu podsholikni tobe ahvolga solib qo'yadi. Lekin VI asr
oxirlariga kelib turk xoqonligi roziligi bilan eftaliylar Eronga qarshi urush olib bordi va
Toharistonni qaytarib olishga muvaffaq bo’ldilar. So'ngra Eronda boshlangan fuqarolar urushidan
foydalanib sosoniylarga qaram bo’lishdan ozod bo’lgan cl'taliylar allaqachon g'arbiy turkiy -
xoqonlik ta'siriga tushib qolganliklaridan o'zlarining avvalgi mustaqilliklarini saqlab
qololmadilar. Eftaliylar davlatining siyosiy markazi—poytaxti qayerda bo’lganligi to'g'risida
qat'iy aniq ma''lumot yo'q. Taxminiy fikriarga ko’ra bunday markaz Poykand yoki Balx bo’lgan
deyiladi. Davlatning boshida podsho turgan. Podsholar Vizantiya tarixchisi
Prokopiyning (VI asr)
so'zlariga qaraganda vizantiyaliklar bilan forslar orasida m'avjud bo’lgan adolatdan zarracha
bo’lsada kam bo’lmagan adolatga suyanib faoliyat ko'rsatganlar. Odamlar asosan shaharlarda
yashaganlar. Eftaliylar hukmronligi davrida quidorlikning yemirilib, asta-sekinlik bilan feodalizm
qaror topa boshlaganligining guvoh boTamiz. Bu davrda olib borilgan to'xtovsiz urushlar ishlab
chiqarish kuchkirining inqirozga uchrashiga sabab bo’ldi, sug'oriladigan yer maydonlari qisqardi,
shaharlar sonjihatdan kamaydi. Eftaliylardan oldingi kushonlar davridayoq yer va qo'rg'omarga
ega bo’lgan aslzodalar ajralib chiqa boshlagan, dehqonlar mahalliy - zodagonlarga Ko’proq tobe
bo’la borgan. Bu hoi feodal munosabatlamini' shakllana boshlashi uchun shart-sharoit yetila
borganligini ko'rsatadi. Aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan mashg'ul bo’lgan, ayrim
qismigina ko'chmanchilik
asosida yashagan, o'tovlarda istiqomat qilishgan.
Jamiyatda feodal munosabatlar paydo bo’la borishiga qaramasdan, quidorlik tuzumi va hatto
ibtidoiy jamiyatning qoldiq sarqitlari ham saqlanib qolgan. Quilar mehnatidan foydalanish davom
etgan. Xalqning urf-o’tdi va turmush tarzida, eski tuzum, davrining sarqitlari keng qo'llanilgan.
Oily tabaqa vakillarida, patriarxal tuzum urf-odatign ko’ra ko’p xotinlilik hukm surgan.
Oddiy efhiliy vafot etganda tuproqqa qo'yilgan, boylarning murdasini esa maxsus
tayyorlangan tosh dahma (yodgorlik toshi, maqbara) ga ko'mishgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdagi o'zgarishlar munosabati bilan eski tartibdagi shaharlar inqirozga
uchrab yangi qo'rg'on, qal'alammg mustahkamlanishi ko'zga yaqqol tashlanadi. Bundan tashqiri
yangicha tipdagi shaharlar, shahar-qaPalar yuzaga keladi. Eftaliylar Eron, Vizantiya, Hindiston,
Xitoy va boshqa davlatlar bilan keng ko'lamda savdo aloqalari olib borganlar, eichilik
munosabatlari o'rnatganlar. Savdoda Xitoy va Vizantiya asosan ipak, oyna, turii meva-chevalar,
qimmatbaqo toshlar, bo’yoqlar va boshqalar bilan muomala qilar edi. Bu savdo jarayoni da
sosoniy tangalar bilan bir qatorda mahalliy tangalar ham qo'llanilgan buxorxudotlar tangasi,
so'g'diy tangalar- Xorazm tangalari va hokazo.
Tarixiy yozma manbalarda eftaliylarning kundalik turmush va madaniyati haqida deyarii hech
qanday ma'lumotlar saqlanmagan. Xitoy manbalarida ko'rsatilishicha, eftaliylar cho'qmorlar bilan
jang qilganlar (forslar — kamonlar, arablar — nayzalar bilan), ular nihoyatda bahodir, jangovar
va mard xalq bo’lishgan. Eftaliylarning liii haqida yuqorida eslatganimiz singari, aniq bir
xulosaga ega emasmiz. Eftaliy podsholigida so'g'd tilining keng qo'llanilganligi to'g'risida
manbalar yetarii darajada ma'lumot beradi. So'g'd yozuvidan tashqari, undan bir oz farq qiluvchi
bug’or yozuvi, xorazmiy va eftaliy yozuvi keng tarqalgan. Eftaliylar davri xalq qo'shiqlari va
eposlari Firdavsiy «Shohnoma»sida tasvirlangan. Eftaliylar podsholigida har g’il diniy g'oyalarga
e'tiqod qilish davom etgan. Bunga asosiy sabab eftaliylamingjuda Ko’p xalqlami siyosiy
birlashtirganligidir. Bu yerda Zardushtiylik Erondagiga nisbatan boshqacharoq shaklga ega
bo’lgan. U Anaxit va Siyovushga ehtirom ko'rsatish bilan qo'shilib ketgan. IV asrda Navro'z
(Yangi yil) kuni Zardushtiylar erta tongda Siyovushning Buxorodagi qabriga kelib xo'roz so'yib
qurbonlik qilganiar. Bundan tashqari Vaxsh, Mitra, Anaxit (quyosh)ga sirinish ham mavjud
bo’lgan. Manixeizm, Mazdak ta'limoti (Eronda), buddizmning yoyilishi o'z yo’lida davom eta
berdi.
91
Eftaliylar davri tarixiga oid ba'zi bir moddiy madaniyat yodgorliklari mamlakatimiz hududida
saqlanib qolgan. Bular Xorazm viloyati hududidagi Firqal'a (Qiyot - Beruniy yaqinida), Buxoro
viloyatida Poykand va boshqalardir. Bu tarixiy obidalar xalqimizning eftaliylar davri madaniy va
turmush hayoti to'g'risida qimmatii xulosalnr chiqarish imkoniyatini beradi.
Eftaliylar clavrida shuhrat topgan yirik shaharlardan biri Paykent (Baykend) dir. Tarixchi
Narshahiy Baykendni «Buxoro shahridan qadimiyroq» deb hisoblaydi. Bu shahar xarobalari va
uning o'tmish tarixi ham yetarii darajada o’rganilgan emas. Yoki Bolaliktepa ibodatxonasidagi
binoning devorlariga ishlangan suratlar rang-barangligini aytmaysizmi, Qo'llarida qadahlar ushlab
o'tirgan erkak va xotinlaming qiyofalari rangli bo’yoqlarda jonii bir suratda hayratomuz o'z
ifodasini topgan. Bu daliliy ashyolar qadimgi ajdodlarimizning buyuk aql, tafakkur va ijod egalari
bo’lganligini ko'rsatadi. Ammo markaziy hokimiyatning zaiflashuvi va kichik-kichik mayda
hukmdorlarning raqobatlari natijasida VI asming o'rtalariga kelib Eftaliylar davlati asta-sekin
yemirila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: