O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Ikramov, G. N. Davranova, A. A. Ikramova


Qiyosiy ta'lim bo'yicha tadqiqotchilar



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/109
Sana22.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942424
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109
Bog'liq
QIYOSIY PEDAGOGIKA O\'QUV QO\'LLANMA yangi

Qiyosiy ta'lim bo'yicha tadqiqotchilar 


24 
Britaniyaning maktabgacha ta’lim tizimini o‘rganish bo‘yicha Y. Kvong katta 
tadqiqot ishlarini olib borgan. U bolalar bog‘chalari xodimlari va ota-onalar 
o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazgan, bolalar bog‘chalari faoliyatini kuzatgan. 
Tadqiqot o‘tkazish uchun erkin ravishda 10 ta maktabgacha ta’lim muassasasi 
tanlanib, ulardan har birining ikki guruhida muntazam besh kunlik uzluksiz kuzatuv 
olib borilgan. Ingliz bolalar bog‘chalar guruhlarida 25 nafardan ortmagan miqdorda 
bola tarbiyalanadi (tarbiyachilar va bolalar soni birga o‘n nisbatda olinadi). 
Natijalarning ko‘rsatishicha, ingliz pedagoglarining 75 foizi bolalarni ta’lim olishga 
qiziqtirish uchun tashqaridan motivatsiya qilish ni noma’qul deb hisoblaydilar 
(masalan, bolalar o‘rtasida musobaqalashish shaklini). Bunday pozitsiya negizida 
ilmiy asoslangan ma’lumotlar yotadi. Masalan, M.Lepper va D.Grin tadqiqotlarida 
maktabgacha yoshdagi bolalarni rasm chizish (bolalar bunga juda qiziqadilar) uchun 
mukofotlanganlari misoli keltirilgan. Shundan so‘ng bolalar bo‘sh vaqtida o‘zicha 
rasm chizishni xohlamay, faqat mukofot uchun rasm chizishni istab qolganlar. 
Boshqacha qilib aytganda, bolalarda ichki motivatsiya yo‘qolib, uning o‘rnini tashqi 
motivatsiya egallagan. Ingliz bolalar bog‘chasida bolalar uzoq muddat mustaqil 
shug‘ullanadilar, tarbiyachi esa ularni chetdan kuzatib boradi. Umumiy vaqtning 
faqat 15 foizi pedagog rahbarligida guruh ko‘rinishda o‘qitishga ajratiladi. Bunday 
o‘qitish rivojlanish darajasi bir-biriga teng bolalardan tuzilgan kichik guruhlarda 
o‘tkaziladi. Shu yo‘l bilan maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishini inobatga 
olish qoidasi amalda qo‘llaniladi. Deyarli hamma tarbiyachilar bolalarning ham 
rivojlanishi, ham ruhiy shakllanishi darajasi diagnostikasi uchun mazmuniy-rolli 
o‘yinlar, rasm chizish va narsalar yasash usulidan foydalanish kerak, deb 
hisoblaydilar. Amalda ingliz bolalar bog‘chalarida (amaldagi til va matematika 
bo‘yicha majburiy mashg‘ulotlardan tashqari) suv, qum bilan o‘yinlar va harakatli 
o‘yinlar orqali tadqiqot faoliyatiga katta ahamiyat beradilar. Mazmuniy-rolli 
o‘yinlarga pedagoglarda deyarli vaqt qolmaydi.
Qanday qilib tarbiyachi bo‘lib ishlash mumkin? Bolalar bog‘chasida ishlashga 
ruxsat olish uchun alohida tegishli tayyorgarlik qilish lozim. Bu tayyorgarlik yo uch 
yil asosiy va bir yil qo‘shimcha o‘qishdan yoki to‘rt yil turli ta’lim tuzilmalarda 
tahsil olishdan iborat. Tarbiyachilarning atigi 20 foizi bakalavr maqomiga ega. 
Pedagog yordamchisi yoki enaga bo‘lish uchun maxsus 15 soatlik tayyorlov dasturi 
o‘qishlari kerak. Bunday o‘qishni hozirgi kunda ko‘payib borayotgan ta’lim 
assotsiatsiyalarida o‘tash mumkin. Buyuk Britaniyadagi mutaxassislar tayyorlash 
tizimining shubhasiz afzalligi uning yuqori darajada amaliyotga qaratilganligi. Bu 
borada 50 foiz mashg‘ulotlar maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi 
(qiyoslaganda Ispaniyada bu ko‘rsatkich 12 foizni, Italiya va Daniyada 20 foizni, 
Fransiya, Belgiya va Niderlandiyada 25 foizni, Germaniya va Shvesiyada 30 foizni 
tashkil etadi). Mutaxassislarning baholashicha, Buyuk Britaniyada maktabgacha 
tarbiya muassasalarida yaqin 10 yil ichida ish joylari 250000 taga ko‘payadi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish