O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Omonov, T. M. Qoraliev



Download 7,09 Mb.
bet31/239
Sana14.01.2022
Hajmi7,09 Mb.
#363048
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   239
Bog'liq
Дарслик ПКБ Омонов Каралиев 02 02 2018

2.4. Pulning miqdoriy nazariyasi
Miqdoriy pul nazariyasida pulning sotib olish qobiliyati va baho darajasi muomaladagi pul miqdori bilan belgilanadi. Miqdoriy pul nazariyasining asoschisi fransuz iqtisodchisi J.Boden (1530 – 1596) hisoblanadi. Keyinchalik ushbu nazariyani ingliz iqtisodchilari D.Yum (1711 – 1776) va Dj.Mil (1773 – 1836), shuningdek fransuz Sh.Monteske (1689 – 1755) rivojlantirdi.

D.Yum Angliyaga XVI – XVII asrlarda Amerikadan katta hajmda nodir metallarning kiritilishi natijasida baholarni ortib ketishini kuzatib: “pulning qiymatini uning miqdori belgilaydi” degan ta’limotini ilgari suradi.

Miqdoriy pul nazariyasining dastlabki vakillari pulni faqat to‘lov vositasi sifatidagi vazifasiga e’tibor qaratadi, ularning fikricha pul va tovar ayirboshlash jarayonida uchrashishi natijasida pulning qiymati aniqlanadi degan noto‘g‘ri g‘oyani ilgari suradilar. Shuningdek, ularning ta’limotidagi ikkinchi kamchilik muomalaga chiqarilgan barcha pullar muomala jarayonida ishtirok etadi deya ishonishlaridir. Haqiqatda esa ob’ektiv iqtisodiy qonunlar muomalaga zarur bo‘lgan pulning miqdorini aniqlaydi. Bu bilan ular pulning jamg‘arma, to‘lov vositasi kabi funksiyalarini e’tibordan chetda qoldirishadi.

Kredit va qog‘oz pul muomalasiga asoslangan miqdoriy pul nazariyasining zamonaviy sharoitdagi talqini yirik iqtisodchi olimlar L.Marshall, I.Fisher, G.Kassel, B.Xansen, M.Fridmanlarning asarlarida bayon etilgan.

Ularning miqdoriy pul nazariyasi ikkita yo‘nalishdagi ta’limotga asoslangan bo‘lib:

– birinchisi, I.Fisher va M.Fridman boshchiligidagi monetaristlarning “tranzaksion variant” ta’limoti;

– ikkinchisi, A.Pigu boshchiligida angliya Kembrij maktabi vakillari, ikkinchi jahon urushidan keyin esa D.Patinkinning “kassa qoldig‘i” konsepsiyasi ta’limoti hisoblanadi.

Pul nazariyasi haqida amalga oshirilgan o‘rganishlar, tahlillar natijasida miqdoriy pul nazariyasining rivojiga sezilarli ravishda hissa qo‘shgan kishilardan biri amerikalik iqtisodchi I.Fisher (1867 – 1977) ekanligining guvohi bo‘ldik. U pulning mehnat mahsuli natijasidagi qiymat ekanligini inkor etib, uning sotib olish qobiliyatidan kelib chiqqan holda fikr yuritadi. I.Fisher pulning sotib olish kuchi oltita omilga bog‘liq ekanligini ta’kidladi va ularni quyidagilardan iborat bo‘lishini asoslab berdi.

M – muomaladagi pul miqdori;

V – pulning aylanish tezligi;

P – o‘rtacha tortilgan baho;

Q – tovarlar hajmi;

M1 – bank depozitlari summasi;

V1 – depozit – cheklarning aylanish tezligi.

Tovarlar uchun to‘lanadigan, muomaladagi pul miqdori jami tovarlar bahosini ko‘paytirilganiga tengligini e’tiborga olib, Fisher quyidagi “ayirboshlash tengligi”ni ilgari surdi.

MV=PQ


Fisher chap va o‘ng tomoni bir – biriga to‘g‘ri proporsional bo‘lgan funksional tenglikka asoslangan holda, tovarlarning bahosi R muomaladagi pul miqdoriga to‘g‘ridan – to‘g‘ri proporsional va tovarlar miqdori Q teskari proporsionaldir degan fikrga keldi.

Fisherning funksional bog‘liqligidagi tengligida kamchilik shundan iborat ediki, u tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdorini ma’lum bir davrdagi holatini shartli V va Q ning o‘zgaruvchan darajasida e’tiborga olib, unga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan darajalar ikkita, ya’ni tovarlar hajmi va bahosini e’tibordan chetda qoldiradi. Haqiqatda esa tovarlar hajmi iqtisodiyotning davriyligidan kelib chiqib o‘zgarib turadi va pul birligining aylanish tezligiga ta’sir ko‘rsatadi hamda pul muomalasi va bahoning shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, tovarlarning bahosi qator omillar asosida o‘zgarib turadi. Masalan, ishlab chiqaruvchilarning monopol mavqiega egaligi, davlatning ichki va tashqi siyosati va boshqalar tovarlar bahosiga bevosita va bilvostia ta’sir ko‘rsatadi.

Miqdoriy pul nazariyasining “tranzaksion varianti” ta’limoti asoschilari, monetaristlar M.Fridman, K.Brunner, A.Meltserlar hisoblanadi. A.Marshall, L.Valrasning iqtisodiyotda muvozanatlik modeliga asoslangan holda, ular tovarlar bahosi va muomaladagi pul miqdori o‘rtasidagi tenglik “nisbiy” baholarning o‘zgarishi natijasida avtomatik tarzda muvozanatlashadi. Monetaristlar ushbu tenglikning o‘zgarib turishini iqtisodiyotdagi pul massasi bilan bog‘laydilar, shuningdek M.Fridman tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdori o‘rtasidagi tenglikni ta’minlashda nafaqat naqd pullar (banknotlar va tangalar)ni, balki tijorat banklarning tranzaksion hisobvaraqlaridagi (talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar, depozit sertifikatlar va muddatli depozitlar) qoldiq mablag‘larni ham inobatga olish zarurligini ta’kidlaydi.

Monetaristlar zamonaviy miqdoriy pul nazariyasiga qator yangicha holatlarni kiritishdi. Xususan:

– birinchidan, ular pul massasi va bahoning o‘zaro bir – biriga to‘g‘ri proporsionalligidan voz kechdilar, faqat bozorga taklif etilayotgan tovarlar hajmining baholarga ta’siri haqidagi ta’limotni yoqladilar;

– ikkinchidan, ular pul birligi aylanish tezligini e’tirof etadilar, biroq bunga jiddiy e’tibor qaratishmaydi;

– uchinchidan, ular I.Fisherning tovarlar hajmining o‘zgarmas sharoitida muomaladagi pul miqdori jami tovarlar bahosini ko‘paytirilganiga tengligini inkor etadilar;

– to‘rtinchidan, takror ishlab chiqarish sharoitida turli darajadagi tebranishlarni aniqlashda pul massasi dinamikasi birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligiga ishonadilar, pul – kredit siyosatiga esa iqtisodiyotni rivojlantirishning moliyaviy mexanizmi sifatida qaraydi.

Kembrij maktabi vakillarining qarashlari I. Fisher ta’limotidan farqli o‘laroq, odamlarning qo‘llarida pul ushlab turishlariga asos bo‘luvchi pulning ikki xususiyatini ajratib ko‘rsatishadi.

Birinchidan, pulning almashuv vositasi ekanligi. Sub’ektlar bitimlarni amalga oshirayotgan vaqtlarida pul almashuv vositasi sifatida amal qiladi. Kembrij maktabining vakillari Fisherning pulga bo‘lgan talab bitimlar hajmiga bog‘liq va pulning bitimlarni amalga oshirishi uchun talabi nominal YaIMga proporsional ekanligi to‘g‘risidagi fikriga qo‘shiladilar.

Ikkinchidan, pul boylikni saqlash vositasi: Modomiki, pul boylikni saqlash vositasi ekan, pulga bo‘lgan talab ushbu boyliklar miqdoriga ham bog‘liq degan fikrni ilgari suradi. Boyliklarning oshishi bilan sub’ektlarda ularni har xil aktivlarga joylashtirish zaruriyati tug‘iladi.

Natijada, Kembrij maktabining olimlari pulga bo‘lgan talab nominal YaIMga proporsional degan xulosaga kelishdi va pulga bo‘lgan talab funksiyasini quyidagi tenglama tarzida ifoda etishdi.

Md=K*RY

Ularning modeliga ko‘ra iste’molchilar qo‘llarida qancha pul bo‘lishi kerakligini o‘zlari hal qiladi. Bu esa K – (proporsionallik koeffitsienti)ning qisqa muddatlar ichida tebranishlarda bo‘lishini ko‘zda tutadi. Vaholanki, pullardan boyliklarni saqlash usuli sifatida foydalanish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish, boshqa aktivlardan kutiladigan daromadlarga bog‘liq bo‘ladi.

Shunday qilib, boshqa aktivlardagi xususiyatlarning o‘zgarishi K ning ham o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan farq I. Fisherning Kembrij maktabi vakillari fikrlaridan farqni anglatadi.

Jon Meynard Keyns Kembrij maktabining eng so‘nggi vakillaridan bo‘lib, ularning fikrlarini rivojlantirdi. Keynschilik nazariyasi asosan XX asrning 30 – yillarida yaxlit g‘oyaviy oqim sifatida to‘liq shakllandi. Uning asoschisi XX asrning eng mashhur iqtisodchilaridan biri Buyuk Britaniyalik olim J. M. Keyns edi.

M.Fridman tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya formulasi I.Fishernikidan ko‘rinishi nuqtai nazardan farq qilib, mohiyatan pul massasi va baho o‘rtasidagi bog‘liqlikni asoslab berishga qaratilgan:
M=KRU

bu yerda

M – pul miqdori;

K–pul zaxirasining daromadga nisbati;

R–baho indeksi;

U–o‘zgarmas baholardagi milliy daromad.

Monetaristlarning miqdoriy pul nazariyasini aks ettiruvchi zamonaviy tengligidan shunday xulosa qilish mumkinki, pul massasining o‘zgarishi tenglikning o‘ng tomonida uchta holatning biriga ta’sir qiladi, ya’ni baholarning oshishiga (R), real milliy daromadning ortishiga (U), pul zaxirasini daromadga nisbatan koeffitsientini o‘zgarishiga olib keladi.

Miqdoriy pul nazariyasi Angliyaning Kembrij maktabi vakillari tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, uning vakillari sifatida A.Marshal, D.Robertson va D.Patinkinlarni keltirish mumkin.

I.Fisherning miqdoriy pul nazariyasi haqida shakllantirgan “tranzaksion varianti”da pul asosan muomala vositasi va to‘lov vositasi funksiyalarini bajarishini e’tirof etgan bo‘lsa, A.Pigu miqdoriy pul nazariyasida pulni jamg‘arma vositasi funksiyasi vazifasini ham bajarishini ta’kidlab, unga alohida ahamiyat qaratadi.

Angliya Kembrij maktabi vakillari miqdoriy pul nazariyasi borasidagi ta’limotlarida I.Fisherning pul nazariyasi xususidagi ta’limotidan farqli yana bir konsepsiyani ilgari suradilar. Agar, I.Fisher iqtisodiyotga zarur bo‘lgan pul miqdorini uning taklifini tahlil qilish asosida aniqlagan bo‘lsa, Kembrij maktabi vakillari iqtisodiyotga zarur bo‘lgan pul miqdorini tovarlar va xizmatlar hajmidan kelib chiqib unga bo‘lgan ehtiyoj asosida aniqlash zarurligi haqidagi ta’limotni ilgari suradi.

Shuningdek, agar I.Fisher pulning hajmini muomalada bo‘lgan miqdoriga qarab va ular doimiy ravishda muomalada ishtirok etishini e’tirof etgan bo‘lsa, Kembrij maktabi vakillari muomalaga chiqarilgan pullarning barchasi doimiy ravishda muomalada ishtirok etmasligi, ular “kassa qoldig‘i” sifatida aholining qo‘lida, bank va korxona hisobvaraqlarida ma’lum muddatga saqlanib qolishi mumkinligi xususidagi ta’limotni asoslab berishadi.

I.Fisher jami ijtimoiy kapitalni va bahoning darajasini umumiy yaxlitlikda tahlil qilish asosida tegishli xulosalarni shakllantirgan bo‘lsa, A.Pigu asosiy e’tiborni kapitalning individual harakati va ularning sohiblariga qaratadi.

A.Pigu miqdoriy pul nazariyasining “kassa qoldig‘i” haqidagi ta’limotni ilgari surganda uning tarkibiga muomaladagi naqd pulsiz va joriy hisobvaraqlardagi qoldiq summalarni, ya’ni pul miqdorini aniqlashda aholining qo‘lidagi naqd pul qoldiqlari va korxona –tashkilotlarning banklardagi hisobvaraqlarini qoldiqlarini ham inobatga oladi.

E’tirof etish lozimki, A.Piguning pul nazariyasi haqidagi yondoshuvlari I.Fishernikidan farq qilsada, mohiyatan miqdoriy pul nazariyasi doirasidan chiqib ketolmagan edi, pul va baho o‘rtasidagi to‘g‘ridan – to‘g‘ri aloqa saqlanib qolgan edi. Buni A.Pigu tomonidan yaratilgan M =RPQ yoki P=M/Q tengligida ham kuzatish mumkin, chunki bu I.Fisherning “ayirboshlashni tenglashtirish” konsepsiyasiga yaqin bo‘lib, unda:

M – pul massasi;

P – baho darajasi;

Q – tovar massasi (yoki tovar aylanmasining moddiy hajmi);

V – jismoniy va yuridik shaxslarning pul ko‘rinishida saqlashi mumkin bo‘lgan daromadlar.

I.Fisher va A.Piguning tengliklari o‘rtasidagi farq, Fisherda pul birligining aylanish tezligi V foydalaniladi, ikkinchi koeffitsient K, Vga teskari ko‘rsatkich bo‘lib, agar Piguning tengligidagi K almashtirilsa Fisherning formulasi kelib chiqadi.

XX asrning 50 yillarini o‘rtalaridan boshlab, miqdoriy pul nazariyasining Kembrij ta’limotiga asoslangan neoklassik yo‘nalishi vujudga keldi. Ushbu yo‘nalishning asosiy namoyandasi D.Patinkin hisoblanib, u o‘zining asarlarida pul massasi va baho o‘rtasida to‘g‘ridan – to‘g‘ri proporsionalllik mavjudligidan kelib chiqdi. D.Patinkin “kassa zaxirasi”ni yuqori likvidli manba sifatida qaraydi, uning hisobidan qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish va keyinchalik ushbu mablag‘larni real kapitalga yo‘naltirish zarurligini ta’kidlaydi.

D.Patinkin miqdoriy pul nazariyasida daromadni uchta yo‘nalishga, ya’ni iste’mol, investitsiya va “kassa zaxirasi” sifatida joylashtirish zarurligini uqtiradi.

Xulosa qilib aytganda, pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi holatini o‘rganish va tahlil qilish asosida bu xususda iqtisodchi olimlar, mutaxassislar va tadqiqotchilarning fikrlari turlicha bo‘lsada, barchasining asosida uning ayirboshlash vositasi ekanligi va pulning mavjudligi asosida mehnat taqsimoti yotishi e’tirof etiladi.




Download 7,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish