1–rasm.
1–Rasmda bu kuchning yo‘nalishi ko‘rsatilgan. Kuchlarning yo‘nalishi zaryadning ishorasiga bog‘liq.
Agar zaryadlar ishorasi bir xil bo‘lsa, zaryadlarga ta’sir qiluvchi kuchlar qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Agar zaryadlar har xil ishorali bo‘lsa, zaryadlarga ta’sir etuvchi kuchlar bir biriga tomon yo‘nalgan bo‘ladi.
Dj. R. Zaxorias degan fizik “Science” jurnalida ( 8 mart 1957 y) quyidagicha yozadi: “....Kulon qonuni. Bir xil zaryadlar itarishadi, har xil zaryadlar bir biri bilan ular o‘rtasidagi masofaning kvadratiga teskari bo‘lgan kuch bilan ta’sirlashadi...... atom va molekulyar fizikaning barcha hodisalarida, barcha qattiq jismlar va suyuqliklarda, bizning atrof muhit bilan o‘zaro munosabatimizni aniqlab berdi: Ishqalanish kuchi, shamol kuchi, kimyoviy bog‘lanish, magnetizm, butun fabrika va zavodlarni harakatga keltiruvchi kuchlar-bu hammasi Kulon qonunining ko‘rinishidir.”
Do'stlaringiz bilan baham: |