O'zbekiston respublikasi oliy


Birinchi Prezidentimizning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga



Download 308,52 Kb.
bet7/26
Sana29.12.2021
Hajmi308,52 Kb.
#79259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
talim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning pedagogik shart-sharoitlari oliy talim misolida (1)

Birinchi Prezidentimizning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga : "...Takror bo'lsa-da, aytmoqchiman — axborot olamida qandaydir devor o'rnatish, o'z qobig'iga o'ralib, mahdudlikka yuz tutish yo'li bizga aslo ma'qul emas. SHu bilan birga, bugun yon-atrofimizda, uzoq-aqin mintaqalarda yuz berayotgan voqealarni inobatga oladigan bo'lsak, hali ongi, hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg'itishga qaratilgan g'arazli kuchlar ham internet imkoniyatlaridan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishga urinayotgani va bunday intilishlarning qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini e'tibordan soqit qilib bo'lmaydi", — deya bejiz ta'kidlagani yo'q.

Bugun global axborot makoniga real ko'z bilan qarasak, jamoatchilikni xavotir va tashvishga solib kelayotgan muammolardan biri, shubhasiz, axborot makonida nosog'lom manfaatlar, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ta'siridagi agressiv, milliy axborot makonimizga, ma'naviy qadriyatlarimizga va barkamol avlodni tarbiyalashdek ezgu g'oyamizga mutlaqo zid bo'lgan axborotlar oqimining kirib kelayotganidir.

Axborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq va yaqin mintaqalardagi turli xil siyosiy, mafkuraviy va boshqa kuchlar o'zlarining chirkin manfaatlari yo'lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, axborot erkinligini suiiste'mol qilib, axborot tahdidlari orqali hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan farzandlarimizni chalg'itish, ularning ongi va qalbini egallash yo'lidagi harakatlarni kuchaytirayotgani sir emas. SHunday ekan, bugungi yoshlarimiz hamma sohaga qiziquvchan, yangiliklarni bir zumda o'zlashtirib oladigan, har qanday axborotni tez qabul qiladigan xislatlarga egaligini hisobga olib, ularni turli manbalardan, yot maqsadlarni ko'zlab tarqalayotgan axborotlardan munosib himoyalay olishimiz darkor.9

Milliy qonunchiligimizda yoshlarni nosog'lom axborotlardan himoyalash mexanizmlari mavjud. Misol uchun, "Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida yoshlar orasida odob-ahloqni buzishga, shu jumladan, zo'гavonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni ta^'ib qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar, "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi Qonunda esa behayolik, shafqatsizlik va zo'ravonlik haqida hikoya qiluvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta'siг ko^satuvchi va huquqbuzarliklar sodir etishlariga sabab bo'luvchi adabiyotlarni tarqatish, filmlarni namoyish etishning taqiqlanishi belgilab qo'yilgan.10

Shuningdek, davlat idoralari, fuqarolik institutlari, jamoat tashkilotlarining aholi, ayniqsa, yoshlar bilan muntazam muloqotda bo'lishlariga erishish, internet tarmog'ini milliy qadriyat va an'analarimizni o'zida aks ettiruvchi veb-saytlar bilan boyitish, ta'lim muassasalarini internet tarmog'iga ulashda odob-ahloq qoidalariga muvofiq bo'lmagan veb-saytlardan foydalanishga cheklovlarni joriy etish, yoshlarda axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish zarur. Aholining xolis va haqqoniy axborotga ega bo'lishini ta'minlash- , har bir fuqaro tafakkurida mafkuraviy immunitetning shakllanishiga sharoit yaratish, g'oyaviy muxoliflarimizning harakatlariga qarshi ma'naviy-ma'rifiy targ'ibotni kuchaytirish, voyaga yetmagan yoshlarga oid milliy qonunchiligimizga ma'naviy tahdidlar, axborot xurujlarining oldini olishga qaratilgan zarur o'zgartish hamda qo'shimchalar kiritish darkor.

Yurtimizda internet halqaro axborot tarmog'ini milliy ma'lumotlar bilan to'ldirish ham bugungi kunning eng dolzarb zaruriyatidir. Ta'kidlash joizki, bu borada bir qator yutuqlarga erishilmoqda. SHuni unutmaslik lozimki, bugun yurtdoshlarimiz ongiga bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo'lmaydigan darajada ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o'ylangan, ilmiy asosda puxta tashkil etilgan, uzluksiz olib boriladigan ma'naviy tarbiya bilan javob berish lozim. Toki yoshlarimiz milliyligini saqlab qolgan holda, dunyoni chuqur anglaydigan, davr shiddati bilan baqamti qadam tashlaydigan insonlar bo'lib yetishsin. Ana shunda ahloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g'oyalar yurtdoshlarimizga o'z ta'sirini o'tkaza olmaydi.] 11

Darhaqiqat, bugun O'zbekiston qo'lga kiritayotgan salmoqli yutuqlar, barcha sohalarda olib borilayotgan izchil islohotlarning yuksak natijalari va samaralari jahon hamjamiyatini hayrat va havasga solmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotidagi bu tarixiy erishishlarning boisi esa, albatta, erkin va ozod, tinch-osoyishta hayotimizning mevasidir. Tarixiy xotira ham, shu ma'noda, mustaqilligimizni mustahkamlash, halqimizning farovon kelajagini ta'minlash, boy milliy merosimiz va qadriyatlarimiz, urf-odat, an'analarimizni e'zozlash, yurtimizni taraqqiy etgan ilg'or mamlakatlar qatoriga olib chiqish uchun fuqarolarimizda daxldorlik tuyg'usini shakllantirishga xizmat qiladi.Kelajagi buyuk va ertangi kuni porloq yurtga, millatga har tomonlama sog'lom, ma'nan yetuk yoshlar zarur. SHu bois, bugungi kunda yosh avlod tarbiyasiga bo'lgan e'tibor bizda davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Birinchi Prezidentimizning: "Bugun yoshlarimiz hal qiluvchi kuch bo'lib hayotga kiryapti. Men bu yoshlarga o'zimga ishongandek ishonaman", degan so'zlari zamirida ham ana shu haqiqat mujassam.12

Shunday ekan, yoshlarimiz ongini egallashga qaratilgan har qanday xatti- harakatlarga, milliy manfaatlarimizga raxna solishga, ma'naviyatimizga tajovuz qilishga, umrimiz mazmuni bo'lgan tarixiy xotiramizni buzishga urinayotgan g'arazli kuchlarga qarshi doimo ogoh turishimiz darkor. Ana shundagina bizni hech kim, hech narsa o'z tanlagan yo'limizdan ortga qaytara olmaydi va biz ko'zlagan ulug'vor maqsadlarimizga albatta yetamiz.

Internetning ta'siri:

  1. yot, buzg'unchi g'oyalarning kirib kelishi (diniy ekstremizm, millatchilik, irqchilik, sadizm misolida);

  2. G'arb yashash tarziga xos, lekin o'zbek mentalitetiga zid g'oyalar, qarashlarning yoshlarga ta'siri (kiyinish, chekish, pirsing, tatuirovkalar va hokazo);

  3. pornografik axborotlarning yoshlar tarbiyasiga ta'siri;

  4. tekshirilmagan axborotlar (bo'xtonlar).

Internetning ulkan imkoniyatlari, unda axborot oqimining tezkorligi, auditoriyaning cheklanmaganligi, o'z maqsadlarini terroristik yo'l bilan amalga oshirishni odat qilib olgan - yovuz kuchlarning manfaatlariga ham xizmat qiladi. endilikda Internet tizimida yuzlab terroristik saytlarning manzillari aniqlangan. Terrorizm - Internetda o'ta izchil voqelik: saytlar to'satdan paydo bo'ladi va tez- tez formatini o'zgartirib turadi. Kutilmaganda esa, o'z mundarijasini saqlagan holda, ammo manzilini o'zgartirish yo'li bilan ko'zdan g'oyib bo'ladi.

Terroristik guruhlar Internetdan asosan quyidagi sakkiz usul orqali foydalanadilar:

  • Psixologik urush

  • Reklama va targ'ibot

  • Ma'lumotlar to'plash

  • Vositalar to'plash

  • Qo'lga tushirish va safarbar etish

  • Tizimlar tashkil etish

  • Axborot ta'minoti

  • Rejalashtirish va koordinatsiya

Aholini (jamiyatimizni) kiberterrorizm va Internetdagi terroristik harakatlardan himoya qilish bilan birga, bir qator antiterroristik harakatlar majmuini ishlab chiqish talab etilmoqda. Internetdagi faoliyatning ijobiy tomonlari quyidagilar bo'lishi mumkin:

    1. dunyoqarashning kengayishi;

    2. ob'ektiv va negativ axborotlarni qabul qilib, ularni tahlil qilish imkoniyati (bunda yosh yigit yo qizning axborotga "to'q bo'lishi" va ularni saralay olish qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Agar unda axborotga bo'lgan "did" bo'lmasa, u axborot oqimida "cho'kib" ketishi mumkin ya'ni, ta'siriga berilib ketishi);

    3. masofaviy o'qishlarda ishtirok etish imkoniyati;

    4. axborotlarni tanlash imkoniyati borligi.13

Bugungi kunda voyaga yetmaganlarni ma'naviy tahdidlar va informatsion xurujlardan himoya qilishdek dolzarb masalala muhokama etilishi, ushbu yo'nalishdagi ishlarni tahlil qilish, qolaversa, mavjud muammo va kamchiliklarga barham berishda barcha insonlar birdek masuldirlar.


Download 308,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish