Hisobdor shaxslarga naqd pul faqat korxona kassasidan beriladi va hisobdorlikdagi summa korxona ro‘yxatidagi xodimlarga bo‘nak (avans) sifatida faqat ma’lum maqsadlar uchun beriladi.
Bular 4210-«Mehnat haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklar», 4220-
«Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar», 4290-«Xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar», 4230-«Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar» schyotlarida yuritiladi. Schyotlarning debetida sarflash uchun
– Buxgalteriya hisobi 33
berilgan pul, kreditida esa sarflangan pulning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
4220, 4230 schyotlarning muomala jarayonlari 7-jurnal orderda yuritiladi. Bu jurnal orderda yozuvlar har bir tasdiqlangan bo‘nak hisoboti va chiqim kassa orderi bo‘yicha olib boriladi.
4220, 4230 schyotlar bo‘yicha schyotlar aloqasini quyida keltirib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |