O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi


GAZAKO'TDOSHLAR (GENTIANACEAE) OILASI



Download 2,18 Mb.
bet7/10
Sana14.07.2022
Hajmi2,18 Mb.
#801257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1Ikramov Maxmudjon 202-guruh

GAZAKO'TDOSHLAR (GENTIANACEAE) OILASI.
Bu oilaning yer yuzida 83 turkumi, 1050 turi o'sadi. O'zbyokiston florasida 4-turkumi, 17-turi uchraydi. Bu oilaga mansub o'simliklar ko'p yillik bo'lib, barglari qarama-qarshi joylashadi. Gullari aktinamorf ikki jinsli.

Coffea Arabica.
Erbaxosi-Gentiana oliveri tarkibida iridoidli achchiq glikozidlar, fenol kislotalar ba'zan alkaloidlar, gensiopikrin bo'ladi. Maxalliy aholi bu o'simlikni ishtaxani ochish, osh kozon va ichak kasalliklarida dori sifatida foydalaniladilar.
KENDIRDOSHLAR (APOCYNACEAE) OILASI.
Oila 300 ta turkumga mansub 1500 ta dan ortiq turlarni o'z ichiga oladi. Ular asosan issik mingtakalarda tarqalgan. Hayotiy shakliga ko'ra oilada ёg'ochlangan lianalar ustunlik qiladi. O'zbyokistonda bitta turkumga mansub 3 ta turi o'sadi. Barglari butun. Asosan qarama-qarshi joylashgan. Ularga xos muhim belgi sutshirasining bulishidir. Gullari ikki jinsli, dearli aktinamorf, gulqurg'oni murakkab, bo'laklari 5 tadan Gultoji naysimon. Mevasi asosan 2 ta bargakdan iborat. Oilaning strofant (Strophantus), rauvolfiya Rauvolfia) turkumlarining vakillaridan kimmatbaxo dori olinadi.

Gentiana
2.2. Qabilaga kiruvchi o`simliklarning inson va tibbiyotdagi ahamiyati.

Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy islohatlarning barchasi halqimizning shoni-shuxrati, mavqei, turmush tarsi, salomatligini yanada yaxshilashga qaratilgan. Sog`liqni saqlash bo`yicha olib borilayotgan tadbirlar esa aloxida ahamiyatga ega. Ayniqsa insonlarni salomatligi hamda ertangi kun davomchilari bo`lgan yosh avlodning soglom turmush tarziga katta etibor qaratilmoqda.



Cinchona Legeriana.

Bu maqsadni amalga oshirishda insonlar salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan tabiiy dori vositalarini ishlab chiqish, ulardan unumli foydalanish muhim ahamiyat kesab etadi. Buning uchun O`zbekiston florasida keng tarqalgan dorivor o`simliklarni har tomonlama ilmiy asosda o`rganish talab etiladi. Ular orasida madaniylashtirilgan dorivor o`simliklarni plantatsiyalarini yaratish yo`lida hozirgi kunda davlatimiz tomonida bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Quyoshli O`zbekistonimizning tabiiy hududlari dorivor o`simliklarga juda boyligi hamda to`rt faslning mo`tadilligi bilan ham o`ziga xos. Dunyo miqyosida dori vositalarining tabiiyligi bilan Xitoy va Hindiston qadimdan va xozirgi kunga qadar ilg`or davlatlar qatorida o`rin egallamoqda. Bu davlatlarning tajribalariga asoslangan holda dorivor o`simliklarni o`rganish va ko`paytirish borasida agrotexnologik tadbirlarni ishlab chiqish hozirda olimlarning diqqat etiborga tushgan. Olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning samarasi xalq tabobati va dori – darmon ishlab chiqarish talabini ma`lum miqdorda qondirish uchun xizmat qiladi. Dori darmon o`simliklar qatorida Rubicaeae oilasiga mansub turlar aloxida o`rin egallaydi. Bundan tashqari dorivorlik xususiyatlarining mavjudligi bilan birga, ajralib turadi. Kasalliklarni davolash va oldini olish maqsadida qo`llash uchun odatda ulardan ko`pincha damlama, qaynatma, ekstrakt, preparatlar tayyorlanadi. Mazkur oila vakillari tarkibida Ildizpoya tarkibida 5-6% gacha antratsen unumlari (alizarin, ruberitrin kislota, galiozin, purpurin, ksantopurpurin, psevdopurpurin, rubiadin-glyukozid, munistin, lutsidin, iberitsin va boshqa moddalar bor.


Bo`yoqdor ro`yan - Rubia tinctorum L. va gruziya ro`yani Rubia iberica C. Koch. (Rubia tintorum L. var. Iberica Fisch. ex DC) ro`yandoshlar — Rubicaeae oilasiga kiradi.
Ro`yan turlari ko`p yillik, bo`yi 30 – 150 sm gacha bo`lgan o`t o`simlik. Ildizpoyasi uzun, sudralib o`suvchi, shoxlangan, silindirsimon, yo`g`on, bo`g`inli, ko`p boshli. Poyasi bir nechta, to`rt qirrali, bo`g`inli, sershox va ilmoqli dag`al tuklar bilan qoplangan. Bargi lansetsimon – tuxumsimon, yaltiroq, pastki tomonidagi yo`g`on tomirlari ilmoqli dag`al tuklar bilan qoplangan, juda ham qisqa bandi bilan poyada 4 – 6 tadan top` - to`p bo`lib joylashgan. Gullari mayda, yashil-sariq rangli, barg qo`ltig`idan o`sib chiqqan yarim sayobonga to`planib, ro`vaksimon gulto`plamini tashkil etadi. Gulkosachasi aniq bilinmaydi, tojbargi 5 ta, birlashgan, voronkasimon – g`ildiraksimon, otaligi 5 ta, onalik tuguni 2 xonali, pastga joylashgan. Mevasi 1-2 urug`li sharsimon, oldin qizil, keyinchalik qora rangga aylanuvchi sershira xo`l meva. Iyun – avgust oylarida gullaydi, mevasi avgust – sentabrda pishadi. Ro`yanning vatani O`rta Yer dengiz mamlakatlari, Ukraina, Moldova, Rossiyaning Yevropa qismining janubida, janubi – sharqida,
Kavkazda (Ozaybarjon, Gruziya, Armaniston, Dog`iston) va O`rta Osiyoda uchraydi. Asosan ariq bo‘ylarida, butalar orasida, kanallar bo‘yida, dalalarda va bog‘larda o‘sadi. Ro‘yan plantatsiyalarda o‘stiriladi.
Mahsulot Asosan Dog`iston, Ozaybarjonning shimoli-sharqiy qismida va Chechen-Ingushetiyada tayyorlanadi.
Tayyor mahsulot ildizpoya va ildiz bo‘lakchalaridan iborat. Ildizpoya bo‘lakchalarining yo‘g‘onligi 2—18 mm, ustki tomoni qizg‘ish qo‘ng‘ir rangga bo‘yalgan. Uni ko‘ndalangiga kesganda po‘stloq qavati qizil-ko‘ng‘ir, yog‘och qismi esa qizil rangda ko‘rinadi. Mahsulotning o‘ziga xos kuchsiz hidi, oldin shirinroq, keyin biroz burishtiruvchi va achchiqroq mazasi bor. Ildizpoya suvni qo‘ng‘ir-qizil ranggabo‘yaydi.
Mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 10%, ro‘yanning boshqa qismlari (poya, barg va boshqalar) 1,5%, organik aralashmalar 1% va mineral aralashmalar 1% dan ko‘p, mahsulot tarkibidagi antraglikozidlar (glikozid holida birlashganlar) miqdori 3% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ildizpoya tarkibida 5—6% gacha antratsen unumlari (alizarin, ruberitrin kislota, galiozin, purpurin, ksantopurpurin, psevdopurpurin, rubiadin-glyukozid, munistin, lutsidin, iberitsin va boshqalar) bo‘ladi.
Ruberitrin kislota glikozid bo‘lib, gidrolizlanganda alizarin aglikoni va primveroza (o‘z navbatida ksiloza va glyukoza qandlardan tashkil topgan) disaxaridiga parchalanadi.
Ildizpoyada antratsen unumlaridan tashqari 15% gacha qandlar, pektin modda hamda limon, olma, vino kislotalari bor.
Ro‘yan o‘simligi spazmaletik va siydik haydash hamda buyrak toshlarini (fosfatlarni) yumshatish ta’siriga ega. Shuning uchun uni dorivor preparatlari siydik yo‘llari tosh, buyrak tosh hamda o‘t pufagi tosh va podagra kasalliklarida qo‘llaniladi.
Dorivor preparatlari. Ildizpoyakukuni (poroshogi), quruq ekstrakg (tabletka holida chiqariladi). Ildizpoya ekstrakti yuqorida aytib o‘tilgan kasalliklarda ko‘llaniladigan tsistenal va boshqa preparatlartarkibiga kiradi.
O‘stirish texnolognyasi Ro‘yanga ajratilgan dalalar erta kuzda shudgordan oldin har gektar erga 15—20 tonna organik o‘g‘itlar, superfosfat berib 27—30 sm chuqurlikda haydaladi. Agar o‘simlik yog‘ingarchilik kam bo‘lgan va tomorftuproqlarda ekilsa er haydash bilan birga gektariga 20 kg azot va kaliy o‘g‘itini berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ro‘yan urug‘idan va ildiz poya qalamchalaridan ham ko‘payadi. Ekishdan oldin urug‘ni stratifikatsiya qilmasa ham bo‘ladi. Erta bahorda haydalgan erlar borona, mola va kulьtivatsiya qilinadi. Tuproqning harorati 10—12°S bo‘lganda mart oylarining O`rtalarida gektariga 13—15 kg urug‘ sarflanadi. Uning ekilish chuqurligi 4—5 sm dan kam bo‘lmasligi lozim.
Urug‘ning unuvchanligi 75—80% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Tuproqning harorati mo‘’tadil va namlik etarli bo‘lsa ekilgan urug‘lar 10—12 kunda unib chiqadi. Agar ildizpoya qalamchalardan ko‘paytiriladigan bo‘lsa uning unuvchanlik darajasi 80—90% dan kam bo‘lmasligi kerak. Ildizpoyalar erta bahorda 8—10 sm chuqurlikda ekilishi lozim. Gektariga O`rtacha 10—12 tsentner ildizpoya sarflanadi. O‘simliknilg zichligi 1 metrda 10—15 dona. Urug‘ va qalamcha qator oralari 60 sm dan qilib ekilsa, o‘simlik ikkinchi va keyingi yillarda ildizlari yaxshi rivojlanib tuproq yuzasini butunlay qoplanishga sharoit yaratiladi.
Ro‘yan o‘simligi birinchi yili 7—8 marta sug‘oriladi, keyingi yillarda sug‘orish soni kamaytiriladi. Birinchi yili o‘simlik oralari yumshatiladi, begona o‘tlardan tozalanadi.
Birinchi o‘g‘itlash may va iyunь oylarida gektariga 30kg azot, 20kg kaliy o‘g‘iti berish bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi oziqlantirish avgust oylarida 30 kg azot va 20 kg superfosfat o‘g‘iti berish bilan tamomlanadi. O‘simlikni oziqlantirish sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi. Bo‘yoqdor ro‘yanning ikkinchi va uchinchi yillari, dastlabki mevalari ko‘ng‘ir tusga kirganda ularning to‘qilib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan yig‘ib olinadi. Ildiz va ildizpoyasini kech kuzda yoki ertabahorda plug bilan erni 30—35 sm ag‘darib tuproqdan tozalab, suvda yuvib va 45—50°S da ildizini sushilkada quritib olinadi.
Urug‘lari qo‘lda yoki mexanizmlarda yig‘ib olinadi. Har gektar erdan O`rtacha 80—100 kg urug‘ va 13—14 tsentner quruq ildiz yig‘ib olish mumkin.



Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish