O‘zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti



Download 2,74 Mb.
bet210/279
Sana27.03.2022
Hajmi2,74 Mb.
#512598
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   279
Ishlab chiqarish zaxiralari - ishlab chiqarishning uzluksiz davom etishi uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, xarid qilinuvchi yarim tayyor maxsulotlar, butlovchi qismlar, qadoqlash va o‘rov materiallari, extiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash materiallaridan iborat mehnat predmetlari.
Xom ashyo deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun ma’lum darajada mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir kadar o‘zgargan mehnat buyumiga aytiladi. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo tayyor maxsulot yoki yarim fabrikat xosil qiladi.
Xom ashyo resurslarini xom ashyodan farq kilmok kerak. Xom ashyo resurslariga mamlakatdagi foydali qazilma konlari, o‘rmon maydonlari, uy xayvonlari va shu kabi tabiiy boyliklar kirsa, ular qazib chikarilgan yoki ishlab chiqarish uchun mehnat sarflangandagina (Mehnat vositasi yordamida ovlangan xayvonlar, qazib olingan ma’danlar, kesilgan daraxtlar va boshqalar) xom ashyoga aylanishi mumkin.
Tugallanmagan ishlab chiqarish - ishlab chiqarish jarayoniga kirgan turli bosqichlarni o‘tayotgan xali to‘liq maxsulot xoliga kelmagan materiallar.
YArim tayyor maxsulotlar - texnologiya jarayonlarining ayrim bosqichlarini o‘tgan, lekin tayyor maxsulotga aylanishi uchun keyingi bitta yoki bir nechta ishlov berish va yig‘ish bosqichlarini talab kiluvchi mehnat buyumlari.
Kelgusi davr xarajatlari - ayni paytda ishlab chikarilayotgan, lekin kelajakdagi maxsulotlarga mansub bo‘lgan yangi turdagi maxsulotlarni tayyorlash xarajatlari (asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish, maxsulotlarning yangi turlarini tayyorlashga sarflanuvchi xarajatlaryangi turdagi maxsulotlarni loyihalash, tayyorlash va o‘zlashtirish, mutaxassislarni o‘kitish va qayta tayyorlash xonalarini ijaraga olish).
Aylanma mablag‘lardan kuyidagi xollarda foydalaniladi:
" xomashyo, material, extiyot qismlar xamda ishlab chiqarishni tashkil qilishda, zarur bo‘lgan mehnat predmetlari sotib olishda;
" ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinuvchi elektr energiyasi, yoqilg‘i kabi resurslar uchun xaq to‘lashda;
" korxonani tashkil etish va faoliyat yuritish davrida oylik ish xaqi to‘lanishi;
" solik va boshqa to‘lovlarni to‘lashda.
Aylanma mablag‘larning to‘liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu jarayonda maxsulot ishlab chikariladi va sotiladi.
" aylanma mablag‘lar pul shaklidan tovar zaxiralariga aylanadi (P - T);
" ishlab chiqarish, ya’ni maxsulotni tayyorlash jarayoni ( T );
" tovar sotiladi va yana pul shaklini oladi ( T - P) .
Aylanma mablag‘lar shakllanish manbaiga ko‘ra xususiy va qarz mablag‘larga bo‘linadi.
Me’yorlashtiriluvchiaylanma mablag‘lar- korxona omborlaridagi ishlab chiqarish zaxiralari (xomashyo, materiallar, yoqilg‘i), tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va tayyor maxsulotlar.
Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar - xaridorga berib yuborilgan tayyor maxsulotlar, xisob raqamidagi pul mablag‘lari.
Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish korxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin etarli zaxiralarini shakillantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini aniqlashda ifodalanadi. Aylanma mablag‘larning me’yoriyikuyidagi formula bilan xisoblanadi:

bu erda:
Nich.z - ishlab chiqarish zaxiralari;
Nt.ich - tugallanmagan ishlab chiqarish;
Nt.m - tayyor mahsulot;
Nk.d.x. – kelgusi davr xarajatlari.

Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish va ayniksa, moddiy resurslarni sarflash me’yorlarini belgilashda kuyidagi tamoillarga amal qilish lozim:


" me’yorlarning progressivligi va dinamikligi;
" me’yorning iqtisodiy va ishlab chiqarish-texnikaviy jixatdan asoslanganligi;
" xomashyo, material, yoqilg‘i, elektr energiyasi va boshqa resurslar o‘lchamini to‘g‘ri tanlash;
" chikish va yo‘qotishlarning oldini olish;
" eskirgan me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish xamda ularni fan-texnika taraqqiyoti yutuklariga mos xolga keltirish.
Resurslarni me’yorlashtirishda bir nechta usullar ko‘llaniladi:
" o‘tgan yillar davomida amalda sarflangan resurslar to‘g‘risidagi xisobot ma’lumotlarini o‘rganish xamda bir necha yillar davomida ro‘y bergan pasayishlarni xisoblashga asoslanuvchi statistika-tajriba usuli;
" laboratoriya tajribalariga asosan yaratilgan xamda instrumentlar va yordamchi materiallar sarflanishi me’yorini aniqlashda ko‘llanuvchi labaratoriya-texnikaviy usul;
" yuzaga kelgan ishlab chiqarish sharoitlaridan tashkari boshqa korxonalarning ilg‘or tajribalari va yutuklarini xam xisobga olish imkonini beruvchi, moddiy resurslardan foydalanishni me’yorlashtirishning mukammalrok usuli xisoblanuvchi xisob-taxliliy usul.
Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish tadbirlari ishlab chiqarish zaxiralarini me’yorlashtirish, tugallanmagan ishlab chiqarishning optimal kattaligi, tayyor maxsulot koldiklari va kelgusi davr xarajatlarini aniqlash bilan bog‘liq vazifalarni echishga yordam beradi.
Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichi:
" aylanish koeffitsienti;
" yuklanish koeffitsienti;
" bir marta aylanish davomiyligi.
Aylanish koeffitsienti aylanma mablag‘larning ma’lum bir vaqt davomida amalga oshiruvchi aylanishini ifodalaydi yoki aylanma mablag‘larning xar bir so‘miga to‘g‘ri keluvchi sotilgan maxsulotlarni ko‘rsatadi.

bu erda:
Ka – aylanish koeffitsienti
Sm–sotilgan maxsulot xajmi,so‘m;
Qa- aylanma mablag‘larning o‘rtacha qoldiq xajmi, so‘m.
Korxonaning bir yil mobaynida sotilgan maxsulotlari xajmi 1000000 so‘mni tashkil qiladi. Aylanma mablag‘lar me’yori 250000 so‘m, aylanish koeffitsienti Ka = 4.

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish