1-guruhga topshiriq:
Siz bilasizki, hissadorlik jamiyatining moliyaviy ahvolini yomonligining asosiy sababi bu Sizning mahsulotingizning iste’molchilarining ancha katta debitorlik qarzlari borligidir, lekin Siz bundan chiqib ketish yo‘llarini ko‘rmayapsiz, chunki oluvchilar bilan o‘rnatilgan aloqalarni yo‘qotishni va bozorning yangi segmentiga chiqa olmaysiz. SHuningdek, oylikning sistematik ravishda kechikishi ishchilarning ko‘pini Sizga qarshi qilib qo‘yganini tushunasiz.
Vaziyatni hal etish uchun savollar:
1. Siz qaysidir yo‘l bilan direktor o‘rnida qolishiga harakat qilasiz yoki hammasini kengash qaroriga topshirib qo‘yasizmi?
2.Og‘ir moliyaviy ahvolning yaxshildash uchun nima qilish mumkin?
3. Balki o‘zingizni yordamchilaringizni yig‘ilishda bitta jamoa bo‘lib chiqish va ular bilan javobgarlikning taqsimlab olish kerakdir?
4. Siz ishchilar va hissadorlar oldidagi javobgarlikni nimada ko‘rasiz?
YAngi rahbar Sobirov K.P.ni himoya qiluvchi 2-guruhga topshiriq:
Siz korxonaning ishlab chiqarishdagi va moliyaviy ahvolini yaxshi bilasiz, lekin nima qilish to‘g‘risidagi aniq ma’lumot dasturingiz yo‘q va Siz o‘zgarishlar kiritishda kimga suyanishni bilmaysiz.
Vaziyatni hal etish uchun savollar:
1.Keyingi olti oy ichida qiladigan ishlaringiz dasturini ishlab chiqing.
2.Jamoadagi ijtimoiy-ruhiy ahvolni yaxshilash uchun va shu maqsadni ko‘zlovchi boshqalarni jalb qilish uchun nimalar qilish kerak?
Direktorlar kengashini aks ettiradigan 3-guruhga topshiriq:
Siz jamiyatda ahvol yomonlashayotganini bilasiz, lekin bu vaziyatdan chiqib ketish yo‘llarini ko‘rmayapsiz.
Vaziyatni hal etish uchun savollar:
1.Ushbu vaziyatda Siz nima qilgan bo‘lar edingiz?
2. O‘zingizni variantingizni taqdim eting.
4-topshiriq
Zamonaviy rahbar ega bo‘lishi kerak bo‘lgan sifatlar quyidagicha:
1.Tanlangan biznes sohasida layoqatliligi.
2.Bozor sharoitida samarali harakat qilmoq, menejment, marketingni ikir-chikirigacha bilmoq, har qanday vaziyatda optimal xo‘jalik natijalarini taqdim etmoq.
3.Bo‘ysinuvchilar faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirish, tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish qobiliyati.
4.YUqori ma’naviy sifatlar: haqqoniylik, adolatlilik, kamtarlik, o‘zi va boshqalarga nisbatan yuqori talabchanlik, majburiyat va javobgarlik hissining etukligi.
5.Ishda birdamlilik va egiluvchanlik, optimal qarorlarni mustaqil va o‘z vaqtida qabul qilish, qo‘l ostidagilar tomonidan bajarilishiga erishish.
6.Inson psixologiyasini chuqur bilish, odamlar bilan muloqot qilish usullari, yuqori ijodiy salohiyatga ega bo‘lgan jamoa shakllantirishni bilish.
7.Hamkasblar o‘rtasida fuksiyalarni ratsional taqsimlash, o‘zining va hamkasblarining ish natijalarini ob’ektiv baholash.
8.Bo‘ysinuchilar bilan o‘zaro munosabatda adolatlilik, ishonchni qozonish, jamoada yoqimli ruhiy muhit yaratish.
9. Strategik fikrlash, bozorning rivojlanish tendensiyalarini olindan bilish, o‘zining va hamkasblarining ishini istiqbolli tashkil etish.
10. Doimo bilimlarini yangilash, jamoaning o‘suvchi talablariga moslashtirish.
11.Ishchilarning kundalik ehtiyojlari, ularning sog‘liqlari va mehnatga layoqatliligi to‘g‘risida qayg‘urish.
Savollar:
1.Keltirilgan menejerga xos bo‘lgan sifatlarni ma’qullaysizmi?
2.Sizningcha rahbar-boshqaruvchi yana qanday qo‘shimcha sifatlarga ega bo‘lishi kerak?
3.Menejerga xos bo‘lgan qandaydir spetsifik talablar mavjudmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |