O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori


II. Qarz majburiyatlarini chiqarish va ularni so‘ndirish bo‘yicha operatsiyalar hisobi



Download 98,51 Kb.
bet4/8
Sana21.07.2022
Hajmi98,51 Kb.
#834396
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Банк ишши2

II. Qarz majburiyatlarini chiqarish va ularni so‘ndirish bo‘yicha operatsiyalar hisobi
19. Tijorat banklari qonunchilik hujjatlariga muvofiq obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va bozorda muomalada bo‘ladigan boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarini chiqarishi mumkin. Bank tomonidan chiqarilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining hisobi ularning nominal qiymati bo‘yicha 23600 — «Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar» balans hisobvarag‘ining tegishli hisobvaraqlarida yuritiladi.
20. Hujjatsiz yoki hujjatli qimmatli qog‘ozlarning blankalari Markaziy depozitariyda hisobga olinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

90327



«Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari»;




Kt

96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq».




Dt

90329



«Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari»;




Kt

96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq».

21. Qimmatli qog‘ozlar nominal qiymati bo‘yicha joylashtirilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:




Dt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i;




Kt

23600



«Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar».




Dt

96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq»;




Kt

90327



«Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari».






Dt

96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq»;




Kt

90329



«Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari».

22. Qimmatli qog‘oz nominal qiymatidan yuqori bahoda sotilganda sotish bahosi va nominal qiymat o‘rtasidagi farq (mukofot) 23696 — «Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot (premiya)» hisobvarag‘ining kreditiga sotish kunida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali o‘tkaziladi:




Dt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i — qimmatli qog‘ozni sotish qiymatiga;




Kt

23600



«Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar» — qimmatli qog‘ozning nominal qiymatiga;




Kt

23696



«Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot (premiya)» — qimmatli qog‘ozni sotish qiymati va nominal qiymati o‘rtasidagi farq summasiga.

Bir vaqtning o‘zida blanka yozib berilganda yoki investorning depo hisobvarag‘iga o‘tkazilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq»;




Kt

90327



«Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari».




Dt

96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq»;




Kt

90329



«Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari».

23. Qimmatli qog‘oz nominal qiymatidan past bahoda sotilsa, nominal qiymati va sotish bahosi o‘rtasidagi farq (diskont) 23698 — «Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-passiv)» hisobvarag‘ining debetiga sotish sanasida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali o‘tkaziladi:




Dt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i — qimmatli qog‘ozni sotish qiymatiga;




Dt

23698



«Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-passiv)» — qimmatli qog‘ozni nominal qiymati va sotish qiymati o‘rtasidagi farq summasiga;




Kt

23600



«Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar» — qimmatli qog‘ozni nominal qiymatiga.

Diskontlar balans hisobotida chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning umumiy summasidan chegirma ko‘rinishida aks ettiriladi.
24. Mukofotni amortizatsiya qilish va foizli daromadlarni tan olish hamda diskontni amortizatsiya qilish va foizli xarajatlarni tan olish real foiz stavkalarini qo‘llagan holda «Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risida»gi nizomga (2004 yil 30 yanvar, ro‘yxat raqami 1306 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 yil yanvar, 4-son) muvofiq amalga oshiriladi.
25. Agar qimmatli qog‘ozlar foizlarni to‘lash davrlari orasida sotilgan bo‘lsa, sotilgan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foizli majburiyatlar quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali sotish sanasida hisobga olinadi:




Dt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i;




Kt

22414



«Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar».

26. Qimmatli qog‘ozlar so‘ndirish yoki qayta sotish shartlari bilan sotib olinganda, qimmatli qog‘ozlar balansdan chiqariladi. Agar sotib olish balans qiymatida bo‘lsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
a) ilgari nominal qiymatda sotilgan qimmatli qog‘ozlar sotib olinganda:




Dt

23600



«Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar» — nominal qiymatga;




Kt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i — nominal qiymatga;

b) ilgari diskont bilan sotilgan qimmatli qog‘ozlar sotib olinganda:




Dt

23600



«Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar» — nominal qiymatga;




Kt

23698



«Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-passiv)» — diskontning qoldiq qiymati doirasida;




Kt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i — qimmatli qog‘ozni sotib olish qiymatiga;

v) ilgari mukofot bilan sotilgan qimmatli qog‘ozlar sotib olinganda:




Dt

23600



«Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar» — nominal qiymatga;




Dt

23696



«Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot (premiya)» — mukofotning qoldiq qiymati doirasida;




Kt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i — qimmatli qog‘ozni sotib olish qiymatiga;

g) hisoblangan foizlarni to‘lashda:




Dt

22414



«Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar»;




Kt

10101



«Aylanma kassadagi naqd pullar» yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i.

27. Agar bank qimmatli qog‘ozni nominal qiymatidan past bahoda sotib olsa, nominal qiymat va sotib olish bahosi o‘rtasida ijobiy farq 45994 — «Boshqa foizsiz daromadlar» hisobvarag‘ining «Chiqarilgan qarz majburiyatlari bilan bog‘liq operatsiyalardan olingan daromadlar» alohida shaxsiy hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi. Agar bank tomonidan qimmatli qog‘oz balans qiymatidan yuqori bahoda sotib olinsa, balans qiymati va sotib olish bahosi o‘rtasidagi salbiy farq 55995 — «Boshqa foizsiz xarajatlar» hisobvarag‘ining «Chiqarilgan qarz majburiyatlari bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha qilingan xarajatlar» alohida shaxsiy hisobvarag‘ining debetida aks ettiriladi.
28. Agar bank qimmatli qog‘ozni bekor qilish maqsadida sotib olgan bo‘lsa, u holda qimmatli qog‘ozlar 1 so‘m shartli bahoda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali hisobga olinadi:




Dt

90327



«Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari»;




Kt

96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq».




Dt

90329



«Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari»;




Kt

96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq».

29. Agar bank qimmatli qog‘ozlarni qayta sotish maqsadida sotib olgan bo‘lsa, u holda qimmatli qog‘ozlar 90337 hisobvarag‘ida nominal qiymat bo‘yicha, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi:




Dt

90337



«Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari»;




Kt

96314



«Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq».


Download 98,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish