1. O’quv dasturining umumiy talablari
Dastur nomi
|
MTTda ta’lim-tarbiyaviy jarayonni va rivojlanish markazlardagi faoliyatlarni tashkil etish
|
Ajratilgan soat
|
192
|
Mavzular soni
|
29
|
Dasturning maqsadi
|
O`quvchilarga MTTda turli yosh guruhlarida rivojlanish markazlarida bolalar o’quv tarbiyaviy faoliyatini tashkil etish, qurish yasash va matematika, syujetli rolli o’yinlar va dramalashtirish, til va nutq, ilm fan va tabiat markazlariga bolalar bilan olib boriladigan ishlar haqida bilim berishdan iborat.
|
O’zlashtirish (o’qitish) natijalari
|
MTTda turli yosh guruhlarida rivojlanish markazlari, ularning jihozlanishi haqida bilib oladi;
o’yinli-ta’lim faoliyatini tashkil etishni bilib oladi;
turli rivojlanish markazlarida bolalar faoliyatini tashkil etadi;
turli markazlarda tashkil etiladigan o’yinlar zahirasini to’playdi;
markazlar faoliyatida bolalarga guruhiy va individual yondoshishni;
ish beruvchining taklif va talablari asosida fanning o`qitilishini inobatga olishni;
kasbiy ko’nikmalarni egallash va pedagogik amaliyotda qo’llashni;
o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo’llash, mustaqil ijodiy fikrlashga o’rgatishni.
Mashg’ulotlardan tashqari vaqtlarda bolalar faoliyatini tashkil etishni o’rganadi.
|
Bilimlar
|
“Ilk qadam” o’quv dasturi bo’yicha rivojlanish markazlarida mavzuviy loyihalash mazmunini;
“Ilk qadam” o’quv dasturi xaftalari bo’yicha qurish yasash va matеmatika markazida bolalar faoliyatini tashkil etishni;
qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazi uchun mavzu bo’yicha didaktik
materiallar tanlash va tayyorlashni;
Syujеtli-rolli o’yinlar va dramalashtirish markazidao’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etishni;
Turli mavzudagi syujеtli-rolli o’yinlarni turli yosh guruhlari uchun rеjalashtirish va tuzishni;
til va nutq markazida haftalik mavzular bo’yicha rivojlanish markazlarida ishlar mazmunini va tashkil etishni
nutqini rivojlantiruvchi ta’limiy o’yinlarni turli yosh guruhlarida rеjalashtirishni;
ilm-fan va tabiat markazida o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etishni
ilm-fan va tabiat markazi uchun mazuli o’yinlar, ekspеrimеntlar-amaliy tajribalar o’tkazishni;
katta va tayyorlov guruhlarda tadqiqiy bilish va samarali rеflеksiv faoliyatni tashkil etishni;
Mashg’ulotlardan tashqari vaqtlarni to’g’ri tashkil etishni;
MTTda turli yosh guruhlarida o’tkaziladigan barcha o’yin turlarini tashkil etishni bilish.
|
Ko’nikmalar
|
xaftalik mavzular bo’yicha barcha rivojlanish markazlarda bolalar o’yinli ta’lim faoliyatini rejalashtirish va o’tkazish;
xaftalik mavzular bo’yicha mavzuni mustahkamlovchi didaktik, syujеtli rolli, rivojlantiruvchi o’yinlarni o’tkazish;
o’yinli ta’lim faoliyati uchun ko’rgazmali jihozlar, didaktik materiallar, atributlar tayyorlash;
rivojlanish markazlari faoliyatida bolalarga guruhiy va individual yondoshish;
bolalar ishini baholash, rag’batlantirish, ko’rgazmalar tashkil etish;
mashg’ulotlardan tashqari vaqtlarda bolalar faoliyatini tashkil etish
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |