Ilm fan va tabiat markazi: “Shamol, shamol, shabada”, “Havo stakanda”, “Shamol bu havoning harakati”-tajribalarni o`tkazish;
Bolalarga ob-havodagi o`zgarishlarni (Shamol esyapti, sovuq shamol esyapti, shabada) farqlash;
Bolalarni shamol bilan tanishtirishda ko`rgama va tarqatma materiallar asosida tajribalarni uyushtirish;
To`g`ri nafas olib va nafas chiqarishni bunda predmetlarni og`izdan havo chiqarib, puflab harakatlantirish; (shamol qilishni)
San`at markazi:“Daraxtlar”, “Tabiatni asrash bizning qo`limizda”-o`ziga qahramonning ma`lum bir rolini olib, tengdoshlari bilan o`yinda birgalikda harakat qila olish;
Bir necha o`yin harakatlarini yagona syujet chizig`iga birlashtirish;
O`yinda narsalar bilan harakatlanishni va odamlar o`rtasidagi munosabatlarni aks ettirish;
Teatrlashtirilgan sahna ko`rinishlarining borishini kuzatish va ularga hissiy tarzda munosabatda bo`lish;
“Tabiatni o`rganamiz” nakleykali mozaika bilan ishlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |