Bilishi lozim:
–pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qiymatliklarni kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilishi va ijroga qabul qilinishini;
–g‘azna hisob varaqalaridagi pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar bajarilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlarning kechiktirib taqdim etilishi, shuningdek, tovar (ish, xizmat) yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar kechikib yoki noto‘g‘ri amalga oshirilishi hisobiga muddati o‘tgan debitor va kreditor qarzlar yuzaga kelishini;
–aniqlangan kamomadlarni, muddati o‘tgan debitorlik qarzlarni va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya hisobidan asossiz chiqarilishini;
–buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishini;
–moliya va moliyalashtirishga qaratilgan huquqlarni tartibga soluvchi normativ- huquqiy hujjatlarni;
–mutaxassisligi bo‘yicha yangiliklarni va uni hayotga tatbiq etish yo‘llarini;
–moliya yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish usullarini;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi iqtisodiy ma’lumot;
–xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–uch yildan kam bo‘lmagan ish staji;
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek, qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bo‘lishi mumkin emas.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining 44-moddasiga muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar, shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |