O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Madaniyatning noyob xususiyatlari –



Download 4,4 Mb.
bet288/418
Sana21.07.2021
Hajmi4,4 Mb.
#125570
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   418
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Madaniyatning noyob xususiyatlari – g‘ayriodatiy (ekzotik), ko‘pchilik tomonidan qabul qilinmagan odatlar, udumlardir. Dafn odatlari shunga misol bo‘la oladi. Ba’zi xalqlar madaniyatida insonlar tug‘ilganda emas, balki dafn marosimlarida saxiylik ko‘rsatilishi kerak, deb hisoblaydilar. Masalan, Madagaskarda dafn marosimlari odamlarning jamiyatdagi o‘rnini belgilaydigan maqom darajasidadir. SHuning uchun ayrim odamlar vafot etganda, dafn marosimiga minglab odamlar keladi, ayrimlariga kamchilik qatnashadi, aza haftalab davom etadi. AQSH va Rossiyada dafn marosimi bir necha soat davom etadi. Boshqa ayrim xalqlar madaniyatida esa aksincha – inson dunyoga kelib, hayoti davomida boshqalarga oliyhimmatli bo‘lishi lozim, deb biladilar.

Xullas, madaniyatni yuzaga keltiruvchi asosiy omil jamiyat va unda yashaydigan odamlardir. Jamiyat mahsuli bo‘lgan madaniyat qanchalik mukammallashib, boyib borsa, uning insonga va jamiyatga ta’siri kuchayib, mustaqil bo‘la boradi. Masalan, antik jamiyat allaqachon tarixga aylangan bo‘lsa–da, o‘sha jamiyat yuzaga keltirgan moddiy madaniyat hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolgan.

Madaniyatning insoniyat jamiyati shakllanishi va taraqqiyotidagi rolini to‘g‘ri belgilash muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Afsuski, sovet madaniyatshunosligida bu mihim masala bir yoqlama va ko‘p hollarda xato talqin etib kelindi. Tarixga materialistik nuqtai nazardan qarash ijtimoiy borliqni ijtimoiy onga nisbatan birlamchi deb hisoblash, ijtimoiy borliq asosiga moddiy ne’matlar ishlab chiqarishni qo‘yish, mehnatni madaniyat asosi deb da’vo qilish va boshqalar madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot va shaxs hayotidagi o‘rni va rolini to‘g‘ri belgilashga monelik ko‘rsatib keldi.

Madaniyat tushunchasining inson va jamiyat tushunchalari bilan uzviy bog‘liqligi haqida yuqorida aytib o‘tildi. Buyuk fransuz mutafakkiri E.Dyurkgeymning ta’lim berishicha, madaniyat inson ongi va irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda undan ilgari vujudga kelgan va insonga majbur qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, har bir individ madaniy olamda tug‘iladi, uni o‘zlashtiradi, insoniy sifatlarga ega bo‘ladi va uning rivojiga muayyan hissa qo‘shadi.

Madaniyat, avvalo, insoniyatning ko‘p asrlik bilimlari va tajribalari yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida ko‘p asrlar davomida jamiyat tomonidan yaratilgan bilim, tajriba, ko‘nikma, xulq-atvor me’yorlarini, ya’ni madaniyatni o‘zlashtiradi.

Madaniyat insonni hayvondan, jamiyatni esa tabiatdan farqlaydigan sifatiy belgi, faqat insonga va jamiyatgagina xos bo‘lgan, uning xatti-harakatlari, faoliyat va mehnat mahsulotlarida namoyon bo‘ladigan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar, me’yorlar majmuasidir.

Madaniyat ravnaqi va ijtimoiy munosabatlarning takomillashib borishi bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. SHu o‘rinda madaniyat va ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari haqida qisqacha fikr yuritish maqsadga muvofiq.

Ilgari ta’kidlab kelinganidek, madaniyat namunalari keng xalq ommasi tomonidan mexanik tarzda emas, balki ijtimoiy hayotning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan eng ilg‘or kishilar, ziyolilar, ilm-fan ahllari tomonidan yaratiladi, jamiyatning asosiy ko‘pchilik qismi esa madaniyatning ilg‘or namunalarini o‘zlashtirish va sotsiallashtirish jarayoniga tortiladilar. Madaniyatdagi umumiy inqiroz madaniyatning ilg‘or namunalarini yaratuvchi elita – sara toifa bilan keng ommaning ma’naviy salohiyati o‘rtasidagi tafovut va ziddiyat bilan bog‘liq ravishda ro‘y beradi.

Madaniyatning jamiyat hayotidagi ahamiyatini haddan tashqari bo‘rttirish ham, uning ahamiyatini kamsitish ham birday hatodir.

XVIII asrdayoq mashhur fransuz mutafakkiri Jan Jak Russo madaniyatning ahamiyatini haddan tashqari bo‘rttirishga qarshi tabiiy insonning axloqiy ustunligi g‘oyasi va tabiatga qaytish shiorini ilgari surgan edi.

XX asr boshlarida taniqli nemis faylasufi Fridrix Nitsshe madaniyat strukturasida fan va texnika etakchi mavqeni egallab, hayotning rivojiga imkon bermayotganligini keskin tanqid qilgan edi. Zigmund Freydning fikricha, madaniyat o‘zining axloqiy me’yorlari, talab va qadriyatlari bilan dastavval kishilik jamiyatining paydo bo‘lishida muayyan ijobiy rol o‘ynagan bo‘lsa, keyinchalik o‘zining taqiqlovchi talablari, qat’iy me’yorlari bilan kishilik jamiyati rivojiga xalaqit bera boshlagan.

O‘tgan asrning 60-70 yillarida qator g‘arb mamlakatlarida madaniyatga qarshi kurash harakati keng quloch yozdi. Bu harakat o‘z atrofiga Russo, Nitshe, Freyd g‘oyalarining tarafdorlarini, talaba-yoshlarni birlashtirdi. Ular “ommaviy madaniyat” qadriyatlarining keng yoyilishiga, fan va texnika fetishizmiga qarshi kurash boshladilar. Madaniyatni tanqid qilish uning jamiyat hayotidagi ahamiyatini butunlay inkor etish emas, balki uning ahamiyatini yana ham chuqurroq idrok etish, uning inson yaratuvchlik funksiyasini kuchaytirish demakdir. Madaniyat uchun ayni bir vaqtda ham statika, ham dinamika jarayonlari xosdir.

Xulosa qilganda, madaniyat tushunchasi taraqqiyot, yangilikka intilish, ma’naviy yangilanish, yaratish,yaxshilik va ezgulikni asrab-avaylash, qo‘llab-quvvatlash bilan uzviy bog‘liq ekan, jamiyat hayotini madaniyatsiz, madaniyat rivojini esa sog‘lom ijtimoiy munosabatlar tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Jamiyat va insonga madaniy hodisa sifatida qarash madaniyatning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyatini teranroq anglashga yordam beradi.


Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish