Fanlar tasnifi va rivojlanish omillari, ijtimoiy ahamiyati.
Fanlar tasnifi ancha murakkab va ziddiyatli jarayon bo‘lib, bu boradagi fikrlar turli-tuman va hatto qarama-qarshilik jihatlariga ega.
Fanlarning dastlabki muayyan darajada izchil tasnifini biz Aristotel falsafiy merosida ko‘rishimiz mumkin. U o‘sha davrda falsafaga mos kelgan barcha bilimlarni uch qismga: nazariy, amaliy va ijodiy bilimlarga ajratadi.
O‘z navbatida, nazariy bilimlarni Aristotel “birinchi falsafa” – metafizika, matematika va fizikaga ajratadi, bunda u metafizikaga aqliy mushohada yuritish orqali anglab etiladigan oliy asoslar haqidagi fan deb qaraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |