Ijtimoiy falsafaning funksiyalari. Ijtimoiy falsafaning asosiy ilmiy-nazariy funksiyalari umumfalsafa funksiyalari bilan aloqador.Ularni quyidagi tartibda keltirish mumkin:
Dunyoqarashlik;
Nazariy-metodologik;
Gnoseologik;
Insonparvarlik;
Mafkuraviy;
Ijtimoiy-bashorat;
Axloqiy-tarbiyaviy;
Kommunikativ;
Dunyoqarashlik funksiyasi. Ijtimoiy falsafa xuddi falsafa kabi inson dunyoqarashini shakllantiradi. Albatta inson dunyoqarashini shakllantirishda barcha bilim sohalari qatnashadi. Lekin ijtimoiy falsafa jamiyat va inson haqidagi yaxlit ta’limot sifatida insonga jamiyat haqidagi, insonning jamiyatdagi o‘rni haqidagi bilimlarining shakllanishiga yordam beradi, jamiyatda ro‘y beradigan turli ijtimoiy jarayonlarga o‘z ongli munosabatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |