Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
Radioeshittiruv va teleko‘rsatuvlar uchun o‘quvchilar hayotidan matnlar tayyorlang.
Xabar, yangilik mazmunida matn tayyorlang.
Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidan olingan Farhod va Xisrav o‘rtasidagi savol-javobni aks ettiruvchi ushbu dialogni tahlil qiling:
Dedi: - «Qaydinsen, ey majnuni gumrah ?!»
Dedi: - «Majnun vatandin qayda ogah?»
Dedi: - «Nedur sanga olamda pesha?»
Dedi: - «Ishq ichra majnunluq hamisha».
Dedi: - «Bu ishdan o‘lmas kasb ro‘zi!»
Dedi: - «Kasb o‘lsa basdur ishq so‘zi».
Dedikim: - «Ishq o‘tidin ne fasona!»
Dedi: - «Kuymay kishi topmas nishona».
Dedikim: - «Kuymagingni ayla ma’lum!»
Dedi: - «Andin erur joh ahli mahrum!»
Dedi: - «Qay chog‘din o‘lding ishq aro mast?»
Dedi: - «Ruh ermas erdi tang‘a payvast»
Dedi: - «Bu ishqdin inkor qilg‘il!»
Dedi: - «Bu so‘zdin istig‘for qilg‘il!»
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1.Dialogik nutq shakllarini tavsiflab bering.
2. Dialogik nutq va uning turlarini izohlab bering.
3.Monologik nutqning o’ziga xosligi nimalarda namoyon bo’ladi?
4.Diologik va monologik nutq shakllarining bog’liqligi?
8-MAVZU: IDORA ETIKASI, MADANIYATI, OG’ZAKI IDORAVIY NUTQNING JANRLARI, IDORA YIG’ILISHI, IDORAVIY NUTQ MADANIYATI
Reja:
Nutqning asosiy xususiyatlari.
Nutqning to’g’riligi va aniqligi.
Nutqning mantiqiyligi va tozaligi.
Nutqning ta’sirchanligi.
Nutq so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko‘rinishi bo‘lib, u faqatgina tilga bog‘liq hodisa sanalmasdan, shu bilan birga, ham ruhiy, ham estetik hodisa hisoblanadi. Shuning uchun ham unga namunaviy nutq sifatida baho berilganda tinglovchi va kitobxonga ko‘zda tutilgan maqsadning, aytilmoqchi bo‘lgan muddaoning to‘liq borib yetishi, ularga ma’lum ta’sir o‘tkazishi nazarda tutiladi hamda bu vazifalarning amalga oshirilishida nutq oldiga ayrim talablar qo‘yiladi. Bu talablar grammatik jihatdan nutqning to‘g‘ri bo‘lishini, so‘zlar ko‘zlangan ma’noni aniq aks ettirishini, chiroyli, yorqin va ta’sirchan bo‘lishini taqozo qiladiki, ular nutqning asosiy xususiyatlari sifatida qaraladi. Nutq haqidagi ta’limot – ortologiya ana shu sifatlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Xullas, ma’naviyati va madaniyati shakllangan xalqlar uchun notiqlik san’ati inson faoliyatida muhim omillardan sanalgan hamda asosiy e’tiborni nutqning yaxshi bo‘lishiga qaratgan o‘z nazariyotchilari ham bo‘lgan.
Agar nutq ma’lum vaziyat va shart-sharoitlarda amalga oshirilishini nazarga olinsa, bunda joy, vaqt, mavzu va muloqot jarayonining maqsadi kabi omillar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Aytilganlarni qisqacha umumlashtiradigan bo‘lsak, nutqning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni belgilash lozim bo‘ladi: to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ta’sirchanlik, obrazlilik, tushunarlilik va maqsadga muvofiqlik. Quyida ular haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |