Respublika rahbariyatining O`zbekistonning siyosiy suverenitetini ta'minlashga qaratilgan qafiy pozitsiyasi I.Karimov tomonidan 80-yillar oxiridan boshlab bir necha marta ko`ndalang qilib qo`yildi. Ju
Respublika rahbariyatining O`zbekistonning siyosiy suverenitetini ta'minlashga qaratilgan qafiy pozitsiyasi I.Karimov tomonidan 80-yillar oxiridan boshlab bir necha marta ko`ndalang qilib qo`yildi. Jumladan:

♦ O`zbekiston rahbari KPSS MKning 1989-yil 20-sentabrdagi Plenumida dadil tarzda: «Biz ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o`zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo`yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz»,— deb ta'kidladi.
♦ O`zbekiston KP MKning 1990-yil 23-martdagi Plenumida I.Karimov. «Siyosiy sistemani yangilash masalalarini O`zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi •muammolaridan ajralgan holda qarash mumkin emas. Bizda mustaqillik uchun shart-sharoit bor»,— degan fikrni bildirdi.
80-yillarning oxirlaridan boshlab respublikada iqtisodiy va siyosiy suverenitet uchun qadam-baqadam chora-tadbirlar ko`rildi. Masalan, O'zbekiston SSR Oliy Kengashi 1989-yil 25-noyabrda bo`lgan «O'zbekiston SSRni iqtisodiy va sotsial rivojlantirishning 1990-yilgi Davlat plani to'g`risida»gi masalani muhokama qilar ekan, respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga oid muhim tadbirlarni belgiladi.

O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i.
O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o`tkazilgan VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan. Bayroq - davlat suverenitetining ramzlaridan biridir.
Bayroq to`rtta rangdan, 12 yulduz va yarim oydan iborat. Xalq idrokida bu timsollar quyidagicha tushuniladi:
ko`k rang - doim moviy osmonni, oq rang - xalqimizning oq ko`ngilini va uning oq paxtasini, yashil rang - cheksiz yashil dalalarimiz va tabiatimizni, 12 yulduz - O`zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarni bildiradi, yarim oy - yurtimiz Islom Sharqi mamlakati ekanligini bildiradi, bayroqdagi ikki qizil yo`l - mavjud birlik va buzilmas do`stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to`kkanlariga ishora qiladi.