3-Qashqadaryo viloyati hududida antik davr yodgorliklari
S.K.Kabanov, R.Sulaymanov rahbarligidagi arxeologik guruhlar Erqo’rg’onda, Toshkent Davlat Milliy universiteti arxeologiya guruhi Keshda, M.To’rabekov rahbarligidagi guruh Qarshi shahrida arxeologik qazish ishlarini olib bordi. Shu yodgorliklardan Erqo’rg’onda keng miqyosda arxeologik qazish ishlari olib borildi. Erqo’rg’on – Nautaka viloyatining markazi bo’lgan (A.Makedonskiy shu shaharda to’xtagan degan taxminlar bor). Rejalashtirilishi aylana shaklda, umumiy maydoni – 70 ga. Antik davrga oid qal’a devori, ark devori va ibodatxona o’rganildi. Shu bilan birga, Qal’ai- Zaxoki Maron, Tillatepa, Kasantepa yodgorliklari ham o’rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |