O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘zbek terminologiyasi fanidan ma’ruza matnlari



Download 457,78 Kb.
bet3/82
Sana04.03.2022
Hajmi457,78 Kb.
#483300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
leksikografiya majmua

Nazorat savollari:
1. Tilda chegaralangan qatlamga nimalar kiradi?
2. Termin nima?
3. Terminologiya nimadan bahs yuritadi?
4. Termin leksemadan qanday farqlanadi?
5. Kasb-hunar so‘zlari nima?
6. Terminlashish hodisasini qanday tushunasiz?
7. Determinlashish hodisasini qanday tushunasiz?
8. Terminologiya qanday sohalar bilan aloqador?


Adabiyotlar:
1. Akobirov S. Til va terminologiya. -T., 1968.
4. Begmatov E. Hozirgi o‘zbek tilining leksik qatlamlari. – T., 1985.
5. Bektemirov X., E.Begmatov. Mustaqillik davri atamalari. –T.,2002.
6. Dadaboev X. Obshestvenno-politicheskaya i sotsialno ekonomichaskaya
terminologiya v tyurkoyazichnix pismennix pamyatnikov XI-XIVvv.– T.:
1994.
7. Danilenko V.P. Russkaya terminologiya. Opit lingvisticheskogo opisaniya.-
M., 1977.
8. Doniyorov R. O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari.-
T.:1977


2-mavzu: O‘zbek terminologiyasining shakllanish bosqichlari
Reja:
1.Qadimgi turkiy til (VII-X) terminologiyasi.
2. Eski turkiy til (XI-XIV) terminologiyasi
3.Eski o‘zbek adabiy tili (XV-XX) terminologiyasi
4. Qadimgi turkiy yozma manbalar tilida terminlar.


Tayanch so‘z va iboralar: qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o‘zbek adabiy tili, o‘zbek terminologiyasinining o‘akllanish bosqichlari, davrlashtirish, asl turkiycha, so‘g‘dcha, sanskritcha, xitoycha, eroncha, arabcha, ruscha-baynalmilal terminlar.

Muayyan adabiy tilning so‘z boyligi o‘z tarkibida maxsus tushunchalarni ifodalovchi terminologik leksikani u yoki bu darajada qamrab olishi lingvistikada e’tirof etilgan voqelik hisoblanadi. O‘zbek terminologiyasi tizimi ham bundan mustasno emas.


Umumiste’mol so‘zlardan farqli ravishda doim maxsus tushunchalarni anglatish, ifodalash uchun xizmat qilishga yo‘naltirilgan terminlar o‘zbek adabiy tilining shakllanish va taraqqiy etish bosqichlari zaminida tarkib topdi va takomillashdi.
O‘zbek adabiy tili leksikasi qonuniyatlari negizida shakllangan terminologik leksika tarixini qadimgi turkiy til (VII-X) terminologiyasi, eski turkiy til (ХI-ХIV) terminologiyasi, eski o‘zbek adabiy tili (ХV-ХХ asr boshi) terminlogiyasi, sho‘rolar davri o‘zbek tili terminologiyasi va istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi tarzida davrlashtirish salkam o‘n to‘rt asrlik vaqt mobaynida terminlogik leksika tizimida ekstralingvistik va intralingvistik omillar negizida sodir bo‘lgan jarayonlarni anglab yetish imkonini beradi.
Hozirgi qardosh turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili leksik xazinasida muayyan darajada qo‘llanishda davom etayotgan yoki bugun iste’moldan butunlay chiqib ketgan qadimgi turkiy tilga taalluqli leksik birliklar tarkibida terminologik leksika ham sezilarli o‘rinni egallaganligi bilan xarakterlidir. Qadimgi turkiy til manbalarida qayd etilgan turfa soha terminologiyasi asosan sof turkiycha tub hamda yasamalardan hamda buddizm va moniyzm ta’sirida so‘g‘d, sanskrit, xitoy tillaridan kirib kelgan o‘zlashmalardan tashkil topgan edi. Jumladan, barg‘u “o‘lja”, qarg‘u “soqchi, dozor”, tamg‘a “muhr”, ko‘rug “ayg‘oqchi”, elchi “elchi; hukmdor, yurtboshi”, yo‘lchi “sardor”, chig‘ay “yo‘qsil, kambag‘al”, qishlag‘(q)” qo‘shinning qishki qarorgohi”, ayg‘uchi “davlat maslahatchisi” singari asl turkcha, cherig/cherik “qo‘shin, armiya”, sart “tojir, savdogar” kabi sanskritcha, xatun/qatun “malika”, kent “qishloq; shahar” singari so‘g‘dcha, qag‘an “hukmdor”, xan “hokim”, tegin “xonzoda, shahzoda”, yabg‘u “xoqondan keyingi oliy lavozim egasi”, sengun “xitoy generali”, tarqan “tarxon”, tutug‘ “tuman hokimi” kabi xitoycha, shad “Turk xoqonligida oliy lavozim”, shadapit singari eroncha terminlar faol qo‘llanishda bo‘lganligini manbalar so‘z boyligi yaqqol ko‘rsatadi.
Ayni chog‘da e’tirof etish joizki, sanskrit, eron, xitoy tillarida bitilgan asarlarning turkiy tilga qilingan tarjimalarida qayd etilgan ijtimoiy-siyosiy, harbiy, iqtisodiy, sotsial, hayvonot dunyosi-fauna, o‘simlik dunyosi-flora, ilmi nujum-astoronimiya va h.k. sohalarga xos terminlar keyinchalik deyarli qo‘llanmadi, turkiy tillar, chunonchi, o‘zbek tili ularni qabul qilmadi.
Sakkizinchi asrdan e’tiboran arab tili, arab xati va islom mafkurasining Turonzaminda qaror topishi, bir qator mahalliy sulolar (qorxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar)ning birin-ketin siyosat sahnasiga chiqishi singari obyektiv jarayonlar ostida o‘zligini yo‘qotmagan eski turkiy til (X1-X1V)da terminologik leksika ko‘lamining bir qadar kengayganini kuzatish mumkin. Eski turkiy til terminologiyasi mavjud lisoniy qonun-qoidalar doirasida shakllandi va rivojlandi. Uning qadimgi turkiy til davriga nisbatan yanada taraqqqiy etishida jonli so‘zlashuv tili, turfa sheva materiallari qatori so‘z yasash andozalari – modellari asosida yuzaga chiqqan istilohlar muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi turkiy tildan farqli o‘laroq eski turkiy tilda sanskrit, so‘g‘d, xitoy tiliga oid o‘zlashmalarning ishlatilish sur’ati pasaydi, aksincha, arabcha va forscha-tojikcha o‘zlashmalarning qo‘llanish chastotasi va ko‘lami ancha kengaydi. Biroq eski turkiy til terminologiyasining o‘zagini asl turkiy qatlam tashkil qilishda davom edi. Alim “qarz, kredit”, berim “to‘lov, qarzni qaytarish”, beglig “beklik”, bitigchi “mirza, munshiy, kotib”, yatg‘aq “tungi soqchi”, yarisha “ko‘rshapalak”, yarg‘u “ajrim”, yarg‘uchi “qozi, sudya” kabi turkiycha, rabat “karvonsaroy”, malik “hukmdor”, siyasat “siyosat”, omil “ish yurituvchi”, tib “meditsina, tibbiyot”, nujum “astrologiya”, handasa “geometriya” singari arabcha, lashkar “qo‘shin”, mayfurush “may ichuvchi; may sotuvchi” singari forscha-tojikcha, darug‘a “qal’a, qo‘rg‘on komendanti”, muran “daryo”, nukar/navkar “navkar, askar” kabi mo‘g‘ulcha terminlar bu davr terminologik tizimida nisbatan keng ko‘lamda ishlatilgan.
Eski o‘zbek adabiy tili terminologiyasining takomillashuvida, uning yanada yuqoriroq bosqichga ko‘tarilishida tilning ichki qonuniyatlari qatori tashqi ta’sirning, ya’ni ekstralingvistik omillarning roli salmoqli bo‘lgan. O‘zbek adabiy tilining asoschi Alisher Navoiy, uning Lutfiy, Otoiy, Sakkokiy, Yaqiniy singari salaflari, Bobur, Muhammad Solih, Ogahiy, Munis kabi izdoshlari tomonidan ta’lif etilgan badiiy, tarixiy, ilmiy asralar leksik boyligi tahlilidan kelib chiqqan holda aytish joizki, o‘zbek tili ichki imkoniyatlaridan keng foydalanilgan tarzda termin yaratish bu davr uchun ancha sermahsul usul hisoblangan. Ona tiliga millatning bosh ko‘zgusi tarzida munosabatda bo‘lish zaruriyatining Alisher Navoiy tomonidan ziyolilar, olimlar, shoiru yozuvchilar oldida kun tartibiga qat’iy va ro‘y-rost qo‘yilishi o‘z ijobiy aksini terminlar tizimida ham topgan edi. Aniq fanlar qatori ijtimoiy-gumanitar fan sohalarining shakllanib borish jarayoni ularga taalluqli maxsus tushunchalarni ifodalovchi terminlar yaratilishi bilan parallel kechdi. Bunda birinchi galda eski o‘zbek adabiy tili, jonli so‘zlashuv tili, lahja va shevalarda mavjud leksik birliklar terminlar safini kengaytirdi, o‘zbek tilda so‘z yasashda keng qo‘llangan affikslar yordamida katta adadda terminlar hosil qilindi. Arab, fors-tojik, mo‘g‘ul tillaridan o‘zlashgan terminlar miqdori shiddat bilan oshib bordi. Xorijiy tillardan kirib kelgan so‘z yasovchi qo‘shimchalar ham terminlar yasashda muhim o‘rin egalladi. Harbiy qurol-yarog‘, texnika bilan bog‘liq to‘p “zambarak”, qazan “og‘ir to‘p”, tufang “miltiq” kabi asl o‘zbekcha terminlar bilan yonma-yon arabcha ra’d “ yonib turgan neftni dushman tomon irg‘ituvchi to‘p”, arroda “paloqmon”, manjaniq “katapulta”, forscha-tojikcha zarbzan “zambarak turi”, farangiy “Yevropa, Kichik Osiyoda quyilgan to‘p”, zanburak “zambarak” kabi terminlar jamiyat a’zolarining ma’lum qatlami tilidan o‘rin oldi.

Download 457,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish