8
-topshiriq. Sxemada keltirilgan shakllarni muloqot uslublari bilan to`ldiring va ularni izohlang.
9-topshiriq. “Kalitsoʽzlar” kommunikativmashqi.
Talabaga samarali muloqot haqida kichikhikoyachatuzishvazifasitopshiriladi. Hikoyaningmazmunidatalabaoʽzihalqilolmayotganmuammoboʻlishikerakligita’kidlanadi. Hikoyat tinglabboʻlingach, oʻqituvchihikoyanitahlilqilishuchun 7 takalitsoʽz (tushunchalar)niajratibyozishnitaklifetadi:
BukalitsoʽzlarhikoyaningengXarakterlijihatlariniaksetishkerak;
Kalitsoʽzlarmuammoniaksettirishkerak;
Bittaemas, birnechasoʽzbilanifodalanuvchikalittushunchaberishmumkin.
Kalitsoʽzlarro’yxatiguruhtalabalaritomonidanbirgalikdatuziladi, 7 tasoʽzdan oshsa, kamaytiriladi, ba’zitushunchalarqoʻshilib, yaxlitholgakeltiriladi. Mashqnibirnechaboroʻtkazishmumkin. Yakunidaoʻqituvchisuhbatdoshnutqidakalitso`zlarniajratibolishkoʻnikmasiningkommunikativvaziyatlardagiahamiyatiniaytibo’tadi. Shuningdek, harbirkalitso`z–kommunikativvaziyatlarniyuzagakeltiruvchinuqtaekanligigae’tiborqaratadi.
10-topshiriq. Xorij davlatlarning tadbirkorlari ko’nikmalari va odatlarini Venn diogrammasi asosida tahlil qiling.
Germaniyalik tadbirkorlar
Masalan, Sizning ko’z o’ngingizda nemis do’stingiz telefon turgan xonaning, faks joylashgan joyning va nusxa olish uskunasi turganjoyni qulflab qo’ysa yoki bundan foydalanishga ruxsat bermasa, zinhor xafa bo’lmang, chunki, bu narsa nemislarning tejamkorligidan dalolat beradi. Telefonda ham ular ko’p gaplashmaydilar, ishning indallosini aytib hal qilib qo’ya qoladilar, chunki, vaqtni va pulni tejash kerakda. Nemislar juda aniq ish qilishni yoqtiradilar, shuning uchun, ham Agar, Siz bir ishni aniq qilinishiga gumon qilayotgan bo’lsangiz, yaxshisi oldindan undan voz keching, chunki, aks holda Siz o’z do’stlaringizni umrbod yo’qotasiz. Nemis do’stlaringiz daraja va mansablarini aniq bilishni istaydilar, shuning uchun, ham uchrashuv boshlanishidan oldin unda qatnashuvchi har bir insonning daraja va mansablarini aniqlab olish lozim. Siz albatta, bizda qabul qilinganidek sovg’alar bilan kelasiz, lekin, ulardan javob sovg’asini kutishni unuting, chunki, bu erda bunday narsalar tadbirkorlar uchrashuvlari uchun qabul qilinmagan. Nemislarning hamma kundalik bajaradigan ishlarini kunlar va soatlar bo’yicha oldindan aniqlab qo’yish odatlari bor, shuning uchun, uchrashuv haqida ularni oldindan xabardor qilib, Siz bilan uchrashuvni ham o’z kalendarlariga kiritib qo’yishlariga ahamiyat bering. Bunday qilmasligingiz mumkin, lekin, bunda nemis do’stingiz Siz bilan uchrashuv haqidagi taklifingizga rad javobini berishi ham mumkin. Vaqtni nemislar juda ham qadrlaydilar. Bizning quyidagi maqol ular uchun hayot qonuni desak to’g’ri bo’lar edi: «Vaqting ketdi - baxting ketdi».
Do'stlaringiz bilan baham: |