3. Shashmaqomda bastakorlik san’ati an’analari ilmiy jihatdan muayyan tizimga solinib, tasnif etilganligi.
Qadimiy madaniyat markazlaridan biri - Buxoro bir qancha sulola va davlatlar poytaxti bo‘lib kelgan. Musika madaniyatida ham Buxoro O‘rta Osiyo xalqlari musiqa boyliklarini o‘zida mujassamlashtirgan markaziy shahar vazifasini o‘tagan edi. Shuning uchun Shashmaqom Buxoroda shakl- landi va “Buxoro Shashmaqomi” deb ataldi.
Shashmaqom olti turli ladlarga moslab olingan va ularga asoslangan kuy va ashulalar yig‘indisidan iborat. Shashmaqomning lad asosi olti tur- li bo‘lsa-da, unga yaqin keladigan boshqa ladlarga mos kuylar ham kiritila bergan. Ayniqsa, bu narsa maqom sho‘balarining taronalarida yaqqol ko‘ri- nadi. Ularda tonallikkina emas, balki lad tuzilmasi ham o‘elari mansub bo‘lgan asosiy maqom yo‘liga nisbatan o‘zgarib turadi.
Maqomlarning ijro etilishida musiqa cholg‘ularidan tanbur va doira yetakchi sozlardan hisoblangan. Professor Fitratning aytishicha, maqomlar ijrosida: ikkita tanbur, bitta dutor, bitga qo‘buz yoki sato, bitta doira va ikkita-uchta hamnafas hofizlar jo‘r bo‘ladi. Tanbur uch torli (setor) va to‘rt torli (chortor) bo‘lgan. Uch torli tanbur ayniqsa Xorazmda keng qo‘llanilgan. O‘n ikki maqomning ijro etilishida XV asrgacha ud qanday o‘rin tutgan bo‘lsa, Shashmaqomda ham tanbur shunday ahamiyatga ega bo‘lgan. Shu sababli Shashmaqomdagi ko‘pgina masalalar, shu jumladan, lad masalasi ham tanburga bog‘lab tushuntirilardi.
Tanbur manbalarda berilishicha, yunoncha ikki so‘zdan iborat bo‘lib. tan - yurak, dil; bur - tirnovchi, qitiqlovchi ya’ni, dilni qitiqlovchi ma’nosidadir.
Musiqachilar ko‘pincha maqomlar ijrosi uchun to‘rt torli tanburdan foydalanib kelganlar. Tanburning to‘rt torini birinchi, ikkinchi va to‘rtinchisi bir xil, uchinchisi esa o‘rniga qarab, turlicha sozlanadi. Odatda uning faqatgina birinchi tori noxunak bilan chertib chalinib, qolganlari esa kuylarni ijro etish vaqtida sado bernb turadi. Musiqa nazariyasida bir qancha balandlikdagi tovushlar birikmasining kuy ijrosi paytida o‘zgar- may, takror sado berib turishidagi ma’no (“burdonnoe zvuchanis”) tanbur- ning torlari sadosiga ham taalluqlidir.
Tanburning pardalari oralig‘i diatonik tovushqatorga mos ksladi. Le- kin undan chiqarib olinadigan tovushqatorning diatonik tizimi chsgarasi- dan chiqib kstadigan ba’zi paytlari pardaning surish yokn sozandaning kuy ijrosi paytida pardalarni qattiqroq yoki sekinroq bosish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Shashmaqomda tanbur turlicha - Buzruk, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlarida kvartaga, Rost maqomida kvintaga, Navo maqomida esa butun parda (katta sekunda) ga sozlanadi. Yuqorida aytilgan maqomlarga mos keladigan tovushqatorlar quyidagichadir:
Biz maqomlarni ikki bo‘limga ajratib:
1. Maqomlarning cholg‘u bo‘limi;
Birinchi bo‘lim turli hajmdagi ko‘pgina cholg‘u yo‘llarini o‘z ichiga oladi.
2. Maqomlarning ashula (vokal) bo‘limi sifatida qarab chiqamiz.
Maqomlarning ashula bo‘limi bu yerda sho‘balarning tuzilish xarakteriga qarab ikki qismga ajratilib, sharh etiladi:
a) Ashula bo‘limlarining birinchi guruh sho‘balari.
b) Ashula bo‘limlarining ikkinchi guruh sho‘balari.
Do'stlaringiz bilan baham: |