31-rasm. Toshqol qo’ng’izlar – Carabidae
Buxoro viloyatining yangidan o’zlashtirilgan erlaridagi bedazorlarda hamda Qizilqum janubiy-g’arbiy cho„lida Lebia menefries turi o’simlik bitlari va boshqa mayda hasharotlar bilan oziqlanishi qayd qilingan.
O’zbekistonda g’o’za, poliz, makkajo’xori, beda va boshqa ekinlarda ko’p uchraydigan hammaxo’r vizildoq qo’ng’izlar to’g’risida to’xtalmay bo’lmaydi. Ularga Ophonus, Anisodactylus avlodlariga mansub turlar kiradi. Ular mavsumning ayrim davrlarida, jumladan, namlik etarli bo’lmagan paytlarda o’simlik bilan oziqlana olsa ham, ularning asosiy ozuqasi tuproqda yashovchi har xil hasharotlar tuxumlari, tunlamlar qurtlari va g’umbaklaridir.
Ma‟lumotlarga ko’ra (Xamraev, 1992), Buxoro viloyati Jondor tumani g’o’za maydonlarida vizildoq qo’ng’izlarning 40 dan, Toshkent viloyatida (Rashidov, 2001, 2008) ituzumdosh o’simliklarda 53 dan ortiq turlari qayd qilingan.
Ko’pchilik vizildoq qo’ng’izlar yirtqich sifatida hasharotlar, mollyuskalar, shilliqqurtlar va chuvalchanglar bilan oziqlansa, ayrim turlar aralash ozuqlanuvchi bo’lib, ular nisbatan fitofaglardir.
23-mavzu: Sirfid pashshalari oilasi bilan tanishuv
Kerakli jihozlar:
Rasmli jadval
Hasharotlarning ko’rgazmali namunalari
Tarqatma materiallar
Sirfidlar yoki ging pashshalar (Syrphidae) oilasi. O’rtacha yoki yirik o„lchamdagi (4-23 mm), tiniq bo’yalgan yoki qora rangli pashshalardir. Tanadagi to’q va och yo’llarning navbatlashishi arilarga o’xshashlik beradi.
Ayrim ging pashshalari tanasi quyuq tukchalar bilan qoplanganligi sababli qovoqarilarni eslatadi. Mo’ylablari 3 bo’g’imli, pashshaning yarimsharsimon qappaygan boshidan uzunroq yoki u bilan teng. Qanotlari yaltiroq. Ularda 3 ta taraqqiy etgan radial tomirlari bor. Lichinkalari chuvalchangsimon, oyoqsiz, boshi tomon ingichkalashib, tananing oxiri kengaygan va bir oz yassilashgan, ba’zan silindrsimon. Orqa nafas olish teshikchalari taraqqiy etmagan, qisqa yoki uzun nafas olish naychalarida joylashgan. Lichinka tana harakati zulukni eslatadi.
G’umbagi bekilgan, soxta pillachasi silindr yoki tomchi shaklida (32-rasm).
32-rasm. Sirfid (ging) pashshasi va uning lichinkasi g’o’za bargidagi o’simlik bitlari to’dasi orasida (A. Blyumer rasmi).
Voyaga etgan pashshalar gul nektari va changi bilan oziqlanib, o’simliklarni chetdan changlatishda ishtirok etadi. Ular juda tez uchib, havoda harakatsizga o’xshab, osilib turadi. Lichinkalarning hayot kechirishi va ozuqa ixtisosligi turlituman. Ular orasida saprofaglar va po’stloq ostida, daraxtlar kavagida, tindirgichlarda, xandaklarda yashovchi nekrofaglar; yirik o’simliklar poyalarida, barg kavaklarida yoki ildizpoyada yashovchi fitofaglar; qovoqarilar, arilar, chumolilar uyasida yashovchi parazit-inkvillinlar va o’simliklar biologik himoyasida muhim ahamiyatga ega bo’lgan yirtqichlar uchraydi. Yirtqich sirfid lichinkalari o’simlik bitlari, xermeslar, ayrim turdagi qalqonbit va saraton, tripslar va kapalaklar yosh qurtlari bilan oziqlanadi. Odatdagi turlar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin. YArimoysimon sirf (Metasyrphus corollae ), tasmasimon (Syrphus ribesii ), hoshiyali (Episyrphus balteatus), keng peshonali (Scaeva pyrastri ), bezakli sferoforiya (Sphaerophoria scripta) va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |